Utayeva feruza xolmamatovna


 Qashqadaryodagi me’moriy yodgorliklar


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

4.5. Qashqadaryodagi me’moriy yodgorliklar 
Husam Ota majmuasi - Qashqadaryodagi me’moriy yodgorlik 
(XI-XIX asrlar). Koson tumanidagi Pudina qishlog‘ida. Majmua 
maqbara, masjid, ziyoratxona, tahoratxona, 3 darvozaxona, katta-
kichik bir necha maqbaradan iborat (umumiy tarhi 60x60 m). 
Majmua markazida Husam ota maqbarasi (XI-XII asrlar, bir necha 
marta qayta tiklangan), ziyoratxona (6,5x6,5 m) va 2 kichik daxma 
(bu daxmalarda Husam otaning o‘g‘illari dafn etilgan), uning 
shimoliy tomonida 9 gumbazli masjid joylashgan (XVI-XVII asrlar, 
XX asr boshida ta’mirlangan). Masjid yonidagi tor yo‘lak orqali 
majmuaning eng qadimgi binosi - Ishoq ota maqbarasi (5,5x6 m) ga 
o‘tiladi (XI asr),maqbara peshtoq-gumbazli, burchaklariga 
guldastalar i s h l a n g a n . Ishoq ota maqbarasining bir tomonida 1 
xonali daxma (rivoyatlarga ko‘ra Ishoq otaning qizi dafn etilgan, 
XII asr), boshqa tomonida Mansur Muhammad degan kimsaning 2 
xonali maqbarasi joylashgan. Hovli o‘rtasida hovuz bo‘lib, atrofi 
ko‘kalamzorlashtirilgan. Ikkala guruh binolar simmetrik bo‘lib 
yagona ko‘p gumbazli, tor hovlili mujassamotni tashkil qilgan. 
XIX-XX asr boshlarida qadimgi poydevor ustiga ustunli ayvon, 
gumbali masjid qurilgan 


63 
Hazrati Imom Mayin (Mun) majmuasi - Qashqadaryodagi 
me’moriy yodgorlik (XI -XIX asrlar). Hazrati Imom Mayin 
maqbarasi atrofida bunyod etilgan. Maqbara oldi ayvonli
naqshinkor 6 ustunga tayangan. Majmua devor bilan o‘ralgan 
kichik (tashqi) va katta hovlidagi turli davrlarda qurilgan binolardan 
tashkil topgan. XI-XIV asrlarda maqbara (tarhi 5x5 m), ziyoratxona 
va masjid (7x7 m) qurilgan, maqbara hovlisida murabba tarhli 
(10x10 m) hovuz bor, hovuzning sharqida quduq mavjud. Maqbara 
16 qirrali kulohiy gumbaz bilan yopilgan, yog‘och sag‘ana o‘yma 
naqshlar bilan ziynatlangan. Masjid gumbazli xonaqoh va 2 tomonli 
ayvondan iborat, ayvon shifti va ustunlari naqshlar bilan bezatilgan; 
masjid yonida chillaxona joylashgan. XIX-XX asrlarda xonaqohga 
tutash 2 xona qurilgan. 2004 -yilda ta’mirlangan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling