Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot manbalari


-jadval. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar9


Download 0.78 Mb.
bet8/14
Sana08.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1695562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot

2-jadval.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar9

Xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-huquqiy shakli

Qonun va unda belgilangan mas’uliyatlar

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ)

O‘Z. R. qonuni «Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar to‘g‘risida»
MChJ ta’sischilarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar hisoblanadi. Ta’sischilar MChJ ustav kapitalidagi ulushlariga mutanosib majburiyat-lari bo‘yicha javobgardir. (16-modda)

Aksiyadorlik jamiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiya-dorlarning himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni

Fermer xo‘jaliklari

O‘z. R. qonuni «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»
Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi. (20-modda)

Dehqon xo‘jaliklari

O‘z. R. qonuni «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»
Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi. (16-modda)

Korxona ta’sischilarining soni va ularning ustav kapitalidagi ulushini tekshirish chog‘ida auditor ta’sischilarning eng ko‘p soni va bir ta’sischi-ning ustav kapitalidagi eng ko‘p ulushi hamda ustav kapitalining eng kam ko‘lami tegishli yuridik shaxs uchun qo‘llaniladigan Qonun bilan aniqla-nadi. Masalan, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqining ikki yuz baravar summasidan kam bo‘lmasligi, talablarga rioya qilinishi korxonaning faoliyat ko‘rsatishi hamda kreditorlarning manfaatlarini huquqiy va iqtisodiy himoyalash shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona sof aktivlari miqdorining uning ustav kapitalidan oshib ketishi (yoki teng bo‘lishi) to‘g‘risidagi majburiy talablarga rioya qilinishi shu maqsadlardagina tekshiriladi.




Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling