Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bog‘i Maydon.
- Bog‘i Chinor.
- Bog‘i Shamol.
Bog‘i Jahonnamo (Jahon ko‘zgusi). Amir Temur Samarqanddan
7 farsax (42 km) narida, Zarafshon tog‘i etagida qurdirgan (1398). Unda saroy va qala bo‘lgan. “Zafarnoma” da yozilishicha, bu bog‘ning hududi benihoyat katta bo‘lib, yo‘qolib qolgan ot 6 oydan so‘ng topilgan ekan. Bog‘i Maydon. Amir Temur Samarqandning shimolida, Cho‘ponota tepaligi etagida qurdirgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog‘da hashamatli bir ayvon (ko‘shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek bu bog‘ni yanada obod qilgan. Bobur shu xaqda bunday deb yozadi: “Bu bog‘ning o‘rtasida (Ulug‘bek) bir oliy imorat qilibdur. Chil (qirq) sutun derlar, du (ikki) oshyona (qavat), sutunlari tamomi toshdin. Bu imoratning to‘rt burchida to‘rt manordek burjlar qo‘poribturlarkim, yuqorig‘a chiqar yo‘llar bu to‘rt burjdindur. O‘zga tamom erlarda toshdin sutunlardir. Ba’zini morpech xiyora (burama, ko‘pqirrali) qilibturlar. Yuqorigi oshyonaning to‘rt tarafi ayvondir, sutunlari toshdan. O‘rtasi chordora uydir. Imorat kursisini tamom toshdan farsh qilibdilar”. Bu bog‘ o‘rni hozir ham Bog‘i Maydon deb ataladi. Bog‘i Nav (Yangi bog‘). Amir Temur Samarqandning janubida qurdirgan (1404). Lolazor qishlog‘i o‘rnida joylashgan. Bu bog‘ to‘rtburchak shaklda bo‘lib, atrofi baland paxsa devor bilann o‘ralgan. Har burchagida minora qad ko‘tarib turgan. Markazida boshqa bog‘lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida hovuz bo‘lgan. Bog‘i Chinor. Amir Temur Samarqandning sharqida (Konigilning janubiy-g‘arb tarafida, hozirgi “Qo‘sh tamg‘alik” 80 tepaligi o‘rnida) barpo qildirgan (1404). Unda chinorlar ko‘p bo‘lgan. Markazida xochsimon tarhli saroy joylashgan. Bog‘i Shamol. Amir Temur 1397 -yil nabirasi (Mironshohning qizi) ga atab qurdirgan. Samarqandning g‘arbida bo‘lgan. Undagi saroy to‘rtburchak shaklda bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qora yog‘och va fil suyagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham “Bog‘i Shamol” deb ataladi. Samarqand atrofida bulardan tashqari yana bir qancha bog‘lar bo‘lgan. Chunonchi, Bog‘i Bo‘ldu, Bog‘i Zog‘on, Bog‘i Naqshi Jahon, Bog‘i Amirzoda Shohrux, Bog‘cha, Bog‘i Dilafro‘z, Bog‘i Sheron, Gulbog‘, Lolazor, Bedana qo‘rug‘i, Chumchuqlik, G‘ozxona va boshqalar shular jumlasidandir. Shahar ichkarisi va tashqarisida Bibixonim Jome masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Ulug‘bek madrasasi, rasadxonasi kabi ko‘plab mashhur me’moriy obidalar yaratildi. Samarqand zamonasining yirik ilmiy markazlaridan biriga aylandi. Mirzo Ulug‘bek bobosini an’analarini davom ettirdi.Chuponota tepaligida Ulug‘bek bog‘ini yaratdi. Jumladan: Ulug‘bek rasadxonasi 1424 - 1428 -yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo‘yida qurilgan. Rasadxona Mirzo Ulug‘bek farmoniga muvofiq qad ko‘targan bo‘lib, uni bunyod etishda Ulug‘bekning ustozi Qozizoda Rumiy va G‘iyosiddin Jamshid bosh - qosh bo‘ladilar. Rasadxona joylashgan ushbu mavze mahalliy aholi o‘rtasida “Naqshi jahon” degan nom bilan mashhur bo‘lgan. Rasadxonaning asosiy qismi radiusi 40,2 metrli sekstant bo‘lgan. Ulug‘bekning vafotidan so‘ng (1449) rasadxona qarovsiz holga kelib, xaroba holga kelib qoladi, uning asboblari buzib tashlanadi. olimlar Samarqandni tark etishadi. Rasadxona ayovsiz urushlar tufayli XVI - XVII asrlarda yo‘q bo‘lib ketadi. Nihoyat arxeolog olim V. L. Vyatkin XVII asrga oid bir vaqf hujjatni Samarqandlik keksa olim qo‘lidan olishga muvaffaq bo‘ladi. Shu asosda rasadxonaning saqlangan yer osti qismini topadi Vasiliy Lavrentievich Vyatkin Samarqand yaqinidagi Ulug'bek rasadxonasining qoldiqlarini topish va qazish uchun keng tanilgan. 1896 -yilda Samarqandda Arxeologiya muzeyigi asos solgan bo‘lib, u uzoq vaqt davomida rejissyor edi. Samarqanddagi Afrosiyob shahrining qadimgi turar-joyini ham qazib o‘rgangan U 1932 - yilda 81 Samarqandda vafot etdi, uning qabri mashhur Ulug'bek rasadxonasining qoldiqlari yonida joylashgan bo‘lib, uning qoldiqlari bir vaqtlar o‘zi kashf qilgan. Samarqandda Taftazoniy, Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshed, Ali Qushchi kabi olimlar jahoniy shuhrat topdilar. Ulug‘bek boshchiligidagi Samarqand ilmiy maktabining mahsuli bo‘lgan “Ziji jadidiy Ko‘ragoniy” asarida keltirilgan astronomik, matematik mushohadalar va faktlar o‘zining aniqligi bilan hamon dunyoni hayratga solmoqda. Jahon mumtoz adabiyotining yirik namoyondalari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar ham Samarqandda ta’lim olganlar. XV asrning oxirida, qisqa muddat davomida shaharda hukmronlik qilgan Zahiriddin Bobur Samarqandga quyidagicha ta’rif beradi: “Rub’i maskunda Samarqandcha latif shahar kamroqdur. Uzumi va qovuni va olmasi va anori, balki ja’mi mevasi xub bo‘lur. Vale ikki meva Samarqandda mashhurdir: sebi Samarqand va sohibiy Samarqand. Samarqand shahri ajab orasta shahardur” “Olamda yaxshi qog‘oz Samarqanddin chiqar”. Samarqand buyuk Amir Temur nomi bilan atalgan ordenni birinchi bo‘lib olishga sazovor bo‘lgan tabarruk shahardir. 1996-yil 28-avgustda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning Samarqand shahrini Amir Temur ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Qarori chiqarildi, shu yili 18-oktabrda Amir Temurning haykalini ochilish marosimi bo‘ldi va marosimda samarqandliklarga ushbu orden topshirildi, 18-oktabr “Samarqand shahri kuni” deb e’lon qilindi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling