Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3.Хitoy va arab geograflari Samarqand haqida
- Ko‘ktepada olib borildi.
Do‘rmontepa miloddan avvalgi III asr milodiy XIII asr boshlariga
to‘g‘ri keladigan qadimgi shahar bo‘lib, mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. Samarqanddan 2 farsax (12 - 14 km) narida, Pastdarg‘om tumanida. Umumiy maydoni 25 ga. Ikki qism -shahriston I (ark bilan birga) va shahriston II dan iborat. Shahriston I ning maydoni 16 ga, 72 shahriston II niki 6 ga bo‘lib, ark tarhi 115x110 m ni tashkil etadi. Do‘rmontepa Samarqandni Buxoro bilan bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lida joylashgan va savdo karvonlari uchun muhim qo‘nimgoh vazifasini o‘tagan. Tarixchi va arxeologlar uni o‘rta asr yozma manbalarida qayd etilgan Xoxsar (Yoqut al-Hamaviy asarlarida - Al- Xoxasro) deb hisoblashadi. Do‘rmontepa XIII asr boshida mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan. 5.3.Хitoy va arab geograflari Samarqand haqida Umumiy miqyosda qaraganda, Samarqand atamasi bilan ataladidan joylar ko‘p. Jumladan: Mo‘g‘ilistonda XIII asrda Samarqand degan shahar bo‘lgan, Boburning tog‘asi Ulug‘bek Afg‘onistondagi bir qishloqni Samarqand deb atagan, Qozog‘istondagi Temirtov shahri XX asirning 40-yillariga qadar Samarqand deb atalgan, aynan shu yerda Nura daryosi bo‘yida Samarqand suv ombori qurilgan, Farg‘ona viloyatining Bog‘don tumanida Samarqand nomi bilan atalgan qishloq mavjud, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Bog‘i Samarqand qishlog‘i bor, Turkiston tog‘ tizmasida Samarqand cho‘qqisi bor. Haqiqatga yaqin bo‘lgan ilmiy qarash Samarqand Buyuk ipak yo‘lida chorraha vazifasini o‘tagani uchun uni “Chorahadagi shahar” arab manbalarida “Smirig‘” chorraha mazmunini beradi deb atashgan. Samarqand jahon shaharsozligi tarixida chuqur iz qoldirgan qadimiy maskanlardan biri hisoblanadi. Miloddan avvalgi 1- ming - yillikning o‘rtalaridan to XVII asr boshlarigacha Samarqand Sug‘dning mamuriy markazi bo‘lga. Samarqand shahrining nomi bilan bog‘liq ko‘pdan-ko‘p afsona va rivoyatlar tarixi saqlanib qolgan. O‘rta asrlarda yaratilgan asar “Kitab fi-qand at tarixi Samarqand” - Samarqand tarixining qand kitobi shaharga bag‘ishlangan bo‘lib, qisqartirilgan nusxa-“Kichik qandiya” bizgacha yetib kelgan.Unda Samarqandning afsonaviy hukmdori Shamar ibn Xoris haqida bo‘lib,u bu yerda o‘z ismi bilan atalgan “Samarkad” degan shahar barpo etadi. Keyin bu nom Samarqand bo‘lib o‘zgarib ketgan. Kitobda Samar haqida afsona bayon qilingan.Samar shahar atrofida bir go’zal joyni topgan bu joy serhosil yer bo‘lgan. Arab tarixchisi at-Tabariy “Payg‘ambarlarga va podshohlar tarixi” kitobida shaharga shoh Samar asos solganligi,”qand” esa bu joylarda yashagan turk aymog‘i ekanligini aytgan. Samariyayning sankskritcha uchrashuv joyi, savdogarlar yig‘iladigan joy tarzida talqin qilingan. 73 Mahmud Qashqariy fikricha shahar “Semizkent”,ya’ni “semiz boy” shahar ma’nosini anglatadi. Xitoylik VII asda yashagan Syan Szyan o‘z kundaligida: Samarqand yerlari bepoyon, semiz va unimdor bo‘lib, gullar meva- chevalarga serob. X asr taniqli arab geografi Istaxriy Sharqning juda ko‘p mamlakatlari bilan yaqindan tanishgan. Samarqandni “Alloh yaratgan eng suyukli yurtlardan biri”, “Yer yuzidagi rohatbaxsh joy” deb ta’riflaydi. At-Tabariy esa Samarqandni “musulmon amirlarning bog‘i” sifatida ulug‘lagan. XII asr tarixchisi Idrisi fikricha: “Samarqandliklar qalbi g‘o‘zalikka oshno”, Jahonni bezaydigan mo‘jizalarni yaratishga qodir ustalar ko‘pligi yozilgan. XV asr ozarbayjon geografi Abdurashid al-Bakuviy Samarqandni ko‘rgach, Yer yuzida bu shahardan yaxshiroq,yoqimliroq o‘zga bir maskan yo‘q,- deb yozgan. Samarqand shimoliy chekkasida 200 gektardan katta maydonda tepaliklar yastanib yotibdi. Bu tepaliklarni mahalliy aholi Afrosiyob nomi bilan ataydi. Qadimiy Samarqand shahi hayoti paydo bo‘lgandan to mo‘g‘ullar bosqinigacha g‘o‘zal bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya instituti xodimlari fransuz olimlari bilan parallel shahar xarobalarini o‘rgandilar. Qazishma ishlari Samarqanddan 30 km shimoliy-g‘arbda joylashgan Ko‘ktepada olib borildi. Ko‘ktepada ichki madaniy qatlami o‘rganilib, olov qoldig‘i kul radiocarbon usulida tekshirilib, olov yoqilgan voqea 2750 yillar avval bo‘lganligini aniqlashga imkon berdi. Ko‘ktepada topilgan va aniqlangan moddiy madaniyat Afrosiyobning ilk qatlamlaridagi ashyolar bilan bir xilligi shaharlarning qurilish sanasi bir xil bo‘lganligidan dalolat beradi. Avestoda muqaddas Sug‘ud-Sug‘d oliy iloh Ahuramazda tomonidan yaratilgan mamlakat deb ta’riflaydi.U bilan bir qatorda Baxdi (Baqtriya) va Mouru (Marg‘iyona) ishlatiladi. Miloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida, Sug‘d Baqtriya bilan birga Ahamoniylar tomonidan istilo qilinganda, Samarqand ichki devorli uzun yo‘laklar va tuynukli, qudratli mudofa istihkomlar bilan o‘ralgan edi. Shaharning o‘zida turar joy majmualari qad rostlab, hunarmandchilik maskanlari ko‘paya bordi. 74 Miloddan avvalgi 329 -yil bahorida Aleksandr Makedonskiy Samarqandga yaqinlashdi. Kvint Kursiy Ruf (milodiy I-asr) ma’lumotiga ko‘ra, Spitamen va Marokanda shahri haqida aytilgan. Samarqand shahri haqida menning eshitganlarim to‘g‘ri ekan, u mening tasavvurimdan ko‘ra go‘zalroq ekan, deb ta’riflaydi Aleksandr Makedonskiy. Aleksandr Makedonskiy yurishlarida Samarqand zarar ko‘rdi xarobalar ostida qoldirildi. Grek-makedoniyalik jallodlarning asosiy zarbasi Zarafshon Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling