Utayeva feruza xolmamatovna


 Samaqandda Amir Temur va temuriylar davrida


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

5.4. Samaqandda Amir Temur va temuriylar davrida 
shaharlar qurilishiga oid siyosat 


77 
Samarqand shahar hayotining yangidan, ajoyib gullab-yashnashi 
Amir Temur faoliyati bilan bog‘liq. Samarqand minorali mudofa devoi 
bilan 
qayta 
o‘raldi. Devor ichidagi maydon va ko‘chalar 
obodonlashtiildi, ariq va houzlar qazildi.
Atroflarni 
ko‘kalamzorlashtirdi,mahobatli 
obidalar 
bunyod 
etildi.Sherdor madrasasi o‘rnida bosh kiyimlar sotiladigan savdo 
rastalari qurdirdi.
Temurning g‘oyasi va buyrug‘i bilan Bibixonim masjidi1399-1404 
-yillarda qurdirilgan. Bibixonim masjidini qurilishiga Hindistondan 
keltirilgan fillardan foydalanilgan.Xitoyga yurishga ketgan sohibqiron 
naqbarani tugal qiyofasini ko‘rmagan. Bibixonim masjidi yaqinida 
Shohizinda daxmasi atrofida temuriylar oilasi maqbaralarning qatori 
joylashgan. 
Ispaniya elchisi Ruyu Gonzales Klavixo shunday degan: 
“Samarqandning boyligi uning oziq-ovqatlaridagina emas, shu bilan 
birga, bu yerda ko‘plab tayyorlanadigan shoyi gazmollari, atlas, tafta,
mo‘yna va ipak astarlar, upa-elliklar, bo‘yoqlar, sirlangan idishlar va 
boshqa narsalar. U Damashqdan kamon, o‘q-yoy va boshqa quollar 
yasovchi, shisha va loydan buyumlar tayyorlovchi har xil ustalarni 
keltirdi, dunyodagi eng yaxshi hunarmandlar: toshtaroshlar, zargarlarni 
muhandislarni olib keltirdi” 
Amir Temur karvonsaroylar va bozorlarni qayta qurilishiga katta 
e’tibor berdi. Klavixo 1403 -yil shunday deb yozgan: Butun shahar bog‘ 
va uzumzorlar og‘ushida, shahar bog‘u rog‘lar o‘rtasida joylashgan. 
Amir Temur g‘oyasi bo‘yicha Samarqand dunyoning eng yirik shahi 
bo‘lishi kerak edi.Shahar atrofida sharq mamlakatlari poytaxtlari nomida 
Damashq, Bog‘dod, Forish, Misr kabi maxsus qishloqlar bunyot 
ettirgan.
Samarqandda o‘nlab binolar, g‘arbiy qismida esa shahar qal’asi ( 
34 ga ) barpo etildi. Uning ichida ikkita qasr Ko‘ksaroy va 
Bo‘stonsaroy, 
hunarmandchilik 
ustaxonalari, 
savdo 
rastalari, 
karvonsaroylar, hammomlar, shifoxonalar va boshqa madaniy - 
maishiy binolar qurildi. Amir va amirzodalar qal’adan tashqari orom 
va dam olish joylari.barpo ettirdi. Bog‘i Naqshi Jahon, Bog‘i Bihisht, 
Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Shamol, Bog‘i Maydon, Bog‘i Zog‘on, Bog‘i 
Nav, Bog‘i Feruza, Davlatobod, Bog‘i Baland kabi bog‘lar bunyod 
etdilar. 
Amir Temur bog‘lari tuzilishiga ko‘ra 2 turga bo‘lingan:


78 
- chorbog‘lar - geometrik (to‘rtburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak) 
shaklda bo‘lib, har tomoni taxminan 1 km masofaga cho‘zilgan. 
Sahnidan o‘tgan ariqlar ularni teng 4 qismga ajratib turgan. Atrofidagi 
baland paxsa devorlarning ham burchagida minora bo‘lgan. Markazda 
saroy joylashgan. Bunday bog‘larning darvozalari shahar tarafga 
qaratib qurilgan;
- tuzilishi geometrik shaklda bo‘lmagan, tabiiy daraxtzor va 
chakalaklar bag‘rida barpo etilgan bog‘lar. Bunday bog‘lar hukmdor 
shikor(ov) qilishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy qismi tabiiy, qo‘l 
tekkizilmagan holda saqlangan. Ularning bir qismigagina dam olish 
uchun saroy, ko‘shk va chodirlar qurilgan, hovuzlar qazilib, favvoralar 
o‘rnatilgan. Bu turdagi bog‘larning o‘simlik va hayvonot dunyosi 
nihoyatda boy bo‘lgan.

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling