Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Shulluktepa - Qarshi vohasidagi o‘rta asrlarga oid yirik qo‘hna
shahar. Hozirgi Qarshi shahridan 8 km shimoliy-g‘arbda, Qashqadaryoning chap qirg‘oqlariga yaqin yerda joylashgan. Ko‘pchilik tadqiqrtchilar tomonidan qadimgi Nasaf shahri xarobasi ekanligi e’tirof etiladi. Shulluktepa 1883 -yilda rus arxeologlari V.V.Krestovskiy, 1895 va 1910 -yillarda B.I.Litvinov, 1910 -yilda D.I.Logofet tomonidan tekshirilib, umumiy ma’lumotlar to‘plangan. Bu tadqiqotchilar arab geograflari asarlarida qayd etilgan Nasaf shahri aynan shu yerda joylashganligi haqidagi fikrni ilgari surganlar. 1916 - yilda sharqshunos L.A.Zimin birinchi bo‘lib Shulluktepada arxeologik tadqiqotlar o‘tkazgan. Keyinchalik bu yodgorlikda S.K.Kabanov, M.V.Masson, B.D.Kochnev, V.A.Pirin, M.X.Isomiddinov kabi arxeolog olimlar tadqiqot ishlari o‘tkazganlar. Ushbu tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, Shulluktepa o‘rnida milodiy III - IV asrlarda dastlab uncha katta bo‘lmagan istehkom bunyod etilib, V - VI asrlarda qal’a (150x80) va uni o‘rab turgan shahriston shakllangan. VI - VIII asrlarda esa shahriston qalinligi 15 m bo‘lgan devor bilan o‘rab olingan. Arablar istilosi va unga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar oqibatida Naxshab shahri (Zahhoki Moron) asta-sekin vayronaga aylangach, IX asrdan boshlab quyi Qashqadaryodagi shaharsozlik markazi Shulluktepa o‘rnida rivojlanadi. 200 ga maydonni egallagan 59 bu yangi shahar arab manbalarida Nasaf deb atala boshlangan. X - XII asrlarga oid arab geograflari (Ibn Xurdodbeh, Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy, Sam’oniy) asarlarida ushbu ko‘hna shahar qal’adan tashqari shahriston va rabodga ega ekanligi, shahar o‘rtasidan daryo oqib o‘tishi, shaharning 4 darvozasi borligi qayd etiladi, ayrim bosh ko‘chalarning nomlari tilga olinadi. Shulluktepada olib borilgan tadqiqotlar shahar Movarounnahrning ichki va tashqi iqtisodiy savdo aloqalarida faol ishtirok etganligini ko‘rsatadi. Shulluktepa (Nasaf) orqali ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda Eron va Xurosonning savdo shaharlarini Samarqand, Choch vohasi va Farg‘ona vodiysi bilan, Buxoroni Termiz, Balx va Hindistonning savdo markazlari bilan bog‘lovchi tranzit savdo yo‘llari o‘tishi bu shahar rivojiga katta ta’sir ko‘rsatganligini qayd etish mumkin. Mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng shahar xarobaga aylanadi va uning xarobalari keyinchalik Shulluktepa nomi bilan atala boshlanadi. Shahrisabzda 20 ga yaqin tarixiy me’moriy yodgorlik saqlanib qolgan. Temuriylar davrida qurilgan Oqsaroy qasrining peshtoq devori, Dor us-Siyodat va Dor ut-Tilovat majmualari, Ko‘k Gumbaz masjidi, Gumbazi Sayidon, Shamsuddin Kulol maqbarasi (Amir Temurning piri), Jahongir maqbarasi, Hazrati Imom masjidi, shuningdek, Chorsu bozori (XVI asr), Chubin madrasasi (XVI asr), Abdushukur Og‘aliq (XIX asr), Eshonpir (XIX asr), Kunduzak masjidlari kabi me’moriy obidalar saqlanib qolgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling