Ustida ishlash
Download 219.86 Kb. Pdf ko'rish
|
амалий-4
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- topshiriq.
- ( 55 ta so`z). 1- mashq.
- 2- topshiriq.
- 3- topshiriq
DIKTANT TURLARI VA ULAR USTIDA MASHQ. IMLO LUG‘ATLARI USTIDA ISHLASH Diktant vazifasiga ko`ra asosan ikki turga ajratiladi. 1.Ta’limiy diktant. 2.Nazorat diktant. 1- topshiriq. Diktantning qaysi turiga kirishini toping 1) O’rganilayotgan mavzu yuzasidan har bir darsning 5-10 daqiqasi davomida va ba’zan to`liq dars jarayonida o`zlashtirilgan bilimni mustahkamlash maqsadida o`tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday diktantdiktant o`tkazilish va bajarilish usullariga ko`ra bir necha turga ajratiladi: ta’kidiy diktant, saylanma diktant, erkin diktant, lug`at diktant, rasmli diktant, ijodiy diktant, izohli diktant kabi turlariga. 2) O`quvchilarning yaqinda yoki ilgari o`rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan bilimlarni o`quvchilar qay darajada o`zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunday diktantlar asosan har chorak oxirida, ba’zan bilimlar o`rganilgandan so`ng ham o`tkazilib turiladi. Bu diktant shunisi bilan muhimki, o`quvchilarning diktant yozish jarayonida yo`l qo1yilgan xatolari chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Toshkent – juda qadimiy shahar. Bu shahardan savdo karvonlari o`tgan. Shaharliklar savdogarlarni muhtasham saroylarda kutib olishgan. O`zaro savdo-sotiq rivojlangan. Bora-bora shahar savdo markaziga aylangan. Shaharning shuhrati ortgan. Hozir Toshkent sanoati, iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan yirik va ko`rkam shaharlardan biridir. Poytaxtimiz ko`chalari yildan-yilga ko`rkamlashib bormoqda. Ayniqsa, hashamatli binolar, chiroyli favvoralar shahrimizning husniga husn qo`shmoqda. ( 55 ta so`z). 1- mashq. D, t undoshlari qo‘shaloq yozilishi zarur bo‘lgan so‘zlami topib ko‘chiring va yozilishini eslab qoling. Bad.iy, muqad...am, mad...oh, bot...ir, qat...q, mod...a, o‘t...iz, od...iy, tarad...ud, at...or, muqad...as, muat...ar, sat...in, o‘t...kir, jid...iy, od...mi, qad...i-qomat, bat...ar, it...ifoq, jad...id, yet...i, gard...ay, but...oq, bud...izm, bot...il, pat...ak, tad...qiq, shad...od, shat...ir- lamoq, e...tir, xa...tm, qa...doq, qat...ron, g‘ad...or, ha...dik, hat...o. 2- topshiriq. Matnni o‘qing. Z, s undoshlari bo‘lgan so‘zlami topib, talaffuzi va yozilishini izohlang. ... San’atkor kishilarga ta’sir etishi uchun uning o‘zi izlanuvchan, asari ham izlanishdan iborat bo‘lishi shart. Agar u hamma narsani topib-bilib olgan bo‘Isa va pand- nasihatga berilsa yoki atayin maynavozchilik qilsa, u hech kimga ta’sir etolmaydi. Faqat izlangan taqdirdagina to- moshabin, tinglovchi, o‘quvchi u bilan birga izlanib, yakdil bo‘lib ketadi. Men san’atkorman va mening butun hayotim go‘zal- likni izlashdan iborat. Agar siz menga shu go‘zallikni ko‘rsatganingizda edi, sizdan xuddi mana shu oliy baxtga meni ham sazovor qiling, deb tiz cho‘kib yolvorgan bo‘lurdim. San’at asari deb ataladigan narsani yaratish uchun, avvalo, kishi nima yaxshi, nima yomonligini aniq- ravshan, hech shubhasiz bilishi, bulami ajratib turadigan chegarani noziklik bilan ko‘rib turishi va shu boisdan ham bor narsani emas, balki bo‘lishi mumkin narsani yozishi kerak... ...Go‘zallik nima? Go‘zallik biz uchun suyukli narsadir. Go‘zal - go‘zal emas, suygan go‘zaldir. Nega suygan go‘zal - hamma gap ana shunda. (L. N. Tolstoy) 3- topshiriq.So’zlarni to’g’ri yoki noto’g’ri yozilganligini aniqlang? Mabodo Zopark kosmanavt kambayn fanetika Xol- ahvol hurmoq Xo’plam Download 219.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling