Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
70 5.2. Samarqanddagi qadimgi shaharlar Ko‘ktepa qadimgi shahar ya’ni, miloddan avvalgi IX-IV asrlar va milodiy I asrlarga ta’luqli. Samarqand viloyatining Payariq tumaniga qarashli hududida, Batrak va Shamat qishloqlari, oralig‘ida, Bulung‘ursoyning qadimgi o‘zani sohilida joylashgan. Mahalliy aholi orasida u Sayiltepa deb ataladi. Ko‘ktepa ilk temir davri shahar xarobasi, kvadrat shaklida, maydoni 23 ga atrofida, uning relefida chor atrofi bo‘ylab qad ko‘targan mudofaa devori va 4 joyda shahar darvozalarining o‘rinlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yodgorlik relefida shahar mudofaa devorining tashqarisidan 2 - mudofaa inshooti o‘tgan ko‘rinadi. Uning xom g‘ishtdan qurilgan izlari 1 km chamasi uzunlikda yodgorlikning shimoliy-g‘arbiy tomonida kuzatiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u yaqin 100 ga maydonni o‘rab olgan. Ammo 2 - mudofaa inshooti oralig‘i keyingi - yillarda xo‘jalik maqsadlarida to‘liq o‘zlashtirilib, uning qadimgi inshootlari mutlaqo buzib tashlangan. Ko‘ktepa maydonining 2 joyida baland do‘ngliklar kuzatiladi. Ulardan biri yodgorlikning markazida, kvadrat shaklida (70x70 m), ikkinchisi, uning sharqida, 2 yarus (qavat, qatlam) li (qasr oldidagi maydon bilan). Yodgorlikda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, qadimgi shahar hayoti 3 davrga bo‘linadi (Ko‘ktepa 1,2,3). Ko‘ktepa I davri Zarafshon vodiysida mahalliy chorvador saklarning o‘troq hayotga, dehqonchilik xo‘jaligi yuritishga ommaviy ravishda o‘tayotgan, Sug‘diyona dehqonchilik vohasining jadal tarkib topayotgan davri bilan farqlanadi. Bu davrda kulolchilik mahsulotlari, asosan, qo‘lda tayyorlanib, ularning och rangli pardozlangan sirtiga qizg‘ish qora bo‘yoqda turli shakllarda gul solish odat bo‘lgan. Ko‘ktepa 1 davrida dastlab aholi yarim yer to‘la shaklidagi kulbalarda yashadi, uning so‘nggi bosqichiga kelib, guvala va xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar va baland platforma (tag kursi) ustiga monumental bino (ibodatxona majmuasi) qurish odat tusiga kiradi. Ko‘ktepa 1 davri majmuasi Farg‘ona vodiysining Chust madaniyati, umuman, O‘rta Osiyoning Yaz 1 deb atalgan arxeologik majmualari bilan har jihatdan bir-birlariga yaqin va o‘xshash, deb topilmoqda. Ko‘ktepa 2 davriga kelib, Sug‘diyona hududlariga Qadimgi, Sharq tamadduniga xos urbanistik jarayon jadal kirib keladi. Yangi etnomadaniy qatlamning yerli tub aholi bilan qorishuvi natijasi sifatida Ko‘ktepa 2 majmuasi tarkib topadi. Bu jarayon, ayniqsa, 71 kulolchilikda yaqqol ko‘zga tashlandi. Keramika mahsulotlari tarkibida yuqori sifatli, kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar keskin ko‘payadi. Endi, kulolchilikda sopollarning naqshiga emas, balki ularning sifatiga e’tibor qaratiladi. Uy-joy qurilish sohasida monumental binolar, majmualar barpo etish rivojlanadi. Sug‘dda qadimgi shahar madaniyati uzil-kesil shakllanadi. Bu davrda Ko‘ktepada, uning markazida qalin platforma (tagkursi) ustida mahobatli shahar ibodatxonasi uzil-kesil shakllanadi. Undan sharqroqda joylashgan Ko‘ktepa hukmdorining qasri tarkib topadi. Ko‘ktepa 3 davriga kelib, Qadimgi Shharq tamadduni an’analari asosida rivojlanishda davom etayotgan shahar hayotiga makedoniyalik Aleksandr yurishlari munosabati bilan ellin madaniyati kirib keladi. Shahar maydoni yo‘lak hosil qilgan 2 qatorli mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Shahar maydonining yuqori qismida kamida 0,50 sm qalinlikda ellin davri qatlami hosil bo‘lgan. Undan so‘ng qandaydir sababga ko‘ra, shaharda hayot to‘xtaydi. Ko‘ktepadan 25 - 35 yoshdagi ayol qabri ochildi. Qabrdan yog‘och to‘shama va qamish bo‘yra izlari topildi. Ayolning ko‘ylagining chetlari silindr shakldagi 345 ta oltin taqinchoqlar, bosh kiyimi esa 57 ta shisha munchoq bilan bezatilgan. Belbog‘iga feruza qadamalar o‘rnatilgan oltin to‘qachalar taqilgan. Mayyitni oyoq tomonidan qaychi, urchuq va Xitoyning Xan sulolasi davriga oid kumush qo‘shilgan dumaloq jez ko‘zgu topildi. Mana shu ko‘zgu va boshqa belgilarga ko‘ra, qabr miloddan avvalgi 1 - milodiy 1 - asrga oid deb belgilandi. Qabr maydoni 11 x 5,5 m xajmda bo‘lib, lahadning chuqurligi 6,5 m ni tashkil etgan. M.Isomiddinovning fikricha, bu yerda malika yoki aslzoda ayol dafn etilgan. 2001 - yilda Ko‘ktepa minorasi o‘rnida qazishma ishlari davom ettirildi, u yerdan miloddan avvalgi VIII-VII asrlar sopol idishlar, tegirmon tosh bo‘laklari, tosh o‘roq, qozon, bandli marmar tarozu toshi, marmardan ishlangan buyumlar, 4 oyoqchali kichik chirog‘don, to‘qimachilik dastgohi uchun mo‘ljallangan suyak taroq, tosh pichoq, og‘ir bolta, hayvon suyaklari topildi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling