Ustoz va murabbiylar kuni


Download 43.37 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi43.37 Kb.
#1820339
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ustoz va murabbiylar kuni lat

Vohobjanova Shahrizoda Hayot ummonida bamisli mayoq
Yiroqlarga nazar tashlar ustozlar
Sodiq shogirdlarga berarkan saboq
. Doimo hak yo’lga boshlar ustozlar.
Yoqubboyeb Behruz
Eng og’ir damlarda vazminlik bilan,
Sabr ila matonat darsin o’tarlar.
Ezgulik singdirib dillarga har dam,
Kelajakka totli meva tutarlar.
Allanazarova Zarnigor: Ustoz qo’limizga qalam ushlatib, xat – savodimizni chiqarishda, maktab xayoti davomida ilm cho’qqilarini egallashimizda ko’maklashadi. Qalb tubidan joy beradi va nixoyat parvoz qilishimizda bizga qanot bo’ladi.
Yoqubboyeb Behruz:: O’qituvchi eng aziz kasb egasi sifatida zamonlar osha katta xurmat va e’zozga sazovor bo’lib kelgan zotdir. U insoniyatni faqat ilm va ma’rifat sari yuksaklikka ko’tarajagini asrlar osha isbot etib kelayotgan allomadir. Ustozsiz shogird – komil bo’lib balog’atga yetmaganidek, o’qituvchisiz jamiyat ham kemtik bo’lib, rivojlana olmaydi.
Jumaboyev Bunyod: Xalq ta’limi tizimi nafaqat moddiy, balki ilmiy – uslubiy, yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, bolalar sporti hamda musiqa va san’atni rivojlantirish borasida ham takomillanib bormoqda. Maqsad bitta – barkamol avlodni tarbiyalash va bu vazifani bevosita amalga oshiradigan o’qituvchini ulug’lash, ularga yetarli ish sharoitlarini yaratishdir.
Sobirova Zarina: Mustaqilligimiz sharofati ila mamlakatimiz tarixida yangi davr boshlandi. Bu davr kelajagi buyuk Davlatning har bir yili asrlarga teng 18 yoshi bilan qadrlidir. Bu davr tarixi ming yillar bilan o’lchanadigan millat, jaxonni lol qoldirgan Amir Temur saltanati haqidagi chinakam tarixini tiklagani bilan qadrlidir. Bu davr Dunyo mamlakatlari orasida o’z so’zini ayta olayotgan va jahon taraqqiyotiga o’z xissasini qo’sha olayotgan bugungi yurtdoshlarimiz bilan, yangi bunyodkorlik ishlari bilan muqaddasdir. Dunyo xaritasida «O’zbekiston» atalmish mustaqil diyorning paydo bo’lishi bilan azizdir!
Yoqubboyeb Behruz: Muxtaram Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobi mamlakatimiz ma’naviy hayotida muhim o’rin egallagani shubxasiz. Ushbu kitobda ma’naviyatning mazmun – moxiyati, uning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng kamrovli fikr va xulosalar orqali taxlil etilgan. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobida bayon etilgan g’oyalar ongimizga ona – yurtga muxabbat, istiqlolga sadoqat, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf – odatlarimiz, buyuk ajdodlar merosi va xalkimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom g’oyalari sari chorlaydi.

Download 43.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling