Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot manbalari


-rasm. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari3


Download 0.78 Mb.
bet5/14
Sana08.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1695562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ustav kapitali auditining me’yoriy-huquqiy asoslari va ma’lumot

1-rasm. Xususiy kapitalning tashkil topish manbalari3.
Ustav kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasida) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra belgilanadi va hisobga olinadi.
Korxonaning o’z mablag’larini shakllantirish asosiy manbai bo’lib uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo’yilgan mablag’lar majmui bo’lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis xujjatlari bilan amalga oshiriladi.
Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.



2-rasm. Xususiy kapitalning shakllanish manbalari4
Davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o’z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan (byudjet hisobidan) ajratilgan mablag’lar (qurilish, montaj, sozlash ishlari xarajatlari, asbob-uskunalar, aylanma mablag’lar va pul mablag’lari kiymati) ni aks ettiradi.
Korxonaning xususiy kapitalini tekshirish uchun zarur ma’lumotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi:
Buxgalteriya balansida (OKUD bo‘yicha 1-shakl):
Ta’sislarning ustav kapitaliga qo‘shadigan ulushlari bo‘yicha qarzlari – aktivdagi II-«Aylanma aktivlar» bo‘limining «Ta’sischilar bilan hisobla-shishilar» moddasi (4610-schyot) (280-satr);
Passivdagi I»O‘z mablag‘lari manbalari» bo‘limida ustav kapitali (320 satr), qo‘shilgan kapitali (330 satr), zaxira kapitali (340 satr), taqsimlan-magan foyda (350 satr);
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl) da
Xususiy kapitalning tarkibi bo‘yicha : yil boshiga qoldig‘i (010 satr 3, 4, 5, 6, 7, 8, -ustunlar), yil davomidagi o‘zgarishi (020-070 satrlar) va yil oxiriga qoldig‘i (080-satr).
Ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga qo‘shilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga dalolatnomalar, nakladnoylar, bank ko‘chirmalari, to‘lov-topshiriqnomalari nusxalari, kassa kirim orderlarining kvitantsiyalari va boshqa dastlabki hujjatlar misol bo‘la oladi. Ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shiladigan mulklarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ko‘chmas mulk, yer uchastkalari, transport vositalari, intellektual mulk va shunga o‘xshashlarga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalar kiradi.
Tashkiliy hujjatlar:
–davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma;
– buyruqlar va farmoyishlar;
–aksiyadorlar va ta’sischilar bilan yozishmalar;
–aksiyalarga obuna bo‘lish natijalari to‘g‘risidagi, savdo natijalari to‘g‘risidagi, ta’sischilar yoki aksiyadorlar majlisining bayonnomalari;
–soliq inspeksiyada hisobga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, davlat statistika organlari, tegishli sug‘urta tashkilotlari va boshqa byud-jetdan tashqari tashkilotlarda ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma;
–amaldagi qonunchilikka muvofiq litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari uchun berilgan litsenziyalar;
–yuritilayotgan hisob shaklidan qat’i nazar ochiq turdagi aksiya-dorlik jamiyatlari aksiyadorlar reestrini ham tekshiruvga taqdim qiladi.
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlarni qo‘shish mud-datlariga rioya qilinishini va to‘liqligini tekshirishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:
–ustav kapitalining to‘liq shakllanganligi;
–ta’sischilar haqiqatda qo‘shgan ulushlarining ta’sis hujjatlarida bel-gilangan shartlarga mosligi;
–ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulushlarni qo‘shishda qonun-chilik va ta’sis hujjatlarida belgilangan muddatlarga rioya qilinishi.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirish chog‘ida tekshirilayotgan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini ham e’tiborga olish zarur. Chu-nonchi, aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olinadigan, jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo‘shiladigan ulushlar qiymatidan tashkil topadi. Qishoq xo‘jalik kooperativlari (shir-kat xo‘jaliklari)da pay jamg‘armasi – shirkat xo‘jaligi a’zolarining pay badallaridan, fermer va dehqon xo‘jaliklarida esa o‘ziga qarashli uy-joy-lar, xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va daraxtzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jalik texni-kasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag‘-lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek, boshqa mol-mulklardan tashkil topadi.
Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi shakl-lantiriladi.
Auditor tekshiruv chog‘ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o‘z ulushlarini ustav kapitaliga o‘z vaqtida va to‘g‘ri hamda to‘liq qo‘sh-ganliklarini aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga ja-miyatni ro‘yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo‘shgan bo‘lishi kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo‘shilma-gan yoki to‘liq qo‘shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishi-ga asos bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifati-da qo‘shiladigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonun-chilikka muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil etish chog‘ida pay (ulush) ko‘rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag‘lar ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling