Utayeva feruza xolmamatovna


Varaxsha, Poykent ‒ qadimiy shaharlar


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

6.2.Varaxsha, Poykent ‒ qadimiy shaharlar 
Varaxsha qadimiy shahar. Arxeologik qazishmalardan ma’lum 
bo‘lishicha, Varaxsha miloddan avvalgi II asrda bir-biriga tutashgan bir 
nechta istexkomli qishloqlar tarzida qad ko‘targan Buxorodan 
40 km shimoli-g‘arbda, Dashti Urganji ko‘lining qadimiy Rajfandun 
vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandligi 10-20 m li 
ulkan tepa shaklida saqlangan. Varaxsha va uning atrofida A. Shishkin 
(1937‒ 39, 1947-54) keng ko‘lamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; 
A. Muxammadjonov (1975-77), O. V. Obelchenko (1977-79), G. V. 
Shishkina (1987-90) ham Varaxshaning ayrim qismlarida qazishmalar 
olib borishgan. 
1949 - 54 - yillarda Varaxsha tarixi va me’morchiligi o‘rganildi. 
Kvadrat shakldagi yirik xom g‘ishtlardan balandligi 15 metr 
qo‘shminora tarzida o‘rab chiqilgan tagkursilarning biriga podsho 
saroyi va ikkinchisiga soqchixonali darvozaxona bino qilingan. 
Arkning sharqiy qismida tomi ravoqsimon gumbaz tarzida yopilgan 
uzun yo‘laksimon -navkarxona va darvozaxonalar mavjud bo‘lgan. 
Arkning markazida janubiy tomoni mudofaa devoriga yondoshgan 
Varaxsha hukmdorining saroyi joylashgan. U Sharqiy (11,5x17 m) va 
G‘arbiy (6,6x7,25 m) mehmonxona hamda qizil xona (zal) (8,5x12 m) 
lardan iborat bo‘lgan. Saroy g‘arb tomonidan 3 ravoqli ganchkori 
ustunlar o‘rnatilgan hashamatli peshayvon bilan o‘ralgan. Ayvon 
ravoqlarining ustunlari va toqilari ganchkori qabartma tasvirlar hamda 
turli xil girixlar bilan bezatilgan. Saroyning qizil xona va Sharqiy 
mehmonxonalari to‘la kavlab ochilgan. Xona devorlari mayda 
somonli loy suvoq ustidan yupqa ganch suvoq qilinib, devoriy rasmlar 
qizil, sariq, ko‘lrang, qora, zangori, pushti va jigarrang bo‘yoq bilan 
bezatilgan. Ularda turli xil manzaralar, fil mingan shaxzoda va 
qoplonlar bilan olishuvi; qayrilib nishonga kamondan o‘q uzayotgan 
ot ustidagi chavandoz, qanotli tuya shaklidagi oltin taxtda o‘tirgan 
hukmdor tasvirlangan. Sharqiy mexmonxona devorida tiz cho‘kib, 
qo‘lida qadax tutgan malika, belida shamshir, bir qo‘lida qisqich 
ushlagan podshoh, o‘rtada vazasimon otashgopa yonib turgan 
muqaddas olov, otashgohdan o‘ngda beliga xanjar taqilgan 


88 
shahzodaning tiz cho‘kib ibodat qilayotgan tasviri yoki sovut va 
dubulg‘a kiygan, qo‘llarida nayza, qalkon ushlagan suvoriylarning 
jang qilayotgan, shuningdek butazor, to‘qay ichidagi ov manzarasi 
kabi tasvirlar ayniqsa diqqatga sazovordir. 
Arxeologik topilmalardan aniqlanishicha, janubiy xonalarning 
ikkinchi qavatidagi xona ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Ko‘plab 
topilgan qabartma ganchkori naqshlar orasida xovuzda suzib yurgan 
baliqlar, elkasidan o‘q yegan arxar, yelib borayotgan jayron, 
bedanalar, ayol boshli baxt qushi Xumo, xamlga tayyorlanayotgan 
ajdarho, taqimiga sadoq bog‘lagan suvoriy hamda ko‘pdan-ko‘p 
ayollarning bosh qismlari bilan bir qatorda turli xil islimiy va girix 
parchalari uchraydi. 
Varaxsha xarobalarining shimoli-g‘arbida qadimiy qo‘rg‘onlardan 
birining tashqi devori kamda yarim doira shakldagi burji (ichki saxni 
4,5x5 m) kavlab o‘rganilgan. Devor (qalinligi 1,8-1,9 m) xom 
gishtdan (hajmi 37x41x10 sm) qurilgan. Devor va burjlarida 
paykonsimon nishon tuynuklari (ichki tomoni 38-40 sm, tashkarisi 75-
80 sm, keng-ligi 20-22 sm) ochilgan. Miloddan avvalgi Varaxsha II- I-
asrlarda va miloddan I-II-asrlarda Varaxsha va uning atrofida madaniy 
hayot gullagan. 3-4-asrlarda Varaxsha tanazzulga uchragan. V-asrda 
Varaxsha 
yana 
tiklanib 
Buxoroning 
qadimiy 
hukmdorlari
buxorxudotlarning qarorgohiga aylangan. Shu davrda Varaxsha 
mustahkam devor bilan o‘ralgan, uning janubiy qismida ark qurilgan. 
VIII-X-asrlarda ayniqsa obod bo‘lgan.
Varaxsha va uning atroflari 12 kanal bilan sug‘orilib, Rajfandun 
vohasidagi eng yirik va markaziy qal’alardan biriga aylangan. Istaxriy 
va Ibn Xavqal ma’lumotlarida keltirilishicha, Buxoro va Xorazm 
oralig‘idagi karvon yo‘li Varaxsha orqali o‘tgan. Narshaxiyning 
“Buxoro tarixi” asarida ta’kidlanishicha, har o‘n besh kunda 
Varaxshada bir kunlik, -yil oxirida 20 kunlik bozor sayli (navro‘zi 
kasho varzon, ya’ni dehqonlar yangi yili) o‘tkazilgan. Buxorxudotlar 
qarargohi qilinishi bilan Varaxsha yirik shaharga aylangan. XI-XII-
asrlarda uning xududi eniga 6 km. dan ziyod bo‘lgan. XII-asrda 
Varaxsha vohasidagi hayot to‘satdan noma’lum sabablarga ko‘ra 
to‘xtab qolgan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling