Ustav fondi 14 000 000 aqsh dollarini tashkil etadi, shu jumladan
Download 28.77 Kb.
|
Hisobot-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning bolimlari
Hisobot Fargʻona Davlat Universiteti Fizika Texnika fakulteti 3-kurs fizika yo'naloshi 20.11-guruh talabasi Eminov Rustambek 2023-yil 6-mart kunidan 2023-yil 31-mart sanasigacha bolgan davrda Masʼuliyati cheklangan jamiyat "Uzsungwoo" qoʻshma korxonasiga oʻqishda oʻrgangan bilimlarimni amaliyotda qollash uchun bordim. Korxona haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtaman. “UZSUNGWOO” MChJ QK – “GM Uzbekistan” YoAJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun shtamplangan va payvandlangan qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan korxona. Ishlab chiqarish hajmi 120 ming dona shtamplangan va payvandlangan qismlar va komplektlarni, xususan, ChevroletCOBALT avtomobili uchun 183 dona butlovchi qismlarni tashkil etadi. Zavod Farg‘ona mexanika zavodi hududida qurilgan bo‘lib, umumiy maydoni 60 ming 500 kvadrat metr, ishlab chiqarish maydoni 11 ming 117 kvadrat metrni tashkil etadi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-apreldagi 113-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirildi. Ustav fondi 14 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi, shu jumladan: “O‘zavtosanoat” AK – 7 000 000 AQSh dollari (50%); SUNGWOO Hitech Co., Ltd. – 7 000 000 AQSh dollari (50%). SUNGWOOHitechCo., Ltd Janubiy Koreya kompaniyasi bo'lib, butun dunyo bo'ylab avtomobil kuzov qismlarini ishlab chiqaruvchi zavodlarga ega bo'lib, jami 6000 kishidan iborat. SungwooHitech 1977-yilda tashkil etilganidan buyon to‘plangan texnologiya va yuqori mahsulot sifatiga qat’iy ishonch asosida Koreya va dunyoda yetakchi avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchisi sifatida o‘z mavqeini mustahkamladi. Asosiy mijozlar Hyundai, Kia, GM va boshqalar. Korxonaning bolimlari Asbobsozlik bo`limi Qolip tekshiruvchi press DSP – 50 Ishlab chiqaruvchi SIMPAC INC, Koreya Model – DSP-50 Ishlab chiqarilgan yili - 2011 Soni – 1 dona Energiya ist’emoli – 30 Kv Ishchi bosim – 142 kg/ sm2 Ko’tarish unumdorligi – 33 ton Ishchi balandligi – 340 mm Download 28.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling