Ustoz- misli yonib turgan sham


Download 10.46 Kb.
Sana15.10.2023
Hajmi10.46 Kb.
#1703890
Bog'liq
Ustoz- misli yo-WPS Office


Ustoz- misli yonib turgan sham.
USTOZ, O‘QITUVCHI, MURABBIY! Bu so‘zlar zamirida, o‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga baxshida etgan fidoyi insonda olam-olam ma’no mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi; ilmu ma’rifatga yo‘llovchi, ziyo tarqatuvchi; eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi; mehr va odamiylik bulog‘i; o‘z sohasining zukko bilimdoni; adolat va haqiqat mezoni. Ustozlar hurmatga, qilgan xizmatlari esa tahsinga sazovordir. ustoz misli yonib turgan shamga qiyos. O‘zi yonib, atrofga nuru ziyo sochadi. Boshqalar ana shu nurdan bahramand bo‘ladi. Shu sabab, har bir inson yoshidan, mavqeidan, darajasidan qat'i nazar, saboq bergan ustoz-murabbiyi oldida mudom ta'zimda. Hazrat Navoiy aytganlaridek, Haq yo‘lida bizga ming ranju qiyinchilik bilan saboq bergan muallimlarning mashaqqatli mehnatlari haqini hech bir boylik yoki ganjina bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ularning mehnatlari beqiyos va benazir
Ustoz-bu so'zni eshitganda bizga ta'lim, saboq bergan aziz ustozlarimiz ko'z oldimizga keladi. Xech o'ylab ko'rganmisiz dunyoda ustozlar qancha? Ularning sanog'i bormikan? Yo'q aslida bu savolni berishning o'zi axmoqlik, mening fikrimcha. Chunki dunyoga kelishimiz bilan biz shogirdga aylanamiz. Qanday qilib deysizmi? Yani bu ajib dunyoga ilk bor jajji ko'zlarimiz bilan boqqanimizdayoq tabarruk zot ustozni ko'ramiz. Yani ilk ustozimiz mushtipar onamizni ko'ramiz. xar bir bola bu dunyoga yig'lab keladi, keyin esa ilk ustoz, mehr farishtasi bo'lgan ona butun mehrini kulgusida aks ettirib, bizga bu sinovlarga boy dunyoga kulib boqishni, kulishni o'rgatadi. Ona o'z mehr-muxabbati bilan bizga mehrdan, muhabbtdan poklikdan, umiddan tarbiya beradi. Dunyoda oddiy tabiatning o'zi ham, taqdirimizdagi hayot ham biz uchun bir ustoz. Tabiat bizga go'zallikdan dars bersa, hayot esa bardoshdan, sinovlardan, iymondan dars beradi.
"Ilm hikmat suvni yondirar" deydi dono xalqimiz. Ha haqiqatdan ham ilm shunday qudratga ega. Bu qudratni esa bizga ilmlar sultoni bo'lgan ustozlarimiz berishadi. Ilk maktabga borganimizda bilimlar olamiga yetaklovchi ustozlarimiz bizga ilk bor yashashni o'rgatgan onammiz kim ekanligini, uning qanday inson ekanligini o'rgatadilar. Biz nafas olayotgan tabiat, yashayotganimiz xayot nima ekanligini o'rgatadi. Biz uchun eng muqaddas inson bo'lgan onaning tabarruk "Ona" so'zini jajji barmoqlarimiz bilan oppoq qog'ozga xatosiz yozishni o'rgatadi. Ular bizni kelajak sari ilm yo'lida yetaklab boradi. Ular bizga buyuk ajdodlarimizni tanitadi. Vatanimiz tarixini o'rgatadi.Bizdan talab qilinadigan birgina yumush, ular uchun esa eng oliy mukofot bu bizning munosib shogird bo'lib, o'z yo'limizni topish va bizni tarbiya qilgan barcha ustozlarga munosib bo'lishdir.
Yurtimizda bugungi kunda ustozlarga barcha imkoniyatlar, shart – sharoitlar yaratilgan. Ularning mehnatlari e’zozlanib yurtimizda 1 oktyabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Ularning faoliyati doimo munosib taqdirlanadi va qadrlanadi. Shu bois ustozlarimiz doimo e’zozda va e’tirofda.Ko‘rinib turibdiki, dunyoni o‘z ilmu ma'rifati bilan lol qilgan insonlar ham doim ustozini yuksak qadrlagan, izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan.Istiqlol egalari bo'lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazishda o'qituvchi-murabbiylarning hissasi benihoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o'g'il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo'lishlari, Vatanimizga, xalqimizga fidoyi va halol xizmat qiladigan insonlar bo'lib yetishishiga zamin bo'lib xizmat qiladi. Muhtaram ustozlarimizga o'z hurmatimiz va e'tiborimizni 1997 yildan beri respublikamizda keng nishonlanib kelayotgan 1 oktyabr – Ustozlar va murabbiylar kuni yana bir bor izhor qilishimiz mumkin.
O'qituvchi – mas'uliyatli va mashaqqatli kasb, og'ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o'zlarini esa e'zozlab kelishgan. Ustoz o'zidan keyin har bir insonning hayotida sezilmas, ammo juda muhim iz qoldiradi. shu birgina so'z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Mashhur insonlarning aynan yuqori cho'qqilarga erishishlari ham ustozlarning beqiyos zahmatidir. Mazkur kasb azal-azaldan jamiyat uchun eng muhim hamda kerakli qadimiy kasb hisoblanadi.Vladimir Dal o'zining izohli lug'atida yozadi: “Bilim xohish istakni talab etadi”. Avvalambor, o'qituvchi o'z kasbini sevishi, o'quvchilarning har biriga mehr qo'yishi, bor bilimu korlarini hech qizg'anmay bolalarga o'rgatishi kerak. Kasbga muhabbat birinchi o'rinda turishi lozim. Shundagina o'qituvchi degan oliy maqomga ega bo'ladi.
Kelajak avlodni bilimli, ma'naviy barkamol va jismonan sog`lom qilib voyaga yetkazishda o`qituvchi va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir.Bugungi kun o`qituvchisi o`z ustida tinimsiz ishlaydigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo`llay oladigan ijodkor shaxs hamda yoshlarni bilim cho`qqilari, yuksak ma'naviyat sari yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo`lishiga da'vat etadigan chinakam murabbiy sifatida faoliyat yuritishini hayotning o`zi talab etmoqda.Farzandlar ta'lim-tarbiyasi, kamoloti haqida qayg`urish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir. Shu sababli o`qituvchi va murabbiylar yurtimizda sharafli kasb egalari sifatida har doim hurmat va e’tibordadir.O`qituvchi bugun o`zi ta'lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo`yadi. Yosh avlodni komillik va kamolot cho`qqisiga o`qituvchi — ustozi boshlab boradi.Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. Shunday ekan, ustozlar zimmasiga kelajagi buyuk davlatning komil, har tomonlama barkamol vorislarini yetkazib berishdek yuksak vazifa yuklangan.Yurtboshimizning rahnamoligida har yili respublikamizda keng miyosida nishonlanadigan «1 oktyabr -O`qituvchilar va murabbiylar» kuni umumxalq bayrami ham ta'lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi insonlarga nisbatan davlatimiz va xalqimizning cheksiz hurmati va ehtiromi namunasidir.Bayramingiz qutlug' bo'lsin aziz ustozlar!
Download 10.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling