Usulları reja: Fizikaviy


Download 44.64 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi44.64 Kb.
#1112754
Bog'liq
Mavzu Fızıkaviy O\'lchashlar


Mavzu:Fızıkavıy kımyo fanınıng vazıfası, maqsadı va tekshırısh obyektlarını о‘rganısh usulları
REJA:
Fizikaviy kimyo fanining vazifasi, maqsadi va tekshirish obyektlari, rivojlanish tarixi.
Asosiy bо‘limlar haqida qisqacha tushunchalar.
O‘rta Osiyoda fizik va kolloid kimyo sohasidagi eng muhim izlanishlar va yaratilgan qonuniyatlar
Kimyoviy termodinamika va uning asosiy tushunchalari.

(b) Texnologiyadagi ahamiyati Fizikaviy kimyo fani kimyoviy jarayonlarni har taraflama atroflicha (komplеks ravishda) o‘rganish, kimyoviy jarayonlarni ongli ravishda idora qilish, ya'ni jarayonlarni olib borishda optimal sharoitni bеlgilashga imkoniyatlar yaratadi.
Fizikaviy kimyo fanining bеrgan ma'lumotlari, qonun va qonuniyatlari kimyo, nеft-gaz, qurilish matеriallari, oziq-ovqat va shu kabi turdosh sanoat texnologiyalarini yanada rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyatga egadir1.

Ayrim kerakli fizik kimyoviy kattaliklar
Modda bu materianing maxsus shakli bo‘lib, molekukla yoki atomlar to‘plamidan iboratdir.
Modda miqdori (n) (mol soni ham deyiladi) namunada mollarda ifodalanadi:
mol modda miqdori bo‘lib, unda 12g uglerod-12 izotopida nechta atom bo‘lsa,shuncha molekula atom yoki ion tutganligini ko‘rsatadi. Tajribada aniqlanganda bu son 6,02∙1023ga teng. Agar namunada zarrachalar soni N bo‘lsa, undagi modda miqdori n=N/NA ga teng bo‘ladi. NA=6,02∙1023 mol soni yoziladi.
Ekstensiv kattalik moddaning miqdoriga bog‘liq bo‘lgan kattaliklardir.
Massa va xajm.
Intensiv kattalik – modda miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan kattaliklar.
Temperatura, zichlik va bosim.
Mol kattalik Xm namunaning ekstensiv kattaligini X namunadagi
modda miqdoriga bo‘lgan nisbatga aytiladi: Xm=X/n. Mol kattalik intensiv kattalikdir.
Formula birligi birikmani kimyoviy formulasiga mos keluvchi ionlar guruhidir; NaCl ni formula birligi bitta Na+ ioni va bitta Cl- ionidan iborat.
Molyar konsentrasiya (molyarlik) – modda miqdorini (n) eritmaning hajmiga bo‘lgan nisbatidir. Molyar konsentrasiya bir litr eritmada erigan modda miqdorini ifodalaydi. Mol/l (mol l-1 yoki mol dm-3; 1 l = 1dm3).




298,15 К

RT

2,4790 kDj∙mol-1

RT/F

25,693 мV

RT ln 10/F

59,160 mV

kT/hc

207,23 sm-1

kT/e

25,693 meV



Energiya

1 Dj = 1 kg∙m2∙s-2
= 1 А∙В∙s

Kuch

1 N = 1 kg∙m∙s-2

Бosim

1 = 1 N∙m-2 = 1 kg∙m-
1∙s-2 =
1 Dj∙m-3

Zаryad

1 Kl = 1 А ∙s

Potensiаllаr fаrqi

1 В = 1 Dj ∙Kl-1 =
1 kg∙m2∙s-3∙А-1

О‘tish koeffitsiyentlаri

1 eВ

1,602 18 ∙ 10-19 Dj
96,485 kDj ∙ mol-1
8065,5 sm-1

1 kаl

4,184 Dj

1 аtm

101,325 kPа
760 Torr

1 sm-1

1,9864 ∙ 10-23 Dj

1 D

3, 335 64 ∙ 10-30 Kl∙m

1 Å

10-10 m

1 l ∙ аtm

101,325 Dj
ᶿ/0С=T/K 273, 15


Fizikaviy kimyo fanining vazifasi, maqsadi va tekshirish obyektlari

Kimyoviy jarayonlar favqulodda juda xilma-xil kechadi. Lekin ularning hammasi ma’lum bir umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Bu qonuniyatlarni fizikaviy kimyo fani o‘rganadi.
Kimyoviy hodisalar fizikaviy jarayonlar bilan birga kuzatiladi. Masalan: issiqlik ajralib chiqishi yoki yutilishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalar, ionlarning harakatlanishi tufayli elektr tokining hosil bo‘lishi va boshqalar.
Boshqa tarafdan qaralsa, fizikaviy jarayonlar kimyoviy hodisalarga sabab bo‘ladi. Masalan: haroratning oshirilishi kimyoviy reaksiyalarning tez ketishiga; eritmadan elektr tokining o‘tishi elektrolizga, ya’ni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining sodir bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pgina reaksiyalar ultratovush yoki nur ta’siridagina sodir bo‘ladi.
Fizikaviy kimyo kimyoviy jarayonlar va fizikaviy hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rganadi, moddalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bilan ularning xossalari o‘rtasidagi qonuniyatlarni o‘rnatadi. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi, mexanizmi, ketish-ketmasligi, muvozanat sodir bo‘lish shartlarini hamda issiqlik effektlarini o‘rganadi, natijalarni, ko‘pincha matematik usulda ifodalaydi.
Ma’lumki, moddiy olamning harakat qonunlarini, jumladan, kimyoviy jarayonlarni, asosan, ikki usul bilan: kuzatish-tajriba va fikrlash yo‘li bilan o‘rganish mumkin. Kuzatish-tajriba usuli asosiy usul bo‘lsa ham, uning vositasida turli kimyoviy jarayonlarni, ulardagi umumiylik, farqni va umumlashgan qonuniyatlarni bilib bo‘lmaydi.
XIX asrning o‘rtalarida buyuk rus olimi M.V. Lomonosov tabiat sirlarini, shu jumladan, kimyoviy jarayonlarni o‘rganishda kuzatish-tajriba usuli bilan bir qatorda, fikrlash usulini ham qo‘llashni tavsiya etdi va yuqorida bayon etilgan vazifalarni hal etuvchi «Nazariy kimyo» fanining yaratilishi kerakligini, ya’ni
kimyoviy jarayonlarni o‘rganishda fizika qonunlari va usullariga asoslanish lozimligini maslahat berdi va bu yangi fanni «Fizikaviy kimyo» nomi bilan atadi.
1752 yilda M.V. Lomonosov Peterburg fanlar Akademiyasi talabalariga fizik kimyodan kurs o‘qidi. Kurslarda tajribalar ko‘rsatish, amaliy laboratoriya ishlarini olib borishni yo‘lga qo‘ydi.
1752-53 yilda birinchi darslik yozdi. Uni «Chin fizikaviy kimyoga kirish» deb atadi. Bu darslikda fizika va matematikani kimyogar uchun, kimyoni tibbiyot uchun ahamiyatini tushuntirdi. U kimyoni tibbiyotga bog‘liqligini «Kimyoni bilolmagan tibbiyotchi, u to‘liq tibbiyotchi bo‘lolmaydi», deb ta’riflasa, kimyoni fizikaga bog‘liqligini «Fizikani bilmagan kimyogar, har narsani timirskilab topuvchi odamga o‘xshaydi va bu fanlar shunday yaratilganki, ular bir-birisiz hech qachon mukammal bo‘la olmaydi» deydi.
Bu davrda kimyoviy hodisalarni tushuntirishda oddiy fizikaviy usullar qo‘llana boshlandi. Massaning saqlanish qonuni, karrali nisbatlar qonunlari (Lomonosov, Lavuaze, Dalton) ta’riflari, gazlar adsorbsiyasi (Sheyele), eritmada erigan modda adsorbsiyasi (Lovits), elektrokimyo sohasidagi birinchi izlanishlari (Volta, Faradey) olib borildi.
asr o‘rtalariga kelib, fizik kimyoning bir qancha yo‘nalishlariga asos solindi. 1836 yil G.I. Gess issiqlikning doimiyligi to‘g‘risidagi qonunini yaratdi. Termodinamika qonunlari ta’riflandi (Karno, Tomson va boshqalar), Gibbs tomonidan kimyoviy va fazalararo muvozanat qonuniyatlari o‘rganildi.
Vant-Goff, Arreniuslarning eritmalar to‘g‘risidagi nazariyalari yaratildi. Shu bilan bir qatorda kimyoviy kinetikaning klassik nazariyasiga asos solindi. Kolraush, Nernstlarning ishlari elektro–kimyoning yadrosini tashkil qildi.
Fizikaviy kimyo alohida fan bo‘lib ajralib chiqish davri qarayib 100 yil
davom etdi.
1864 yilda Xarkov universitetida N.N. Beketov fizikaviy kimyo bo‘limini tashkil etdi, 1865 yildan boshlab esa «Fizikaviy kimyo» kursidan ma’ruzalar o‘qidi.
Birinchi haqiqiy darslik 1876 yilda Rossiyada N.N. Lyubavin tomonidan yozildi.
1887 yildan boshlab, Leypsig Universitetida V.Osvald fizik kimyo kafedrasini tashkil etdi va birinchi ilmiy “Fizik kimyo” jurnalini chiqara boshladi.
Bu vaqt fizik kimyoning haqiqiy fan sifatida vujudga kelish davri bo‘ldi. Shu tariqa rivojlanib borib, hozirgi kunda fizik kimyo yer yuzining barcha o‘quv maskanlarida fan sifatida alohida o‘qitilib kelinmoqda.
Demak, kimyoviy reaksiyalarning borishida fizik va kimyoviy jarayonlar chambarchas bog‘langan bo‘lib, bu esa ularni o‘rganishda yangi fanni– fizik kimyo fanining yuzaga kelishini taqazo etgan.
M.V. Lomonosov ta’rifi bo‘yicha fizikaviy kimyo murakkab moddalarda boruvchi kimyoviy jarayonlarni fizikaning tushuncha, tajriba va qonunlari asosida o‘rganuvchi (tushuntiruvchi) fandir”.
Fizikaviy kimyo fanida kimyoviy jarayonlarni borish qonuniyatlariga, kimyoviy muvozanat holatlariga, moddalar tuzilishi va xossalariga katta e’tibor qilinadi. Bular esa fizik kimyoning asosiy masalasini kimyoviy jarayonlarni borish
Download 44.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling