Utayeva feruza xolmamatovna
Shahrisabz - Qashqadaryo viloyatidagi shahar
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
4.2. Shahrisabz - Qashqadaryo viloyatidagi shahar
Shahrisabz O‘zbekistondagi qadimgi shaharlardan biri. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, shaharga miloddan avvalgi 1 - ming - yillikning o‘rtalarida asos solingan. Shahrisabz 1926 -yilda tumanining ma’muriy markazi deb belgilangan. Kitob Shahrisabz vohasida joylashgan. 53 Shahrisabz janubidan Tanxozdaryo, shimolidan Oqsuv daryosi oqib o‘tadi. O‘rtacha balandligi 658 m. Shahrisabz milodiy boshlarida va ilk o‘rta asrlarda turli nomlar bilan atalgan. XIII asrdan Shahrisabz nomi ham urf bo‘lgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida shahar tarixi yozma manbalarda deyarli yoritilmagan. 1351 -yilda zarb etilgan kumush tangalarda “Shahrisabz” nomi uchraydi. Sharafuddin Ali Yazdiy shahar to‘g‘risida: “Shahrisabz, uni turkiylar Kesh deb ataydilar” deb yozgan. Shahrisabz yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i hozirgi Yakkabog‘ tumani hududida Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan. Shahrisabz o‘sha davrda “Qubbat-ul-ilm va-l-adab” nomi bilan yuritilgan. Xusrav Dehlaviy, Bedil, Mirzo G‘olib kabi allomalarning ota-bobolari Shahrisabzda tug‘ilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Shahrisabz ulkan saltanatning yirik shahriga, barlos beklarining yozgi qarorgohiga aylantirilgan. Oqsaroy va Dor us-siyodat majmuasi qurilgan. Shahar atrofi qal’a devori bilan o‘rab olingan. Ispaniya elchisi Klavixo o‘z kundaligida Shahrisabzda ko‘plab mahobatli binolar va masjidlar borligini va qurilayotganligini ta’kidlaydi. Keyinroq ham ko‘plab me’moriy obidalar (Dar ut-tilovat majmuasi, Ko‘k gumbaz masjidi va boshqalar) qurildi. Hofizi Abru shaharda ko‘hna devor (bandi qadim) bo‘lganligi, biroq u XV asr boshlarida buzilib ketganligini ham yozadi. O‘sha paytda Shahrisabzning 4 darvozasi: Ark (shimoliy), Kunchiqar (sharqiy), Kushxona (g‘arbiy), Termiz (janubiy) darvozalari bo‘lgan. 1556 -yilda Shahrisabzni Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Shahrisabz - Buxoro xonligining Qarshi viloyati tarkibida bo‘lib kelgan. XVI asr o‘rtalarida ham Shahrisabz mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Mahmud ibn Vali (XVII asr) o‘zining “Bahr al-asror”(“Sirlar dengizi”- “Geografiya”) asarida Shahrisabzni quyidagicha ta’riflagan: “Kesh - Movarounnahr shaharlaridan biri, yam-yashil bog‘lari va ko‘zga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli shaharlardan biri hisoblanadi; iqlimi juda yaxshi va diltortar...” Ashtarxoniylar davrida Shahrisabz siyosiy mavqeini ancha yo‘qotgan. Shahrisabzda hokimiyat uchun kurashda avval mang‘itlar, so‘ngra qo‘ng‘irotlar urug‘i g‘olib chiqib markaziy hokimiyat - Buxoro xonligini tan olmaslikka urinishgan. XVIII asr 1 - 54 choragida Dashti Qipchoq qozoqlari Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga talonchilik hujumlari uyushtirganda Shahrisabzda bir necha muddat shahar hayoti izdan chiqqan. 1750 - 1752 ylardan Shahrisabz Buxoro amirligi tasarrufiga o‘tdi. XVIII asr o‘rtalarida shahar qaytadan qad rostlagan. Shahrisabz hokimi Bobobek, Kitob begi Jo‘rabek, amir Muzaffarning katta o‘g‘li Abdulmalik (Katta to‘ra) boshchiligida katta qo‘shin bilan 1868 - yilda ruslar bosib olgan Samarqand shahrini qaytarib olish uchun otlanishgan, ammo chekinishga majbur bo‘lganlar. 1870 - yilda avgustda Turkiston gubernatori K.P.Kaufmanning buyrug‘i bilan general Abramov qo‘mondonligidagi maxsus qo‘shin Shahrisabz va Kitobni bosib olgan. Biroq rus qo‘shini qo‘mondonligi Shahrisabz va Kitobni Buxoro amiri tayinlagan beklarga topshirib, Samarqandga qaytishgan. Shahrisabz 1920 - yildagacha Buxoro xonligi tarkibida bo‘lgan. asosiy qismi savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan shug‘ullangan. XVIII - XIX asrlarda Shahrisabzda 6 darvoza, 7 karvonsaroy va 6 ta madrasa, bir nechta bozor, shahar tashqarisida Namozgoh masjidi bor edi. 1930 - 1940 -yillarda Shahrisabz shahridagi tarixiy yodgorliklarning ahvoli achinarli holda bo‘lgan. Shahrisabz aholisining ko‘pchiligi 1941-1945 -yillarda urushga safarbar etilgan. Mustaqillik - yillarida Shahrisabz qiyofasi tubdan o‘zgardi. Shahar markazi qayta qurildi. Shahridagi eng katta maydon - Amir Temur maydoni. Shahar markazidan eng katta Ipak yo‘li ko‘chasi o‘tadi. 1996 -yil 18 oktabrda Amir Temurning ulug‘vor haykali (haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar, me’mor Botir Usmonov tomonidan ishlangan) o‘rnatilgan . Shahrisabz ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va ma’naviy merosi, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tarbiyalash va ularni ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga etqazish ishiga qo‘shgan alohida xizmatlari e’tiborga olinib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 -yilligi munosabati Shahrisabz “Amir Temur ordeni” bilan mukofotlandi (1996 - yilda oktabr). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 - yilda 29 martda Shahrisabzning 2700 yillik yubileyini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ushbu yubiley butun 55 mamlakatimizda va Shahrisabzda keng nishonlandi. Bu tantanalarda YUNESKO vakillari ham qatnashdi. 2002 - yilda dekabr Shahrisabz Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling