Utayeva feruza xolmamatovna
Kasbitepa, (K a s b a , K a s b i )
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Kasbitepa, (K a s b a , K a s b i ) - milodiy I-II va XIII asr
boshlariga mansub qadimgi shahar. Qarshidan 35 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Kasbitepaning eng quyi arxeologik madaniy qatlamlari milodning boshlariga oid. Hududi taxminan 2 ga bo‘lgan. 589 - yilda sosoniylar sarkardasi Bahrom Cho‘bin turkiy qavmlar ustidan zafar qozonib Kasbitepa qal’asini egallagan. Sosoniylarning Sug‘d bilan chegaradosh yerida qurilgan Kazbion qal’asi arman manbalarida V asr deb qayd etilgan. M.V.Massonning fikricha, bu qal’a Kasbitepa arki o‘rnida joylashgan. Arkning balandligi 18 m, maydoni 180x120 m ni tashkil qilgan. Uning atrofi devor bilan o‘ralgan. Janubiy-sharq tomon cho‘zilgan rabodning uzunligi 1 km. Ilk o‘rta asr qal’asi va qishlog‘i o‘rnida X-XII asrlarda Kasbitepa shahri rivojlangan. X asrda Kasbitepa shahri manbalarga ko‘ra, hatto Nasafdan ham ulkan bo‘lgan. Shaharning jome masjidi, bozorlari bo‘lib, hunarmandchilik, shahar atrofida dehqonchilik taraqqiy etgan. Kasbitepa Buxoro-Nasaf-Termiz karvon yo‘lida joylashganligi tufayli yirik savdo markaziga aylangan. XIII asr boshi Mo‘g‘ullar istilosi natijasida vayron bo‘lgan. XVII asrda Kasbitepada “sayyidlar” xonadoni yashagan. Kasbitepa o‘rnida keyinchalik Kasbitepa qishlog‘i vujudga kelgan. Kasbitepada XI-XII asrlarga ta’luqli Sulton Mir Haydar nomi bilan mashhur maqbaralarning katta majmuasi saqlangan. 57 Kojartepa Qashqadaryo vohasidagi milodiy III – IV - XIII asr boshlariga ta’luqli qadimgi shahar. Dastlab qishloq va so‘ngra shahar maqomini olgan. Aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullangan va shahar rivojlanib borgan. Shulluktepadan 15 km masofada joylashgan. Kojartepa ark va shahristondan iborat bo‘lib, atrofi qalinligi 4 m lik mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Kojartepa qal’asi III - IV asrlarda qurilib, uning atrofida qishloq vujudga kelgan. VII - VIII asrlarda mudofaa devori bilan o‘ralgan. IX-XII asrlarda Kojartepa vohaning kichik savdo-hunarmandchilik markazlaridan sanalgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron bo‘lgan. Kojar qishlog‘i hozir ham mavjud. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling