Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alambardor maqbarasi
Sulton Sanjar maqbarasi - Marv (Turkmaniston)dagi me’moriy
yodgorlik (XII asr 40 - yillar). Sulton Sandjar maqbarasi, shuningdek “Dar al-Axir” deb nomlangan, Marvning eng ajoyib me'moriy 27 yodgorligi. Bu shunchaki saljuqiylarning eng katta yutuqlari va eng katta boyligini anglatadi. Sulton Sandjar maqbarasi qadimgi Sulton shahri Qala qalbida joylashgan. Yaqinda yirik ibodatxonalar mavjud: Saljuq hukmdori saroylari va masjid bor. Sulton Sandjar maqbarasi me’morchiligi birlik va mutanosib simmetriya bilan hayratlanarli. Poydevor devorlari zich joylashgan. Devorning o‘rtacha uzunligi 27 m. Maqbara dengiz sathidan 38 m balandlikda joylashgan. Sulton Sanjar (1157 -yilda vafot etgan) maqbarasi bizgacha xaroba holda yetib kelgan. Maqbara murabba tarhli (tashqarisi 27x27 m, ichkarisi 17x17 m). Xona balandligi 36 m (ichki gumbazgacha, tashqi gumbaz saqlanmagan). Mahobatli to‘rtburchak devor (balandligi 15 m, qalinligi 5 m) ustiga 8 qirrali poy gumbaz (qalinligi 1,5 m) o‘rnatilgan. Poygumbaz 3 pog‘onali. 1 - pog‘onasi 4 tomondagi ravoqlarga tayangan, 2 - pog‘onasidagi mayda ravoqchalar 6 qirrali, 3 - pog‘onasi ustiga gumbaz o‘rnatilgan. Maqbara ichki devorlarida oq, ko‘k va qizil rangli bo‘yoqlar saqlangan. Nozik islimiy naqshlar bilan bezatilgan devor tepasida yozuvlar, sharqiy gumbazga ishlangan ganchkor naqshlar zaminida me’mor nomi qayd etilgan. Maqbaraga Saljuqiylar saroyi va masjid tutash bo‘lgan. Sulton Sanjar maqbarasiga turli urushlar ko‘p putur yetkazilganiga qaramay, o‘z mahobatini yo‘qotmagan. 1980 -yilda qayta tiklangan. Alambardor maqbarasi - Turkmanistondagi me’moriy yodgorlik (XI asr). Somoniylar sulolasidan Muntasir (1005 -yil vafot etgan) dafn qilingan deb taxmin etiladi. Maqbara peshtoq gumbazli, bir xonali, murabba tarhli (10,35x10,35 m), devorlari qalin, gumbaz osti bag‘allariga g‘ishtlar mavjli shaklda terilgan. Bosh tarzi uch qismga bo‘lingan. O‘rtadagi chuqur ravoqli peshtoq va ikki yonidagi yassi ravoqda g‘ishtlar naqsh hosil qilib terilgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling