Ustyurt (mil av. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid 20dan ortiq manzilgohlar o‘rganilgan
Download 89 Kb.
|
Ibtidoiy davr.
O‘rta Osiyo hududidagi o‘rganilgan mezolit davriga yodgorliklar past tekistliklardan tortib, baland tog‘-tizmalarigacha bo‘lgan hududlarda keng tarqalgan ochiq turdagi joy makonlar, g‘or-makonlar va mavsumiy manzillardan iborat. Mazkur yodgorliklar stratigrafiyasi va radiokarbon tahlillariga ko‘ra O‘rta Osiyoning mezolit davri mil. av. X-VI ming yilliklar doirasida sanalanadi. O‘rta Osiyodagi mezolit davriga oid yodgorliklari hududlar yoki madaniyatlar ajralib turadi. Ustyurt (mil. av. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid 20dan ortiq manzilgohlar o‘rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlar atrofida to‘p-to‘p holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, qisqa muddatli va vaqtincha yoki mavsumiy makonlardan iborat. YOdgorliklarning ma’lum hududda to‘p bo‘lib joylashishiga ko‘ra ustyurtliklar aholisi ovchilari guruhi yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bog‘liq bo‘lgan sodda ichki tuzilmadagi jamoaga. Arxeolog E.B.Bijanovning ilmiy farazlariga ko‘ra Ustyurt manzilgohlari mahalliy sharoitda SHarqiy Kaspiybo‘yi va Janubiy Ural hududlarining mezolit davri madaniyatlarning ma’lum ta’sirida shakllangan. Bu erda olib borilgan tadqiqot ishlarini natijasida o‘rganilgan topilmalar xususiyatlariga ko‘ra quyidagi xronologik guruhlarga ajratishga harakatlari mavjud: ilk (rivojlangan mezolit) - mil. av.VIII-VII ming yilliklar va so‘nggi (so‘nggi mezolit va ilk neolit) mil. av.VII-VI ming yilliklar. Aholi ovchilik va baliqchilikga asoslangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik shakli bilan shug‘ullanishgan. SHuningdek uy sharoitida suyak va yog‘ochlarga ishlov berish ishlari ham asosiy mashg‘ulotlaridan sanalgan. O‘rta Osiyoning sharqiy viloyatlarining mezolit davri nisbatan yaxshi o‘rganilgan. Toshkent viloyatidagi yodgorliklar (mil.av. X-IX ming yilliklar) alohida o‘rin tutadi. Toshkentning g‘arbida qadimgi Bo‘zsuv anhorining chap sohilida joylashgan Qo‘shilish makonining madaniy qatlamlaridan 200 dan ortiq chaqmoqtoshdan yasalgan (nukleus, mayda parakchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar, boshqa turdagi silliqlangan qurollar va uchrindilar) qurollar majmuasi topilgan. YOdgorlikning madaniy qatlamlaridan qora mol, qo‘y va echki suyaklari topilishiga ko‘ra ularning asosiy mashg‘uloti ovchilikdan iborat bo‘lgan. Farg‘ona, Surxondaryo-Machay (VIII), Janubiy Tojikiston: Kofirnigon, Vaxsh, Panj vodiylari, SHarqiy Pomir (XI-VII) madaniyatlari tosh qurollar, xo‘jaligi va boshqa xususiyatlariga ko‘ra umumiy va o‘ziga xos tamonlari bilan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysining ham mezolit davri alohida madaniyatni tashkil etadi. Bu erda mezolit davriga oid 40 dan ortiq yodgorliklar o‘rganilgan. Bu erning mezolit davri Obishir madaniyat (IX-VIII), nomi bilan ham nomlanib, uni ikki variantga yoki kompleks: Obishir (g‘or-makon iborat) ilk bosqichi, Farg‘ona so‘nggi (tekislik). G‘or-makonlar guruhiga tog‘li hududlarda joylashgan Obishir va Toshko‘mir guruhidagi manzilgohlar kiradi. Ulardan Obishir I, V yodgorliklari yaxshi o‘rganilgan. Tekislikdagi guruo‘iga Sirdaryo yoqasidagi ko‘llar bo‘yida joylashgan bir necha o‘nlab yodgorliklarni kiritish mumkin. Ularning har ikkalasi uchun ham plastinkasimon shaklda yasalgan tosh qurollar xos. Ilk bosqichida kishilar g‘orlarda yashab xo‘jalikning ovchilik va termachilik turi bilan shug‘ullangan bo‘lsalar, keyingi bosqichda, tekislikga tushib, termachilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan. Machay g‘or makoni Surxondaryo viloyati Boysun tog‘ining janubiy-g‘arbida shu nomdagi qishloqda Turkandaryo (SHeraboddaryoning yuqori oqimi)ning o‘ng sohilila joylashgan. YOdgorlikning madaniy qatlamlaridan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o‘rganilgan. Toshdan yasalgan qurollar nukleuslar, pichoqlar, kesgichlar geometrik shakldadi (trapetsiya, sigment) mikrolit qurolla, nayza o‘qi uchlar va boshqalardan iborat. YOdgorlikdan topilgan hayvon suyaklarining asosiy qismini xonakilashtirilgan hayvonlarniki tashkil etadi. Odam suyaklari evropioid irqiga mansub kishilarga tegishli. Radiouglerod tahlillariga ko‘ra yodgorlik mil. av 7550 yilliklarga oid. Obishir madaniyati. Bu madaniyatga Farg‘ona vodiysidagi bir necha mezolit davri yodgorliklari (40 dan ortiq) kiradi. Ularning ko‘pchilik qismi ochiq SHarqgi makonlar, kamchilik qismi bir va bir necha qatlamga ega bo‘lgan g‘or-makonlar (Obishir 1,2,3,4,5 va Toshko‘mir)dan iborat. Ular ichida Obishir 1 va Obishir 5 yaxshi o‘rganilgan. Ularning madaniy qatlamlaridan tosh qurollar (mikrolitlar, qirg‘ichlar, pichoq qadamalari, keskich va teshkichlar, o‘roq-randalar hamda nukleuslar) suyak buyumlari, chig‘anoq, suyak va toshdan yasalgan taqinchoqlar shular bilan birgalikda hayvon suyaklari ham topilgan. Toshko‘mir g‘or-makonida Obishir makoniga o‘xshash, silliqlash texnikasi ancha dag‘al chaqmoqtoshdan yasalgan buyumlar mavjud. Har ikkala guruhagi manzilgohlardan topilgan tosh qurollarning tayyorlanish Vaxsh, Kofirnigon va Panj vodiylarida mezolit. Bu erda mezolit davriga oid 20 ta yodgorlik ochilgan va tadqiq qilingan. Ko‘pchilik joy-makonlarning madaniy qatlamlari buzilib ketgan. Bu hududda mezolit rivojlanishi ikki yo‘nalishda borgan: tog‘oldi va tekislikda. Turli davrlarga va madaniyatlarga bo‘linadigan to‘rtta yodgorliklar kompleksi (majmuasi) ajralib turadi. Bu regionda mezolit mil. av. XI-VIII m. yy. bilan sanaladi. I kompleks: Tutqovul 3 va CHil CHor chashma. SHartli ravishda Tutqovul madaniyati deb nomlangan. Bu madaniyat mil. av. XI-X-VIII m. yy. oid. II kompleks: Darai SHo‘r, Tutqovulning ikkinchi madaniy qatlami. Ularning topilmalari obishir materiallariga o‘xshash. Mil. av. VIII-VII m. yy. bilan sanaladi. Vaxsh daryosining O‘rta oqimi hududi mezolit davri Vaxsh madaniyatiga oid deb taxmin qilinadi. Bu madaniyat an’anasi keyinchalik Tojikiston tog‘ zonasi qabilalarining neolit davri Hisor madaniyati yoyilishiga ta’sir qildi. III kompleks: Quyi Bulyon va Obi Kiyik (Obi kiyik kompleksi). Bu makonlar uchun faqat chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar va plastinkasimon qurollar xosdir. Davri mil. av. VIII-VII m. yy. bilan belgilanadi. IV kompleks: SHugnau makonining O gorizonti (shugnou kompleksi). mil. av. X m. yy. ga (XI m. yy.lar ham bo‘lishi mumkin) oid. Bu makonning paydo bo‘lishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining yuqori paleolit davri madaniyati bilan bog‘langan. Bu hududdagi madaniyat sohiblari ham o‘zlashtiruvchi xo‘jalik: ovchilik, baliqchilik, termachilik bilan kun kechirganlar. Ovchilik va baliqchilikda nayza, o‘q va yoydan foydalanganlar. Hayvonlardan qo‘y va echkilarning suyaklari topilgan. Ovchi va baliqchilar vaqtinchalik yashash uchun chaylalardan foydalanganlar yoki ochiq havoda yashashgan. Tojikistonning mezolit davri makonlarida bir vaqtda yoyilgan shimoliy Afg‘oniston, Falastin, Suriya va Old Osiyoning boshqa rayonlaridagi manzilgohlar bilan o‘xshash belgilari seziladi. Bu esa YAqin SHarq qabilalari bilan madaniy va genetik aloqasi borligidan dalolat beradi. SHarqiy Pomir mezoliti. Bu erdagi mezolit davri yodgorliklari Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq madaniyati yoki aniqrog‘i issiq kompleksi (Issiq g‘or-makoni)laridan iborat. Pomirda mezolit davri mil. av. VII m. yy. ga to‘g‘ri keladi. Markansuv madaniyati Pomirdan tashqarida shakllangan. Uning kelib chiqish ildizi aniqlanmagan bo‘lsada, industriya xususiyatlarining mahalliy tabiiy sharoitga bog‘liqligi seziladi. Oshxona makoni. Bu erda bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan. Yirik dag‘al ishlangan mehnat qurollari va kichik nafis mehnat qurollari ajralib turadi. Bu erda silliq toshdan yasalgan ikkita o‘choq va atrofida yashash maydonchasi aniqlangan. Issiq g‘or-makoni. Madaniy qatlami bir yarim metr. U erdan kichik va O‘rta hajmdagi toshlardan aylana qilib terilgan o‘choq topilgan. Markansuv madaniyati sohiblari ovchilik va terimchilik bilan kun kechirganlar. Makon mavsumiy foydalaniladigan joy bo‘lib, undan o‘lja izlab ovga chiqqan vaqtda yashash uchun foydalanilgan. Oshxonadagi topilgan yashash maydonchasi engil turdagi chaylasimon uylarning qoldig‘i bo‘lishi mumkin. O‘rt Osiyodagi mezolit davri madaniyatlari va komplekslari o‘ziga xos va turli xilda. Bu erda mezolit davrining shakllanishida avvalambor so‘nggi paleolit davri mamahalliy madaniyati asosiy o‘rin tutgan bo‘lsada, shu bilan birgalikda tosh asrining yirik madaniy markazi hisoblangan YAqin SHarq qabilalarining ham sezilarli ta’siri bor. SHunday qilib, mezolit davrida O‘rta Osiyoda xo‘jaligi va madaniy xususiyatlari bilan ajralib turadigan bir qancha qabilalar yashashgan. O‘rta Osiyoda mezolit davri san’ati. San’at namunalari tog‘li rayonlarda qoyatoshlarga bo‘yoq bilan yoki urib, o‘yib, ishlash, chizish usuli bilan ishlangan tasvirlardir. (Zarautkamar Surxondaryoda, SHaxta g‘ori Tojikistonda). Zarautkamar qoyatoshlarida ov manzaralari (yovvoyi buqa, jayron va tik shoxli echkilarga qilinayotgan ov) tasvirlangan. Rasmlar qizil bo‘yoqda ishlangan. Tasvirdagi hayvonlarning shakli aniq harakat qilayotganga o‘xshaydi. Odamlar shakli esa shartli va harakatsiz tasvirlangan. Zarautkamarda madaniy qatlam uchramaydi. Tasvirlar borish noqulay bo‘lgan joylarda chizilgan. Bunga o‘xshash uslubdagi tasvirlar SHaxta kamarida ham chizilgan. Saqlangan to‘rtta tasvirda odam, yovvoyi cho‘chqa, ayiq tasvirlangan. Ular qizil bo‘yoqda ishlangan. Zarautkamar va SHaxta kamaridagi rasmlari o‘zida mezolit davri tog‘ ovchilarining qarashlarini aks ettiradi va ular rassom tomonidan zo‘r mahorat bilan berilgan. Zarautkamar (Surxondaryo) va SHaxta (SHarqiy Pomir Zarautkamar SHerobod shaxridan taxmin 30 km SHimoliy-G‘arbda Kuxitang tog‘ining Janubiy SHarqiy yonbag‘irlarida Zarutsoy sogtida joylashgan . Kamarda madaniy qatlamlar uchramaydi. Tasviriy san’at na’munalari qoyashiftlari va yon devorlarida joylashgan. Tasvirlar qizil bo‘yoqlarda bo‘yalgan bo‘lib mezolitning so‘ngi bosqichi va eng qadimgi neolit davriga oid. Ulardan uchta ov manzarasi tasvirlangan uchta komnozitsiyasi diqqatga sazovor. Birinchi tasvir 19 kishidan iborat ovchilarning yovvoyi buqalar xalqa bo‘lib ov qilayotgani tasvirlangan. Ulardan ikkitasi qochishga urinmoqda. Ikinchi tasvirda ovchilar oldida jayronlarning qochayotgan va ulardan jaroxatlangan xolati tasvirlangan. Uchinchi tasvirda esa yovvoyi echkilarga qilinayotgan ov manzarasi aks ettirilgan. Bu erda mezolit davri jamoasining real xayoti tasvirlangan bo‘lib, ulrning asosida g‘oyaviy qarashlar o‘z aksini topgan. Qoyadagi kishilar tasviri sxematik tarzda berilgan. Bu erda Kamarda madaniy qatlamning uchramasligiga ko‘ra mezolit davri kishilarining ov oldi g‘oyaviy qarashlari, ya’ni ov kulti o‘z aksini topganligini ko‘rish mumkin. Joytun, Kaltaminor, Tozabog‘yob, Amirobod va boshqa madaniyatlar. Eneolit va bronza (o‘troq dehqonchilik manzilgohlari, ko‘chmanchi qabilalar qo‘rg‘onlari, mozor-qo‘rg‘onlar va hokazo) davridagi manzilgohlar va aholining tarqalishi. Dastlabki metallning kashf etilishi va xujalik hayotiga jadallik bilan kirib kelishi jamiyat taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega buldi. O‘rta Osiyo hududlarida dastlabki metallning paydo bo‘lishi va yoyilishi bronza davri madaniyatlari xususida turli yillarda S. P. Tolstoe, B.A. Kuftin, B.A. Litvinskiy, V.M. Massoy, V.I. Sarianidi, I.N. Xlopin, A.A. Askarov, T.SH. SHirinov, L.B. Kircho hamda kator xorijlik olimlar tadqiqot ishlari olib borgan bo‘lib, ushbu tadqiqotlar natijasida mil. avv. III -I ming yillik boshlaridagi tarixiy - madaniy jarayonlarga ko‘plab anikliklar kiritish imkoniyatlari paydo buldi. Tadqiqotlar natijalariga kura, Mesopotamiya va Old Osiyoda dastlabki metalldan (misdan) foydalanishga utilishi (eneolit davrining boshlanishi) ilk shahar - davlatlarining vujudga kelishi bilan izoxlanadi. Mil.avv. IV ming yillikning ikkinchi yarmiga kelib, kalimgi SHarkning madaniyati yukori darajada rivojlangan o‘choqlarida va ilk davlatlarida misdan ishlangan mehnat kurollari va zeb - ziynatlar keng tarkaladi. O‘rta Osiyoda dastlabki metallning paydo bo‘lishi Janubiy Turkmenistan hududlari bilan boglikdir. Bu hududlarda mil.avv. IV-II ming yilliklarga oid arxeologik yodgorliklar ko‘p bo‘lib, ushbu arxeologik yodgorliklarning xronologiyasi butun O‘rta Osiyo neolit-eneolit-bronza davri majmualarini tadkiq etish va ulardagi topilmalarni sanalashda muhim ahamiyatga ega buldi. Janubiy Turkmaniston arxeologik topilmalarining stratigrafik ustupi (kolonka) R.Pampellining Anovda kazishmalar utkazgan ekspeditsiyasi paytida tuzib chikilgan edi. Bu jarayonda birin - ketin bir - birini almashtiruvchi turtta-Anov I -IV majmualari ajratilgan edi. Ushbu davrlashtirish tadqiqotchilar tomonidan ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lishiga karamay uggan asrning o‘rtalariga kadar undan foydalanib kelindi. 1949 - 50 yillarda B.A.Litvinskiyning Nomozgoxtepadagi kazishmalari tufayli ushbu yodgorliklar kulami yanada kengaydi. 1952 yilda B.A. Kuftin Kopetdog tor oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik tartibini tuzish Uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy Katlami 34 metr bo‘lgan Nomozgoxtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma -ket keluvchi oltita majmuani - Nomozgox I-VI ni anikladi. qning fikricha, Anov I va Nomozgox I ilk eneolit, Nomozgox o‘rta eneolit, Nomozgox III sungti eneolitga, Nozgox IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va sunggi bronza davrlariga oiddir. 1956 yilda V.M.Masson ushbu majmualar kushni Erondagi topilmalar bilan kiyosiy asosida kuyidagi xronologiyani taklif etdi: Joytun va Anov I -mil.avv. V ming iillik, Nomozgox I, II - mil.avv. IV ming iillik, Nomozgox III -IV- mil. avv. III ming iillik, Nomozgozq V-mil.avv. II ming yillikning birinchi yarmi, Nomozgox VI -mil avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. SHuningdek, V.M. Massonning fikricha, Janubiy Turkmanistondagi ilk eneolit majmui Anov I ning paydo bo‘lishi Kopetdor tor oldi hududlaridan turli kabilalar guruxlarining kirib kelishi bilan borlanadi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chikarar ekanmiz, Janubiy Turkmaniston jamiyatida «bu davrdagi yangilik shundan iborat ediki, aholi turmush tarzida mis va xom risht paydo bo‘lib manzilgoxlar anik rejaviy tuzilishga ega buladi, sopol idishlarning sifati yaxshilanib nakshlarida yangi uslublar shakllanadi hamda tukimachilik paydo buladi. Ushbu hududlarning asosiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti ko‘p xollarda o‘troq sugorma dehqonchilik bo‘lib xujalik hayotida chorvachilik xam etakchi ahamiyatga ega edi. Tarixiy-madaniy taraqqiyot natijasida mil.avv. IV-III ming yilliklarga kelib aloxida manzilgoxlarda yashovchi aholining unchalik murakkab bulmagan surorish tartibi paydo buladiki, bu xolat sun’iy surorishning rivojlanishiga asos buldi. Eneolit davrida Janubiy Turkmaniston hududlarida manzilgoxlar kurilishining evolyusiyasi kuzatiladi. YA’ni, bir xonadan iborat bo‘lib, tartibsiz joylashgan uylardan, kuchalarga bulingan maxallalarni birlashtiruvchi ko‘p xonali uylar, ayrim xollarda manzilgox markazida markaziy maydon paydo bulsa, o‘rta eneolit davridan boshlab solda xolatdagi ximoya inshootlari paydo bo‘lganligi aniklangan. Undan tashkari katta oilali jamoalarning maxsus o‘choqlari bo‘lgan uziga xos liniy markazlarning izlari xam topilgan. Sunggi eneolit davriga kelib ayrim manzilgoxlarda markazlashgan liniy markazlar paydo buladi. O‘rta Osiyoning ko‘pgina hududlarida bo‘lgani kabi Turkmanistonda xam bronza davri (mil. avv. III -II ming iillik) dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning jadallik bilan rivojlanishi orkali izoxlanadi. SHuningdek, bu davrda jamiyatning ijtimoiy tabakalanish jarayonlari xam rivojlanadi. Olib borilgan Tadqiqotlar natijalariga kura, ushbu tarixiy davr ilk, rivojlangan hamda sunggi bronza davrlariga bulinadi. Ushbu davrlar moddiy madaniyat taraqqiyot darajasining uziga xosligi va rivojlanish bosqichlari bilan bir -biridan farklanadi. Bu tarixiy davr aqolisi turli metallar aralashmasi natijasida xosil buladigan bronzani kashf etadilar. Bronza-kimyoviy xususiyatlari jixatidan mustaxkam va kattik metall bo‘lib, u qadimgi xulsaliklar taraqqiyoti uchun yuksak ahamiyatga ega buldi Panjikent shaxridan 15 km g‘arbda o‘troq dexqonchilik manzilgohi xarobalari bo‘lgan Sarazm yodgorligi joylashgan. O‘tgan asrning 70 - yillaridan boshlab ushbu yodgorlikda tadqiqotlar olib borilishi natijasida nafaqat yuqori Zarafshon, balki, butun O‘rta Osiyo hududlarida eneolit - bronza davrida bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar masalalariga davrlashtirish va xronologiya muammolariga ko‘pgana aniqliklar kiritildi.Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Sarazm paydo bo‘lgan davrdan boshlaboq Qadimgi SHarq sivilizatsisi markazlari bilan uzviy aloqada bo‘lgan. Dastlabki bosqichda, zgni, Sarazm madaniyati paydo bo‘lib shakllanayotgan davrda Janubiy Turkmaniston yodgorliklari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Sarazm manzilgoxining ikkita pastki qatlamlaridan topilgan Nomozgoh III va Geoksyur I ko‘rinishidagi eneolit sopollari va boshqa moddiy madaniyat buyumlari ushbu jarayonni tasdiqlaydi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Farg‘ona vodiysidan to Janubiy Turkmanistongacha bo‘lgan (janubi - sharqiy va janubi - g‘arbiy O‘rta Osiyo) oraliqaqagi hududlardan juda ko‘p sonli eneolit va bronza davriga oid yodgorliklar topib o‘rganilgan. Tarixiy - madaniy rivojlanish bosqichlariga qarab ushbu yodgorliklar ikki guruxga bo‘linadi: 1. O‘troq dehqonchilik madaniyati yodgorliklari (Janubiy Turkmaniston, Janubiy O‘zbekiston, Zarafshon va Farg‘ona vodiylari). 2. Bronza davri dasht madaniyati yodgorliklari (Tozabog‘yob, Zamonbobo, Mo‘minobod, Oqtanga, Qayroqqum). O‘shbu madaniyatlar o‘rtasida uzviy aloqalar mavjud ediki, bu xaqda maxsus bobda to‘xtalib o‘tamiz. Mil. avv. II ming yillikka kelib Murg‘ob daryosi havzasi hamda Amudaryoning o‘rta oqimi hududlarida yuqori darajada rivojlangan o‘troq dehqonchilik madaniyatlari shakllanadi. Keyinchalik qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona tarkibiga kirgan bu hududlardan hozirgi kunga qadar 200 dan ziyod bronza davri yodgorliklari topib o‘rganilgan. Ular orasida nisbatan yaxshi o‘rganilganlari Gonur, Dashli, Kelleli, Sopollitepa, Jarqo‘ton, To‘g‘oloq, Molali kabilar bo‘lib, ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya va Marg‘iyona ushbu davr manzilgoxlarini ikkita asosiy guruhga: istehkomli manzilgoxlar va istexkomsiz manzilgoxlar guruxlariga ajratadilar. Ushbu hududlarda ilk shaharlarning asosi hisoblangan mustahkamlangan qal’alarning paydo bo‘lishi harbiy xavf-xatar tug‘ilgan paytda boshpana vazifasini bajarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shuningdek, qal’alar qadimgi dexqonlar jamiyatida chuqurlashib borayotgan ijtimoiy tabaqalashuv jarayonlarini o‘zida aks ettirgan. Qal’alarning ichki hududlari turli uslublarda bunyod etilgan. Misol uchun, Gonur 1 ning shimoliy qal’asida yakka reja asosida qurilgan katta zal va bir - biriga o‘tiladigan qator uylar (anfilada) ochilgan. Qal’aning aylanma yo‘lagida, qal’a devorining ichki qismida bir - biridan aniq masofada joylashgan to‘rtburchak shaklidagi bir tomoni devordan chiqib to‘rgan ustun (pilyastra) joylashgan. V.I. Sarianidining fikricha, ushbu qal’ada maxalLiy hokimning saroyi joylashgan. Ayrim qal’alar, masalan, To‘g‘oloq 21 ibodatxona vazifasini bajargan bo‘lib, diniy bayramlar kunlarida butun Marg‘iyona qohinlari shu erga to‘planganlar. Sopollitepa qal’asining ichida tor ko‘chalar bala* ajratilgan 8 ta turar-joy maxallalar joylashgan Markaziy hududda kurulishlar qurilmagan. Qal’alarnish janubiy tomonida joylashgan kirish qismidan katta vyo keng ko‘cha boshlanib markazga keladi. Sopollitepanshi turar - joylari uylarda va maxallalarda joylashgan ishlab chiqarish ustaxonalari bo‘lgan oddiy qurilishlardan iborat. A.A. Asqarovning fikricha, bu erda iqtisodiy jihatdan bir -biri bilan bog‘liq bo‘lib yagona jamoaga birlashgan 8 ta oila turmush tarzi kechirgan. Umuman olganda bronza davrida Marg‘iyona va Baqtriya - aholi zich joylashgan hududlardan iborat edi. Manzilgoxlarning joylashuvi va xususiyatlari ilk dehqonlar turmush tarzining yuqori darajasini aks ettirib, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvidan, ma’muriy -mafkuraviy markazlar va maxobatli me’morchilikning paydo bo‘lganligidan, xunarmandchilikning aloxida ajralib chiqish jarayonlaridan dalolat beradi: Tadqiqotlar natijalarini taxlil etib shunday xulosa chiqarish mumkinki, ushbu katta hududlarda o‘troq dehqonchilik qabilalari ittifoqlari yashaganlar. Vohalar esa, bu jarayonda shahar-davlatlar yoki nom uyushmalari singari siyosiy birlashmalar barpo etish yo‘lidan rivojlanib borgan. Mil. avv. II ming yillik boshlariga oid Qadimgi Xorazmda (Janubiy Orol bo‘yida) unchalik katta bo‘lmagan yodgorliklar guruxi ajratiladiki, ular fanda Qamishli yodgorliklar guruxi degan nom olgan. Ushbu yodgorliklarniyg kelib chiqishi janubdan bo‘lgan kuchli ta’sir natijasida so‘ngga Kaltaminor neolit majmualari bilan bog‘lanadi. YAssi tagli idishlar, ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish va metall bilan tanishuv Qamishli yodgorliklari uchun xosdir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, Qamishli majmualari bronza davri Janubiy Orol maxalliy Suvyorgan madaniyatining boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. Qadimgi Xorazm makonlaridan katta qismi Janubiy Uraloldi aholisining kelishi natijasida paydo bo‘lgan Tozabog‘yob madaniyati qabilalariga tegishli bo‘lib, bu hududlar YOg‘ochband va Andronovo qabilalarshshng aralashuv zonasi hisoblanadi. Kelgindilar ko‘p xollarda Qadimgi Xorazm qabilalari bilan aralashib ketadilar. Ushbu jarayonlar natijasida paydo bo‘lgan Tozabog‘yob madaniyatida YOg‘ochband, Andronovo va ilk Suvyorgan tarkibiy qismlari (komponentlari) ajraladi. Tozabog‘yob madaniyati rivojlanishida uchta ketma -ket keluvchi xronologik bosqich: ilk (mil.avv. XV-XIV asrlar), o‘rta (mil.avv. XIV- XII asrlar) va so‘nggi (mil.avv. XIII -XII yoki XII -XI asrlar) bosqichlar ajratiladi. Tozabog‘yobliklar sharoitga qarab moslashgan holda qadimgi Amudaryo irmoqlarining ichki havzalari hududlarida joylashadilar. Bu xolat o‘z navbatida xosildor havzalarda dehqonchilikni va mavsumiy o‘tloqlarda chorvachilikning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar tug‘diradi. Tozabog‘yob manzilgoxlari yonlaridan sug‘orish kanallarining izlari aniqlangan. Tadqiqotchilarning fikricha, xo‘jalikda dexqonchilik yo‘nalishi va sug‘orish tartibining mavjudligi Tozabog‘yob madaniyatini bronza davri Evrosiyo dasht madaniyatidan keskin ajratib turadi. Xullas, metall ishlatilishga o‘tilishi qadimgi ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli O‘rta Osiyo dasht va tog‘ oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan (dexqonlardan) ajralib chiqadi va chorvachshshk bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki yirik mehnat taqsimoti bo‘lib, ilk shaharlar paydo bo‘lishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qadimgi Xorazm, Sug‘d va Baqtriyaning tarixiy geografiyasi. Asosiy tarixiy viloyatlar, aholi joylashuvi. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasining xususiyatli jihatlari; shaharlar, davlat birlashmalarining shakllanishi. Xususan, Qadimgi Baqtriya va So‘g‘diyona hududlarida miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlariga oid. eng qadimgi shahar xarobalari uchramaydi, ilk temsr davri shaharlarining shakllanishi esa miloddan avvalgi VIII-VI asrlarga oiddir. Miloddan oldingi VIII asrning oxiri - VII asrga kelib O‘rta Osiyoning janubidagi, manzilgoxlar rivojlanishida jadallik bilan o‘zgarishlar boshlanib Baqtriya va So‘g‘diyona hududlarida o‘zida shaharsozlik belgilarini (mustaxkam devorlar, saroylar, burjlar, xandaqlar, devorlardagi o‘q otish yo‘laklari va boshq.) aks ettiruvchi manzilgoxlar paydo bo‘ladi. Ilk temir davriga oid bunday manzilgoxlarning soni Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyonada 20 tadan ziyodroq. Asosiy manzilgoxlar esa (maydoni 5 gektardan kam) qishloq qo‘rg‘onlari, uncha katta bo‘lmagan alohida qal’alar va dehqonchilik qishloqlaridan iborat. SHaharlar turiga kiritish mumkin bo‘lgan, kattagina qo‘rg‘onli mustaxkamlangan manzilgoxlar ayrim qadimgi dexqonchilik viloyatlarida (Surxon, Qashqadaryo, Zarafshon havzalari va boshq.) bitta yoki ikkitadan ko‘p bo‘lmagan. Belgilari unchalik to‘liq bo‘lmaganligi uchun ham O‘rta Osiyodagi barcha yirik manzilgoxlarni shaharlar safiga kiritib bo‘lmaydi. Faqatgina shuni qayd etish mumkinki, ularning barchasi xarbiy to‘qnashuvlar paytida qal’a - qo‘rg‘on vazifasini o‘tagan. AM.Belinitskiyning fikricha, xarbiy-ma’muriy markazlar sifatida paydo bo‘lgan qadimgy shaharlar savdo-xunarmandchshshk markazlaryga aylanib boradi. Ilk temir davri O‘rta Osiyoning janubnda xususan So‘g‘diyonada, aloxida hududiy tartib guruxida bo‘lib markaziy vazifani bajargan bir nechta manzilgoxlar turlari mavjud edi. Bular maydoni 5 gektardan 15 gektargacha bo‘lib, tuman -voxa markazi vazifasini bajaruvchi Daratepa, Konimex, CHordara kabilardir. Maydoni 20 gektardan 80 gektargacha bo‘lgan viloyat markazlari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan Uzunqir, Erqo‘rg‘on, Xo‘ja Bo‘ston kabilar hamda bir necha viloyatlar markazi vazifasini bajaruvchi va maydoni 100 gektardan ziyod bo‘lgan Afrosiyob (Maroqanda), Buxoro shular jumlasidandir. / Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, hunarmandchilik muas - sasalari yirik manzilgoxlar ichida markazlashib qolmasdan, ularning atrofida ham to‘planib boradi. Bu manzarani Afrosiyob topilmalari tasdiqlaydi. Bunday manzilgoxlar asta - sekinlik bilan xunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylanib boradiki, bu jarayonda qadimgi yo‘llar nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Afrosiyob, Uzunqir, Erqo‘rg‘on kabi qo‘hna shaharlar O‘rta Osiyo shimoliy dasht hududlaRAan keluvchi yo‘llar ustida joylashgan. Arxeologik manbalarning malumot berishicha miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib O‘rta Osiyoning janubida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar anchagina murakkablashadi. Bu o‘rinda Qadimgi Baqtriya ma’lumotlarini keltirib o‘tish joizdir. YOzma manbalarda Baqtriya O‘rta SHarqdagi muhim viloyat - «o‘lka» (Ktesiyda) sifatida Oesuriya podshosi Ninning va KirII ning (Gerodotda) harbiy rejalariga qqR1™ chiqqanligi hamda Makedoniyalik Iskandar qo‘shinlariga qatshq qarshshshk ko‘rsatganligi ta’kidlanadi. Agar Midiya saltanatining sharqiy chegaralari SHimoliy Parfiya va Ariyani o‘z ichiga olganligini hisobga oladigan bo‘lsak, midiyaliklarning Baqtriyaga harbiy xavf tug‘dirishi aniq edi va yana bir harbiy xujum xavfi shimoldagi ko‘chmanchi qabilalar bo‘lib, bu xolat Baqtriya davlat uyushmasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Kir II ning O‘rta Osiyoga yurishi - Axmoniylarning Baqtriya va sak -massaget uyushmasi kabi jiddiy raqiblari mavjud bo‘lganligining dalilidir. Forslar O‘rta Osiyo janubiy viloyatlarini bosib olganlaridan keyingina miloddan avvalgi 530 yilda sak - massagetlar ustiga yurish boshlaydilar. Demak, bu paytga kelib Baqtriya harbiy - siyosiy uyushmasi tarkibida Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va So‘g‘diyona ham mavjud edi. Bizning nazarimizda, O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishida ilk shaharlar va harbiy -siyosiy omillardan tashqari ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlar ham katta ahamiyatga ega edi. CHunki, siyosiy jixatdan shakllangan davlat yoki uyushma iqtisodiyotsiz taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila olmaydi. Bizga ma’lum tarixiy manbalar hozirgi O‘zbekiston hududlarida eng qadimgi siyosiy uyushmalardan bo‘lgan bo‘lgan «Katta Xorazm» xaqida ma’lumot bersada, arxeologik tadqiqotlar natijalari boshqacharoq xulosalar chiqarish imkonini beradi. Xususan, miloddan avvalgi IX - VII asrlarga oid Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyona topilmalari (manzilgohlar, qo‘xna shaharlar qoldiqlari, moddiy madaniyat buyumlari va hok.) janubiy hududlarda rivojlanish jarayoni birmuncha ilgariroq ro‘y berganidan dalolat beradi. Eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlar Natijalarini taxlil etar ekanmiz, Kuchuktepa, Qiziltepa (Surxondaryo), YOztepa (Turkmaniston), Uzunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqand) kabi qo‘hna shahar va manzilgoxlar sopol buyumlari bir -biriga nihoyatda o‘xshash ekanligining guvohi bo‘lamiz. Demak, yuqorida eslatilgan hududlar o‘rtasida hech bo‘lmaganda, tarixiy-madaniy birlik mavjud edi. YUqorilardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, tarixiy - madaniy birlikdan_tashqaryu bir -biriga o‘xshash moddiy ‘madaniyat buyumlarini bir gurux ustalar, hech bo‘lmasa, ularning shogardlari tayyorlashi mumkinku, degan savol tug‘ilishi tabiiy xol. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bir gurux ustalarning bir erdan ikkinchi erga ko‘chib yurib ishlashi uchun albatga, katta hududda mustaxkam va yagona davlat bo‘lishi kerak edi. Erqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, YOztepa, Lolazor buyumlariga o‘xshash buyumlarning Buxoro vohasi, ayniqsa, Xorazmda shu paytga qadar topilmaganligi «Qadimgi Xorazm davlati bo‘lgan» degan taxmin shubhali ekanligini ko‘rsatadi. YUqoridagi fikrga qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, bir -biriga juda o‘xshash buyumlarning topilishi faqat ustalarga, emas balki, savdo -sotiq munosabatlari, o‘zaro almashinuv va qadimgi savdo-tranzit yo‘llariga xam bog‘liq edi. Mavjud yozma va arxeologik ma’lumotlarni taxlil qilib shunday xulosa chiqarish mumkinki, Buxoro vohasi va Xorazm hududidagi qadimgi yo‘llar biz o‘rganayotgan davrda voxa ichidagi ichki yoki ikkinchi darajadagi yo‘llar vazifasini o‘tar edi. Asosiy savdo yo‘llari esa Baqtriyadan Janubiy So‘g‘d (Qashqadaryo) va Markaziy So‘g‘d (Samarqand) orqali Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysiga o‘tib ketardi. Undan tashqari Gerodotda Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olinadi. Tadqiqodchilarning fikriga qaraganda, Qadimgi Baqtriya qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida aloxida mavqega ega edi. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuvardi (lazurit), la’li juda qadrlangan. So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqodlar natijasida ochilgan manzilgoxlar, qo‘xna shaharlar va ulardan topilgan topilmalar hamda ushbu ma’lumotlarni yozma manbalar bilan solishtirish natijasida O‘rta Osiyo ilk davlatchiligi paydo bo‘lishi muammolariga biroz aniqliklar kiritildi. Bu o‘rinda So‘g‘diyona davlatchiligi masalalariga bag‘ishlangan SH.Odilovning so‘nggi shshiy tadqiqodlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Tadqiqotchi So‘g‘diyonada, xususan Buxoro va Zarafshon voxalarida topib tekshirilgan ilk temir davriga oid arxeologik ma’lumotlarni boshqa hududlar bilan solishtirib chuqur taxlil etadi. Buxoro hududlaridan topilgan «ahmoniylar davri» yodgorliklari uncha katta bo‘lmagan hududlarda joylashgan bo‘lib, bu erlarni keng hududlarga yoyilgan etno-madaniy viloyat tarkibiga Kiritish lozimki, ilk temir davrida bu Hududlarda tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lgan dexqonchilik madaniyati shakllanadi. Bu etno -madaniy viloyat dastavval Amudaryo voxa hududlariga etib keladilar. Zarafshon voxasiga kelsak, SH.Odilovning fikricha, Markaziy So‘g‘dning kattagina qismi (bir tomondan Afrosiyob ko‘xna shahri atroflari va Ko‘ktepadan, ikkinchi tomondan, Sarmishsoy va Konimex yodgorliklarigacha) so‘nggi bronza va «axmoniylar davri»da (miloddan avvalgi IV asrning boshlarigacha) umuman o‘zladatirilmagan edi. Ammo, bizning fikrimizcha aynan mana shu davrda Janubiy So‘g‘dning kattagina qismi o‘troq dexqonchilik aholisi tomonidan o‘zlashtirilib daryo vohalari va tekisliklarda haydama dexqonchilik va ixtisoslashgan xunarmandchilik gurkirab rivojlanayotgan edi. Qo‘shni Qadimgi Baqtriyaning kattagina hududlarida ham aynan mana shu holatni kuzatishimiz mumkin. SH.Odilov, G‘arbiy So‘g‘dda miloddan avvalgi VI-V asrlardagi manzilgoxlarning paydo bo‘lishini O‘rta Amudaryo tomondan aholining kirib kelishi bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik tadqiqodchilar O‘rta Osiyoda davlatchilik tarixining boshlanishi janubiy hududlardan boshlanib markaziy va shimoliy hududlarga yoyilgan deb hisoblaydilar. Arxeologik tadqiqodlarning ko‘rsatishicha, sug‘orma dexqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan xunarmandchilik natyukasida bronza davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Janubiy hududlardagi bu jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, YAqin SHarqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy--madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Har bir jamoaning rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa xam, dastlabki markazlardan kelib chiqqan tashqi ta’sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi. Ma’lumki, qadimgi Baqtriyaning hududiy joylashuvi va geografik chegaralari haqidagi masala XIX asrdan boshlab muhim ilmiy muammo sifatida o‘rganib kelinmoqda. 1877 yili avstraliyalik sharqshunos V.Tomashek birinchilardan bo‘lib Baqtra satrap (hokim)ligining Oksdan shimolga yoyilganligi xaqidagi g‘oyani ilgari surgan edi. Bu g‘oyani arxeologiya ma’lumotlariga asoslangan M.M.Dyakonov rivojlantirdi va «SHimoliy Baqtriya» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. SHu davrdan boshlab bu atama shimoldan Hisor tog‘ tizmasi, g‘arbdan Ko‘hitang tizmasi, janubdan Amudaryo, sharqdan Pomir tizmalari bilan chegaralanuvchA keng geografik hududni anglatadigan bo‘ldi. Lekin bir qator olimlar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular yozma manbalarga tayangan holda yuqorida ko‘rsatilgan hudud So‘g‘diyonaga qarashli bo‘lgan va Baqtriyaning shimoliy chegarasi Amudaryo Oks orqali o‘tgan deb hisoblaydilar. Amerikalik olim R. Frayning fikriga ko‘ra, Baqtr shahri keng qamrovli o‘lkaning madaniy markazi bo‘lib, uni shimoldan, sharqsan va janubdan tog‘lar o‘rab turgan. Uning erlarini sug‘oruvchi Amudaryo uni ikki qismga: janubiySurxondaryo viloyati, shimoliyJanubiy Turkiston (SHimoliy Afg‘oniston)ga ajratib turgan. Mutaxassislar tomonidan SHimoliy Baqtriya hududida joylashganligi taxmin qilinayotgan Gabaza va Paretaka viloyatlarining geografik o‘rni masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ma’lumki, Kursiy Rufning «Iskandar tarixi» va Arrianning (95 175) «Iskandar yurishlari» asarlaridagi xabarlarida SHimoliy Baqtriya va So‘g‘diyonada joylashgan viloyatlar, qal’alar va shaharlar xususida qimmatli ma’lumotlar mavjud. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Iskandar yurishlarining uchinchi oyida qo‘shin bilan qishlik qarorgohidan chiqqan va G abaza viloyati sari yurish qilgan. Iskandarning Markaziy Osiyo janubiy viloyatlariga yurishining ikkinchi bosqichi mil. avv. 327 yilning bahorida boshlangan bo‘lib, asosan «paretaklar mamlakati» orqali o‘tganligi aytiladi. Ushbu viloyatning joylashgan o‘rni xususida olimlar turlicha fikr bildiradilar. Masalan, V.Tomashekiing fikriga ko‘ra, Paretaka viloyati Badaxshon hududida joylashgan va u tog‘li mamlakat bo‘lgan. V.V.Grigorevning taxminicha, Paretaka atamasi «tog‘li mamlakat» ma’nosini anglatib, u Surxondaryo, Surxon va Kofirnihon vohalarida, ya’ni Hisor o‘lkasining o‘rta va shimoliy qismida joylashgan. I.Markvart Paretakani «daryo yuvib turuvchi viloyat» deb ataydi va uning hozirgi Surxondaryo viloyati va Tojikiston hududida joylashganini ma’lum qiladi. Baqtr davlati keng bepoyon o‘lka bo‘lib, janubda Hindiqush (Parapamis), shimolda So‘g‘diyona, g‘arbda Marg‘iyonagacha (Murg‘ob vohasi) bo‘lgan hududlardan iborat bo‘lgan. Mashhur tarixiy manba «Avesto»da bu o‘lkaning beqiyos yurt ekanligi ta’riflanadi va Baxdi (Baqtriya) bayrokdari doimo baland hilpirab turadigan, ya’ni shonshavkat o‘lkasi sifatida tilga olinadi. Baqtriyaning tarkibiy qismi bo‘lmish hozirgi Surxon vohasi hududi Oksning o‘ng soxilida joylashgan nihoyatda ravnaq topgan yirik shaharlarg‘a ega bo‘lib, ular savdosotiq rivojlangan iqtisodiysiyosiy va madaniy markazlar sifatida mashhur edi. Baqtriyani yirik sulolalar boshqaradi, uning siyosiy kuchi cheksiz, harbiy qudrati shu darajada dahshatli ediki, hatto u yirik davlatlarni ham qo‘rquvga solib turgan. YUnon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Ossuriya (Geradotning aytishicha, eroniylar Suriyani shu nomda yuritishgan) podshosi Nin Baqtriyaga qarshi 1 mln. 700 ming piyoda, 210 mingdan ko‘proq otliq askar, 10 mingdan ortiq jang‘ aravalari bilan bostirib kelib, butun shahar va qishloqlarni talab, ko‘plab oltinkumushlar va qullarni olib ketgan. Muarrix Pompey Trog qadimgi manbalarni ko‘zdan kechirgan holda yozishicha, Ninning Baqgriyaga kdlgan bosqinchshshk yurishi davrida «... Baqgr podshosi Zardusht (Zaroastr) bo‘lgan» ekan. Akademik A. Asqarovning ta’kidicha: «Ktesiy hikoyalarining aso sida qandaydir tarixiy haqiqat borligiga ishonish qiyin emas. Masalan, Baqtriya bilan Ossuriya o‘rtasida iqtisodiy aloqalar bo‘lganiga shubha yo‘q, chunki Baqtriyadan o‘z davrida Ossuriyaga ikki o‘rkachli tuyalar qatnagan, bu tuyalarda Baqtriya lazurati oqib borgan. Bular haqida Sargon II davri (mil. avv. VIII asr)ga oid manbalarda xabarlar beriladi». A. Asqarov davom etib yozadi: «Mil. avv. VIII-VII asrlarda bir butun yirik madaniyat markazi sifatida shakllangan yurtlardan biri Baqtriyadir. Uning hududini O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati, Janubig‘arbiy Tojikiston erlari, SHimoliy Aftoniston (va SHarqiy Turkmaniston B.M.) tashkil etadi. Bu yurtda mil. avv.VIII-VII asrlarda «qadimgi Baqtriya podsholigi» tashkil topdi. O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar shu yurtda shayushandi. Bu yurt zardushtiylik dinining ilk makonidir. Uning hukmdori Kavi Vishtaspa esa Zaratushtra diniy islohotini birinchilar qatorida qabul qilib, uni davlat dini deb e’lon qilgan». Qadimgi mualliflar Baqtriyaning poytaxti Baqtra – Zariaspani bir necha marta tilga olganlar. Baqtra Mozori SHarif shahridan 21 km g‘arbda, daryo (Baqtr, Zariasp) bo‘yidagi vohada joylashgan. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling