101
Abdullaxon
davrida Buxoroda ustaxonalar, savdo do‘konlari,
tegirmonlar va boshqa korxonalar ko‘p bo‘lib aholi turmush tarzi
yaxshilandi. Xo‘jalikni izga solish uchun savdo-sotiqni
rivojlantirish
maqsadida
1507-,1525-,1583-yillarda
pul
islohotlari
amalga
oshirilgan. Bu davrda dinor deb atalgan mis tangalar va ogirligi 3
grammga teng kumush tangalar muomalada bo‘lgan. Ingliz sayyohi
Antonni
Jenkinson
Buxoroda
tilla
tanglar
muomalada
bo‘lmaganligini, bu yerda asosan mis va kumush tangalar ishlatilishini
aytgan.
XVI asrda Buxoroda g‘allaning 10 xil turi ekilgan. Omoch,
ketmon, o‘roq, temir va yog‘och belkurakdan
ish quroli sifatida
foydalangan. Hunarmandchilikning 60 dan ortiq turi bilan
shug‘ullanishgan. Misgarlar ko‘za, lagan, qozon va butun bir qo‘y
sig‘adigan katta patnislar yasagan. Suv
tegirmoni va moy juvozlar
ko‘p bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: