Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Qisqacha siyosiy tarixi: Romitan qadimiy tarixga ega bo‘lib, u 
haqidagi dastlabki ma’lumotlar tarixchi Abu Bakr Muhammad Ja’far 
ibn Narshaxiyning “Buxoro tarixi” (943-944 yy) asarida keltiriladi. 
Arab tarixchisi Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Taboriyning “At-
Taboriy tarixi” asarida Romitanning arablar bosqini davri tarixiga oid, 
o‘rta asr arab geografi Istaxriy asarlarida esa Romitan va uning 
atrofidagi qishloqlar to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Shuningdek, 
Romitan 
tarixi 
bo‘yicha 
H. Vamberining “Buxoro yohud 
Movarounnahr tarixi” asarida, V. Bartoldning “Turkistonning 
sug‘orilish tarixidan” va “Movarounnahrning geografik ocherki” 
asarlarida ham yozilgan. I. Mo‘minovning tahriri ostida chiqqan 
“Buxoro tarixi” nomli kitobda qadimgi Romitan haqidagi ma’lumotlar 
mavjud.
1937-yilda arxeolog V. Shishkin Buxoro vohasining g‘arbiy 
qismida olib borilgan arxeologik tekshirishlar natijalariga ko‘ra 
Romitan haqida dastlabki umumiy arxeologo-topografik tavsifnoma 
bergan. U topografik suratlar asosida bu qo‘hna shahar - antik 
davrning yirik shaharlaridan biri bo‘lgan, degan fikrga kelgan. 1972-
yilda Zarafshon arxeologik guruhi a’zosi R. Ravshanov tomonidan 
qo‘hna shaharda qisman o‘lchov va qazish ishlari olib borilgan.
Ilmiy va tarixiy adabiyotlarda Romitanning XVI-XIX asrlardagi 
tarixi bo‘yicha ma’lumotlar juda kam. A. Muhammadjonov XIX 


96 
asrdagi Buxoro vohasida mavjud bo‘lgan tumanlar va bekliklar haqida 
ma’lumot berib, Romitan (Somjan) tumanini ham ro‘yxatga kiritgan. 
Vobkent tarixi: Vobkent tumani shimoldan G‘ijduvon tumani 
bilan, shimoli g‘arbdan Shofirkon tumani bilan, g‘arbdan Peshko‘ va 
Romitan tumanlari bilan, janubdan Buxoro tumani bilan, sharq va 
shimoli-sharqdan Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan 
chegaralanadi. 
Vobkent o‘g‘uz shevalaridagi “Vob” yoki “Vaxob” hamda forsiy 
“kent” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “Bo‘zdagi, bo‘z yer, qo‘riqdagi 
qishloq” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi Vobkent hududida 
joylashgan qishloq qo‘rg‘onlari o‘tmishda katta harbiy siyosiy 
vazifani o‘tagan. Vobkent Buxoro amirligining tumanlaridan biri 
bo‘lib kelgan. 1924-1925-yillarda Turkistonda o‘tkazilgan milliy 
davlat chegaralanishi natijasida tashkil topgan.
Tuman markazi Vobkent shahriga tutash yerda Mug‘iyon 
qishlog‘i bor. Narshaxiy bunday qishloqlar, ya’ni Mug‘on, Mug‘iyon, 
mug‘lar qishloqlari ko‘p deydi. Mug‘ so‘zi arabchada “otashparast” 
yoki “g‘ayridin” ma’nosida ishlatiladi. Aynan arablar istilosi davrida 
ana shu “Mug‘” deb ataluvchi qishloqlar otashparastlik dinining eng 
rivojlangan joylari hisoblangan. 
O‘zbekiston hududida sak qabilalari yashaganligini hisobga 
olsak, Kumushkent Q.F.yig‘ini hududidagi hozirgi Saktafon (aslida, 
Sakto‘fon, ya’ni “saklar to‘pi” ma’nosida) qishlog‘i nomi ana shu 
qabila nomidan kelib chiqqan bo‘lsa, ajab emas. XVI asr boshlaridan 
va XVII-XVIII asrlarda Dashti Qipchoqda (Volga va Dnepr daryolari 
oralig‘idagi yerlar) yashovchi ko‘chmanchi o‘zbek urug‘larining katta 
qismi O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga kelib o‘troqlashishi 
jarayoni avj oldi. Vobkentdagi Saroy, Qatag‘an, Nayman, Qo‘ng‘irot, 
Minglar, Burqut, Qirg‘izon, Xitoy, Qalmoqlar, Baqalon, Pichoqchi, 
Bahrin, Boyqozon qishloqlari ana shu o‘zbek urug‘lari nomi bilan 
atalgan. Qipchoq va Qo‘ng‘irot QFY hududida Bahrin ( yoki 
Bahrincha) qishloqlari bor. Asli bahrinlar turklashgan mo‘g‘ul 
qabilalaridan biri bo‘lib, ular mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Dashti 
Qipchoqdan kelib o‘rnashgan. XVIII-XIX asrlarda esa bahrinlarning 
katta bir qismi Toshkent, Farg‘ona va Zarafshon vohalariga kelib 
o‘troqlashgan. U yerlarda ham Bahrin degan qishloqlar mavjud. 
Ehson QFY hududida Boyqozon qishlog‘i bor. Asli, bu 
qishloqning nomi “Boyovut”- mo‘g‘ul qabilasining bir urug‘i 


97 
nomidan. Boyovut mo‘g‘ulcha boylar, alplar, bahodirlar ma’nosida 
bo‘lib, o‘zbekcha va tojikchada Boy, Boydor, Boylar, Boylik, Boyot, 
Boyqozon, Boyto‘pi, Boyho qishloqlari sifatida yuritiladi. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling