Utayeva feruza xolmamatovna
Romitan va Vobkent haqida tarixiy manbalar
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
6.3.Romitan va Vobkent haqida tarixiy manbalar
Romitanning qadimiyligi haqidagi ma’lumotlar Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida keltiriladi. Unda yozilishicha, “Romitan bu katta bir ko‘handizga ega va mustahkam bir qishloq bo‘lib, Buxorodan qadimiyroqdir. Ba’zi kitoblarda bu qishloqni Buxoro deb ataganlar. Bu qishloq qadim vaqtlarda podshohlarning turar joylari bo‘lgan, (keyinroq esa) Buxoro shahri bino bo‘lganidan keyin podshohlar qish faslidagina bu qishloqda turadigan bo‘lganlar. Bu yerlar islom davlatiga o‘tgandan keyin ham shunday bo‘lib turgan. Bu qishloqni Afrosiyob bino qilgan. Afrosiyob har vaqt bu viloyatga kelganida shu qishloqdan boshqa joyda turmagan.” Shuningdek, Narshaxiy o‘z asarida Romitan nomining kelib chiqishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham berib o‘tadi: “Afrosiyobning bir qizi bo‘lib, uning doim boshi og‘rir ekan. Romitanga kelib yashay boslagach, unga bu yerning havosi muvofiq kelib, darddan xalos bo‘ladi va bu maskanga “Oromitan” -“Tan oromi” deb nom qo‘yadi. (Keyinchalik xalq orasida bu yerning nomi “Romitan” sifatida mashhurlashib ketadi)”. 95 Bundan tashqari, Romitan-Mitan qabilasi yoki mitan qo‘rg‘on, qal’a atamasidan nom olgan bo‘lishi ham mumkin. I. Magidovich Buxoro vohasida “Rometi” degan kichkina bir urug‘ bo‘lganini aytadi va Romitan o‘sha etnonimdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, degan fikrga keladi. Akademik V. Bartoldning “Turkistonning sug‘orilish tarixi” nomli asarida Romitanning qadimgi davri haqida quyidagicha ma’lumotlar bor: Eronliklarning qadimdan Zarafshon bo‘ylarida qarorgohlari, hattoki shaharlari bo‘lgan. Iskandar zamonida Zarafshonning quyi oqimida Maroqanda shahridan tashqari yana bir shahar bo‘lganligini qayd etib o‘tgan. Hijriyning birinchi -yillarida mahalliy an’analarda qator manzilgohlar o‘zlarini Buxorodan qadim deb e’lon qildilar. Mana shunday qarorgohlardan biri Romitan qishlog‘idir. Romitan Riyomitan, Romisan, Ayramisan, Chorshanbe nomlari bilan atalgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling