Toshkent davlat sharqshunoslik instituti uzoq sharq va janubiy osiyo tillari fakulteti bitiruv-malakaviy ishi


Download 298.67 Kb.

bet1/4
Sana27.10.2017
Hajmi298.67 Kb.
  1   2   3   4

 

O’ZEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 

UZOQ SHARQ VA JANUBIY OSIYO TILLARI FAKULTETI 

 

 

BITIRUV-MALAKAVIY ISHI 

 

Mavzu:     HINDIY TILIDA SON KOMPONENTLI 

FRAZEOLOGIZMLAR 

 

Bajardi: 

“Janubiy Osiyo tillari” 

kafedrasi bakalavr ta’lim yo’nalishi 

bitiruvchi kurs talabasi Mutalova 

Durdona Kabulovna ____________. 

Ilmiy rahbar: “Janubiy Osiyo tillari” 

kafedrasi, filologiya fanlari doktori, 

professor Shomatov Ozod 

Nasriddinovich_____________. 



 

 

                                                 Toshkent – 2012 

 

Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi. 

 

 

«Uzoq Sharq va Janubiy Osiyo tillari»                   «Janubiy Osiyo tillari» kafedrasi             



fakulteti dekani f.f.n. Nosirova S.A.                       mudiri  f.f.n. Nurmatov S.S. 

  _________________________                              ____________________ 

«___»  ____________ 2012  yil                               «___»  ____________ 2012  yil 

 

 

 



                                             

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

MUNDARIJA 



KIRISH…………………………………………………...........................4-9 

 

ASOSIY QISM 

 

I   BOB.  HINDIY VA O’ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK 

BIRLIKLARNING  IFODALANISH XUSUSIYATLARI………………..10-22 

 

1.1.


 

Frazeologik birliklar yuzasidan umumiy tilshunoslikda ilmiy-nazariy 

qarashlar………………………………………………………………………10-16 

1.2.


 

Frazeologik birliklar yuzasidan hindiy tili sohasidagi erishuvlar 

tahlili…………………………………………………………………………16-21 

1.3.


 

Bob yuzasidan xulosalar…………………………………………21-22 

 

II   BOB.  FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING  LEKSIK-SEMANTIK 

TASNIFI………………………………………………………………………23-33 

 

2.1.


 

Frazeologik butunliklar…………………………………………23-26 

2.2.

 

Frazeologik chatishmalar……………………………………….27-29 



2.3.

 

Frazeologik qo’shilmalar……………………………………….29-33 



2.4.

 

Bob yuzasidan xulosalar………………………………………..33-34 



 

III    BOB.   FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING STRUKTURAVIY-

SINTAKTIK TAHLILI……………………………………………………34-45 

 

3.1.


 

Gapga teng qurilishli frazeologik birliklar………………………34-39 

3.2.

 

So’z birikmasiga teng qurilishli frazeologik birliklar………….39-44 



3.3.

 

Bob yuzasidan xulosalar………………………………………..44-45 



 

XULOSA………………………………………………………………46-47 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………48-51 

 

ILOVA………………………………………………………………….52-60 

 

 

 



 

 

KIRISH 



 

Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi.  “Hozirgi paytda xorijiy 

tillarni o’rganish va o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. …Bugun 

jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz uchun

chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk kelajagini 

qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini 

baholashning hojati yo’qdir” 

1

, chunki O’zbekiston davlatining jahondagi nufuzi 



kun sayin yuksalib bormoqda. 

Haqiqatdan ham, yurtimiz mustaqillikka erishgandan so’ng milliy 

qadriyatlarimiz tiklanishi bilan, hukumatimiz xorijiy tillarni o’rganishga keng yo’l 

ochib berdi. Endilikda yurtimizda g’arb tillari bilan bir qatorda sharq tillarini 

o’rganishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Sharq tillarining qo’llanish doirasi 

amalda nihoyatda kengaygani, uni  ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan 

tadqiqotlar, sharq tillarining o’ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy va 

ommabop kitoblar, o’quv qo’llanmalari, yangi-yangi lug’atlar ko’plab chop 

etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o’z hissasinini qo’shmoqda. Zotan, 

muhtaram yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Ilgari o’zbek adabiyotining 

namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish asosan uchinchi til, ya’ni rus tili orqali 

amalga oshirilar edi. Endilikda adabiyotimizning eng yetuk asarlarini ona 

tilimizdan bevosita g’arb va sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni 

kuchaytirishimiz zarur”

2

                       



Yuqoridagi fikrlardan shuni tushunish mumkinki, biz yoshlarga yaratib 

berilayotgan imkoniyatlar amalda ham o’z tasdig’ini topmoqda. Endilikda biz 

nafaqat hindiy tili va adabiyotini, balki shu xalqning tarixi, madaniyati hamda urf-

odatlari, turmush tarzini bevosita o’rganish,yaqindan tanishish imkoniyatiga 

egamiz. Ayniqsa, Prezidentimiz  I.A.Karimovning Hindistonga qilgan bir nechta 

rasmiy safaridan so’ng ikki davlat o’rtasidagi keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy, 

                                                            

1

Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq, 1997. -B. 8-9. 



 

2

Karimov I.A.  Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.: 2009. B. 139. 



 

siyosiy, madaniy va ilmiy aloqalar hindiy tilini o’rganish zarurligini kun tartibiga 



qo’ydi. Shuning uchun biz ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada  

yuksalatirishga o’z salohiyatimizni safarbar etishimiz darkor. Jumladan, 

yurtboshimiz o’z ma’ruzalarida shunday deydilar:   “Bugun yangicha fikrlaydigan,  

o’z kelajagini mamlakatimiz kelajagi bilan bog’liq holda ko’radigan yangi avlod 

vakillari hayotga dadil kirib kelmoqda. Yoshlarimiz siymosida muayyan kasb, 

ba’zan bir necha yo’nalish bo’yicha diplom olgan, bir necha xorijiy tillarni 

o’rgangan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o’zlashtirgan, mustaqil 

inson sifatida shakllangan, bir so’z bilan aytganda, el-yurt xizmatiga shay, yuragi 

yonib, ko’zlaridan o’t chaqnab turgan navqiron yigit-qizlarni ko’rib qalbimizda 

ishonch, g’urur-iftihor tuyg’ulari jo’sh uradi”.

3

 

     Shunday  ekan,  biz  yaratilayotgan imkoniyatlardan to’laqonli 



foydalanishimiz, yurtimizning tarixi, madaniyati va ma’naviyatini o’zga yurtlarga 

ham tanishtirishga harakat qilmog’imiz lozim. Zero, biron bir xalq ma’naviyatiga 

xos qadriyatlarning boshqa xalqlar tomonidan tan olinishi, tabiiyki, ana shu xalq 

tarixiga nisbatan chuqur hurmatining fodasidir. Bunday e’tirof xalqning g’urur va 

iftixori, milliy o’zligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

4

   Ta’kidlash joizki, 



garchi hindiy tilining o’ziga xos jihatlari ilmiy jihatdan o’rganib kelinayotgan 

bo’lsada, lekin ushbu tildagi sanoq sonlarga oid frazeologik birliklar o’zbek 

hindshunosligida maxsus va tizimli o’rganilmagan. 

Yuqoridagilardan anglashilinadiki mazkur yo’nalishdagi bitiruv malakaviy           

ish hindshunoslik sohasining dolzarb masalalaridan biriga bag’ishlangandir.  

Mavzuning o’rganlik darajasi. Ushbu bitiruv malakaviy ish Janubiy Osiyo 

mintaqasidagi Hindiston Respublikasining davlat tili bo’lmish, Hind-Yevropa tillar 

oilasining hind-oriy tillari guruhiga kiruvchi va jahon ko’lamida katta nufuzga ega 

bo’lgan hindiy tilida “bir” dan “o’n”gacha  sanoq sonlaridan yasalgan frazeologik 

birliklarni ilmiy tadqiq etishga qaratilgan. 

                                                            

3

Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17 yilligiga bag’ishlangan marosimda so’zlagan 



nutqidan. 

 

4



Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch. T.: 2009. B.  48. 

 

 Hindiy tilidagi frazeologik birliklar ushbu tildagi ko’plab manbalarda 



yoritib o’tilgan. Tilshunos olimlardan A.A.Davidova

5

, V.N.Teliya



6

V.V.Vinogradov



7

, V.A.Chernishov, G.A.Zograflarlarning

8

  asarlarida frazeologik 



birliklarning gapdagi o’rni, xususiyati, etimologik jihatdan turlari haqida ba’zi 

ma’lumotlar keltirib o’tilgan. 

  O’zbek  tilida  Sh.Rahmatullayevning “O’zbek tilining izohli frazeologik 

lug’ati”


9

 hamda akademik A.Hojiyevning “Tilshunoslik atamalarining izohli 

lug’ati”

10

 nomli manbalarda, shuningdek, A.E.Mamatovning asarlarida



11

 o’zbek 


tilida frazeologik birliklarning o’ziga xos ifodalanish xususiyatlari aks ettirilgan. 

 Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Ushbu malakaviy ishni yozishdan 

ko’zlangan asosiy maqsad – hindiy tilida son so’z turkumidan yasalgan 

frazeologizmlarni frazeologik birliklar sifatidagi mohiyatini o’rganish, shuningdek  

ularni leksik-semantik, strukturaviy va sintaktik jihatdan tahlil qilishdan iborat.   

Tadqiqotning vazifalari.  

Ushbu ilmiy ishimiz oldiga bir qator aniq vazifalar qo’yilgan: 

1) Hindiy tilida “bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlaridan yasalgan 

frazeologik birliklarni manbalar asosida to’plab tizimli tahlil qilish; 

2)  Hindiy, rus va o’zbek tillaridagi frazeologik birliklarga oid ilmiy – 

nazariy asarlarni o’rganish; 

 3) To’plangan frazeologik birliklarni leksik-semantik tasniflash; 

 4) Hindiy tiliga oid badiiy matnlar asosida frazeologik birliklarni  sintaktik 

jihatdan tahlil qilish; 

                                                            

5

  А.А. Давидова. Некоторые вопросы фразеологии урду и хинди 234-246 с. 



 

 

6



  Телия В.Н. Что такое фразеология, Москва, “Наука” ,1966.  С.10 

 

7



  В.В.Виноградов. Об основных типах фразеологических единиц в языке, M.1981, 270 

  

8



  Г.А.Зограф, Хиндустани на рубеже,  XVII I XIX вв., M., 1961 

  

 



9

 Rahmatullayev  Sh . O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. –T.:O’qituvchi, 1978.  B. -38-41 

 

 

10



 Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug’ati. –T.: Fan, 2002. -165 b.

 

11



  Mamatov A.E. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. T:. 2001. – 274 b. 

 

  5)  Frazeologik birliklarning yuqorida keltirib o’tilgan tahlil natijalariga 



ko’ra yakuniy xulosalar berish. 

Bitiruv malakaviy ishining manbai. Ushbu malakaviy ishimiz uchun ikki 

turdagi ilmiy asarlar , o’zbek tilidagi frazeologik birliklarga oid nazariy manbalar 

hamda hindiy va rus  tilida frazeologik birliklarga oid nazariy manbalar asos qilib 

olindi. 


O’zbek tilida frazeologik birliklarga oid manbalar: Sh.Rahmatullayevning 

“O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati”(

 

Toshkent, O’qituvchi, 1978.  B. -38-



41) hamda akademik A.Hojiyevning “Tilshunoslik atamalarining izohli lug’ati” 

(

 



Toshkent, Fan, 2002. -165 b.) , hindiy tilida frzazeologik birliklarga oid 

asarlardan A.A.Davidova

12

, V.A.Chernishov, G.A.Zograf



13

 va boshqalar, rus 

tilshunoslaridan V.N.Teliya

14

, V.V.Vinogradov



15

, N.M.Shanskiy

16



O.S. Axmanovalarning



17

 asarlariga tayanadi. 



Tadqiqot metodi. To’plangan materiallarning o’ziga xos xususiyatlaridan 

kelib chiqib, tavsifiy hamda statistik metodlar asosida o’rganildi. Faktik 

materiallarning tahlili sinxron sathda olib borildi. Ba’zi o’rinlardagina tarixiy 

metodga murojaat qilindi. 



Bitiruv malakaviy ishining obyekti. Ishning obyekti sifatida hindiy tilida 

“bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlardan yasalgan frazeologik birliklar 

tanlab olindi. Ularning leksik- semantik xususiyatlari o’rganildi. 

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ta’kidlash joizki, 

garchi hindiy va o’zbek tillaridagi son so’z turkumiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari 

                                                            

12

  А.А. Давидова. Некоторые вопросы фразеологии урду и хинди 234-246 с. 



 

13

  Г.А.Зограф, Хиндустани на рубеже,  XVII I XIX вв., M., 1961 



 

14

  Телия В.Н. Что такое фразеология, Москва, “Наука” ,1966.  С.10 



 

15

  В.В.Виноградов. Об основных типах фразеологических едениц в языке, M.1981, 270 



 

16

  Н.M Шанский. Лексикология современного  русского языка, M., 1972, с. 173 



 

17

 O.С.Axманова.



 

Очерки по общей и русской лексикологии. M.,  1957, с.169. 

 


 

amalga oshirilgan bo’lsada, lekin ushbu tillardagi sanoq sonlarga oid frazeologik 



birliklar maxsus o’rganilmagan. Shu sababli ishda hindiy tilida son so’z turkumiga 

oid frazeologik birliklarlarning o’ziga xos xususiyatlari atroflicha o’rganildi. 

To’plangan frazeologik birliklarning leksik-semantik xususiyatlari sintaktik 

jihatdan tahlil qilindi. 

Mazkur bitiruv malakaviy ishimiz hindiy tili leksikologiyasining tarkibiy 

qismi sifatida, lug’atlar tuzishda tegishli so’zlarning semantik qirralarini yoritish 

maqsadida, Hindistonning madaniyati, san’ati va etnografiyasini yoritish uchun 

katta ahamiyatga egadir. Shuningdek hindiy tilidan asosiy sharq tili sifatida 

o’qitiladigan mashg’ulotlarda misollardan keng foydalanish mumkin.          

Yuqoridagilardan anglashinadiki mazkur ish hindshunoslik sohasining   dolzarb 

masalalaridan biriga bag’ishlangandir.  

Natijalarning joriy qilinishi. Mazkur ilmiy ish natijalari bo’yicha 

hindshunoslikka bag’ishlangan ilmiy anjumanlarda, jumladan, Toshkent Davlat 

Sharqshunoslik institutining Janubiy Osiyo tillari kafedrasi tomonidan tashkil 

etilgan  “Yosh hindshunoslar ilmiy anjumani”da (2009- yil noyabr), shuningdek 

har yili Janubiy Osiyo tillari kafedrasi qoshida o’tkazib kelinadigan  “Talabalar 

ilmiy anjumani” da ham muntazam ravishda mavzu yuzasidan ma’ruzalar 

qilingan(2010, 2011- yilning mart oylari davomida). 

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Bitiruv malakaviy ishimizning 

mazmuni 3 qismda jamlangan. Bular: Kirish; Asosiy qism; Xulosa; Foydalanilgan 

adabiyotlar ro’yxati va Ilovadan iborat. 

Birinchi bobda frazeologik birliklarning o’ziga xos ifodalanish xususiyatlari 

hindiy, rus va o’zbek tilshunos olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy-nazariy 

manbalarga tayanilgan holda atroflicha o’rganildi va ular orasidagi o’ziga xos 

ifodalanish jihatlari misollar yordamida ko’rsatib beriladi. 

Ikkinchi bobda hindiy tilida “bir” dan “o’n” gacha bo’lgan sanoq sonlardan 

yasalgan frazeologik birliklar leksik-semantik jihatdan (frazeologik butunlik, 

frazeologik qo’shilma va frazeologik chatishma)  tahlil qilinadi. 



 

Uchinchi bobda to’plangan barcha misollar strukturaviy-sintaktik tahlilga 



tortiladi. 

Xulosada esa olib borilgan tahlil natijalariga ko’ra yakuniy xulosalar 

chiqariladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

10 

 

ASOSIY QISM 



I   BOB.  HINDIY VA O’ZBEK TILLARIDA FRAZEOLOGIK 

BIRLIKLARNING IFODALANISH XUSUSIYATLARI. 

1.1.

 

Frazeologik birliklar yuzasidan ilmiy-nazariy qarashlar. 

Til qurilishining lug’aviy sathida leksik va frazeologik qatlamlar mavjud. 

Lug’aviy sathidagi frazeologik qatlam, shuningdek, uni o’rganuvchi soha ham 

frazeologiya deb yuritiladi. 

Frazeologiyaning hajmini keng tushunish va tor tushunish bor. Keng 

tushunishda frazeologiya doirasiga, so’zlarning turg’un birikmalaridan tashqari, 

maqol, matal, aforizm ham mansub deb qaraladi. Frazeologiya deb so’zlarning 

semantik bog’lanishlari tushunish ham mavjud. Bu hodisalardan faqat bir turini – 

so’zlarning turg’un birikmalarini – til birligi deb baholash mumkin. 

Olimlar aniq ilmiy mezonlarga suyanib, frazeologik birlik deb, so’zlarning 

barcha tur turg’un birikmalarini emas, balki shulardan bir qismini tan oladilar. 

Frazeologik birlik bo’lish uchun, so’zlaring turg’un birikmasi obrazli ma’no, 

ko’chma ma’no anglatishi shart. Frazeologik birlikdan yaxlitligicha 

anglashiladigan ma’no uning tarkibidagi komponentlarga xos leksik ma’nolarning 

oddiy yig’indisiga teng bo’lmaydi, iboraning ma’nosi umumlashma ma’no, mahraj 

ma’no sifatida namoyon bo’ladi. Fikrlarimizni umumlashtiradigan bo’lsak, 

frazeologik birliklar deyilganda, tilda tayyor holda mavjud bo’lgan va nutqqa 

shundayligicha olib kiriladigan, shaklan so’z birikmasi yoki gapga o’xshaydigan, 

mazmuni ko’chma ma’noga asoslangan til birliklarini yoki lug’aviy birliklarni 

tushunamiz.  

 Keyingi yillarda frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb 

etyapti. Frazeologik birlikllar u yoki bu xalqning o'ziga xos hayoti, tarixi va 

madaniyatini aks ettiradi. Frazeologik so'z boyligini bilish va uni yaxshiroq 

egallash nafaqat nutqqa zeb beradi, balki o'rganilayotgan til sohiblarining 

mentalitetini yaxshiroq tushunishga ko'mak beradi. Xorijiy tilning frazeologiyasini 


11 

 

o'rganish nafaqat so'z boyligini o'rganish samardorligini oshiradi, balki tilning 



o'lkashunoslik bilan bog’liq bilimlar bilan boyishiga olib keladi. 

 Biz axborot yo'llar orqali ma’lumotlarni saqlaymiz va bir-birimizga 

yetkazamiz.  Masalan, audio-video vositalari orqali, shuningdek, elektron 

variantda. Qachonlardir, xatto yozuv shakllanmagan bir paytda tajribani o'zaro 

yetkazishning birgina oddiy va jo'n, hamma uchun qulay vositasi bo'lgan: bu 

bizning tilimiz. Bizgacha ota bobolarimizning qo'shiq, masal, ertak shaklida 

hikmatli so'zlari yetib kelgan. Ammo eng muxtasar, axborotga boy va eng 

mahsuldor so'zlar maqol va matallar hisoblanadi. Ayni ular o'z badiiy mazmuni 

tufayli nutqimizni yorqin va ifodali qiladi. Jahon xalqlarining maqollari ko'p 

umumiy jihatlarga, shuningdek, ayni bir xalqning o'ziga xos madaniyatini, uning 

ko'p asrlik tarixini  ko'rsatib beruvchi maxsus xususiyatlarga ega. Frazeologik 

birliklarda teran mazmun, xalq donoligi  ildizlari uzoq o'tmishga borib taqaluvchi 

xalq donoligi mujassamdir. Ular xalqning madaniyati, an’analari va tarixining 

ini'kosidir, ular orqali biz yaxshilik va yomonlikni anglaymiz.  

  Ko'p  tadqiqotchilarning  izlanishlaridan ma'lumki, frazeologik birlik 

tilshunoslikning o'ta murakkab ko'p qirrali obyekti hisoblanadi. Tilning yaxlit 

lug'aviy birligi sifatida uni grammatik, semantik, funktsional, xatto 

jamiyatshunoslik jihatdan o'rganish mumkin.  

Frazeologik birliklar, so'z birikmalarning, o'zaro semantik bog'liq 

birikmalarining umumiy nomi bo'lib, ular shakliga ko'ra o'xshash sintaktik 

qurilmalardan farqlidir, ular nutq paytida yuzaga chiqmaydi, ularda fikr ifoda 

etilayotganda semantik qurilma va aniq leksik-grammatik tarkibning 

aniqlashtirilgan mutanosibligi saqlanadi.

18

  



“Frazeologiya” atamasiga tilshunos olimlar o’zlarining qarashlariga muvofiq 

turlicha ta’rif berib o’tganlar.  

                                                            

18

  Лингвистический энциклопедический словарь. 2 издание, дополненное. -М.: Научное издательство Большая 



Российская энциклопедия, 2002. -707 б.

 


12 

 

Masalan, mashhur tilshunos olim V.N.Teliya “Frazeologiya atamasi 



lingvistikaning , frazeologik birikmalarning grammatik tuzilishi va ma'nosidan 

qat'iy  nazar ularning barcha xususiyatlarini o'rganuvchi bo'limdir” deb yozadi.

19

 

 S.Alpatovning fikricha, "Frazeologiya” so'zining bir necha ma'nosi bor. 



Lingvistik  atama sifatida u tilshunoslikning alohida sohasi bo'lib, frazeologik 

birliklar deb atalavuchi turg'un so'z birikmalarini o'rganadi. Shuningdek, muayyan 

tilga xos mazkur birikmalarning yig'indisini anglatadi.  

N.M Shanskiy frazeologizmga quyidagicha ta'rif bergan: "Frazeologizmlar 

turg'un so'z birikmalari kabi tilning tayyor so'z birikmasi bo'lib, ma'no jihatidan 

yaxlit mazmunga ega. Ular tarkibidagi so'zlar va komponentlarning joylashishi 

o'zgarmaydi.

20

 



 O.S.Axmanovaning fikricha, “frazeologizmning erkin so'z birikmasidan 

farqi uning bir butun ma'no berishidir”.

21

 

E.A.Umarov ko'pgina tilshunoslarning ishlari bilan tanishib chiqib, bu 



olimlarning leksiklashgan turg'un so'z birikmalarini ularning komponentlari to'g'ri 

yoki ko'chma ma'no bildirishiga qaramay frazeologizmlarga qo'shadilar. Bunga 

qarshi o'laroq u ma'nosi komponentlarning leksik ma'nosidan kelib chiqmaydigan 

so'z birikmalarni frazeologizm deb ataydi. Bunda komponentlarning bari yaxlit 

holda bir butun ma'noni beradi.

22

 



    Frazeologik  birlikka  olimlar  turlicha nom beradilar - frazeologik 

birlik(frazeologichaskaya yedinitsa,), frazeologicheskiy oborot(frazeologik o’ram), 

frazeologik birikma(frazeologicheskoe sochetanie) va frazeologizm, frazema. Biz 

esa frazeologik birlik atamasini qo'llaymiz.  

Ensiklopedik lug’atlarda “Frazeologiya” atamasiga quyidagicha ta’rif 

berilgan: “Frazeologiya - (yunoncha – “phrases" ibora,nutq birikmasi, “logos" fan, 

                                                            

19

  Телия В.Н. Что такое фразеология, Москва, “Наука” ,1966.  С.10 



 

20

  Н.M Шанский. Лексикология современно  русского языка, M., 1972, с. 173 



 

21

  O.С.Axманова. Очерки



 

по общей и русской лексикологии. M.,  1957, с.169 

 

22

 E.A.Umarov Frazeologik lug'at, Xazoin-ul maoniy A.Navoiy, Toshkent 1971, 14



 

13 

 

tushuncha)  tilning tarixiy rivoji va hozirgi holatiga doir frazeologik tarkibini 



o'rganuvchi tilshunoslik bo'limidir”.

23

  



     "Frazeologiya"  tushunchasi uning ko'lami va boshqa bo'limlar bilan 

chegarasini aniqlashtirish muammosi bilan uzviy bog'liqdir.  

       Frazeologiya  boshqa    fanlar  kabi o'z chegarasiga ega bo'lishi kerak. 

A.M. Babkinning fikricha, bu chegaralarni "o'rnatish" uni mustaqil fan sifatidagi 

maqomini aniqlash va asoslash uchun o'ta muhimdir. Olimning ta'kidlashicha, 

frazeologiyaning ko'lami va chegarasi frazeologik birlikning nechog'lik turg'unligi 

va unga xos asosiy jihatni aniq ko'rsatib berish muammosi bilan chambarchas 

bog'liqdir. Shu yerda S.I.Ojegovning "Ikki frazeologiya g'oyasini" aytib o'tish 

joizdir. Olim "tor ma'nodagi" keng ma'nodagi frazeologiyani ajratgan. U bunga 

frazeologik birliklarga xos turg'un strukturasini asos qilib olgan. Tilshunos 

olimning  ta'kidlashicha " tor ma'nodagi" frazeologiyaning ham qamrovi kengdir. 

Bu ham uning ko'lamini aniqlashda qiyinchilik tug'diradi, holbuki, uning tarkibiga 

o'ziga xos strukturaviy xususiyatlarga ega turfa xil birikmalar tarkibiga kiradi. 

Keng ma'nodagi frazeologiyaga olim istalgan turg'un so'z birikmalarini hatto erkin 

so'z birikmalarini kiritib yuboradi.

24

  



  M.M.Kopilenko  va  Z.D.Popovalarning fikriga ko'ra, rus tilida 

qo'llaniladigan jamiki turg'un so'z birikmalari rus tili frazeologiyasining akademik 

lug'atidan joy olishi kerak, shuning uchun bu tadqiqotchilar frazeologik birliklar 

sirasiga "okazat pomosh" - yordam ko'rsatmoq, "proizvodit vpechatlenie" - yaxshi 



taasurot qoldirmoq kabi so'z birikmlarini ham kiritgan.

25

 



Hozirgi o’zbek frazeologiyasi fanida qabul qilingan qarashlarga ko’ra, 

frazeologik birliklar muayyan nutqqa kiritilgunga qadar ham mazmun, ham ifoda 

                                                            

23

  



Лингвистический энциклопедический словарь. 2 издание, дополненное. -М.: Научное издательство Большая 

Российская энциклопедия, 2002. -707 б.

 

24

 



С.И.Ожегов, О структуре фразеологии, M., 1957, с.38. 

 

25



 

 Очерки по общей фразеологии, Ворониж, 1972, с. 17. 

 


14 

 

planida shakllanib bo’lgan va til iste’molchilari tomonidan shu holatda anglab 



yetilgan hamda qabul qilingan bo’ladi. Buning ma’nosi shuki, frazeologik 

birliklarning nutqqa tayyor holda olib kirilishi ularni til hodisasi sifatida e’tirof 

etishimizni taqozo etadi. Ko’pchilik tadqiqotchilar ularni til birligi deyilishida 

masalaning ana shu jihatini e’tiborga olishgan. Hatto, Ferdinand de Sossyur ham 

“Umumiy tilshunoslik kursi” asarida “Tilda shunday tayyor birikmalar borki, 

ularning uzual xarakteri ma’nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqadi. … 

bunday birikmalar tayyor holda, an’anaga ko’ra qo’llanadi” degan edi.

26

 



 Frazeologizmlar, albatta, birdan ortiq so’zning birikuvidan tarkib topib, so’z 

kabi bir tushunchaga asoslangan ma’noni bildiradi. Lekin uning tarkibida bir 

nechta so’z bo’lishiga qaramay, bir so’z kabi bir lug’aviy birlik hisoblanadi. U 

so’zlar birligidan tarkib topgan birikma yoki predikativ qo’shilma qolipli bo’lsa 

ham, birikma yoki predikativ qo’shilma kabi nutq jarayonida yuzaga kelmaydi, 

balki tilda tayyor lug’aviy birlik holatida bor ekanligi holda, nutq uchun 

shundayligicha tanlanadi.  

              Odatda  bitta  so’zga teng keladigan leksemaga nutq birligi sifatida 

qaralar ekan, bir necha so’zning qo’shilishidan tarkib topgan frazeologik birliklarni 

ham nutq birligi deb atashimizga nima monelik qiladi?  Bu so’zlar nutqdan 

tashqarida bo’lgan qanday holatda va qachon ibora tarzida birikib ulgurgan? 

Ma’lum bo’ladiki, ular tilda turg’unlashib, ma’lum bir ma’noni ifodalaydigan va til 

sohiblari uchun tushunarli holiga kelgunga qadar qandaydir o’zaro birikish, 

sintaktik munosabat jarayonini kechirgan bo’ladi. O’z-o’zidan ayonki, bu birikish 

faqatgina nutqda amalga oshadi. Turg’unlashish va nutqda til elementi sifatida, 

tayyor holda ishtirok etish esa bu birliklar hayotidagi ikkinchi bosqich sanaladi. 

Demak, ular mana shu holatga kelgunga qadar, ya’ni til hodisasiga aylangunga 

qadar ham nutqiy jarayonda ishtirok etish vazifasini o’tagan. 

A.E.Mamatovning quyidagi fikrlari masalaning mohiyatini yana ham 

oydinlashtiradi:   “… frazeologiyani “keng” va “tor” ma’noda tushunish noto’g’ri, 

uni bitta ma’noda tushunish kerak. Ular qanday til birliklari deb tasnif qilinishidan 

                                                            

26

  Фердинанд де Соссюр. –M. 47-50 с. 



15 

 

qat’iy nazar, aforizmmi, maqol yoki matalmi, turg’un so’zlashuv formulalarimi, 



“qanotli so’zlar”mi, xullas, agar ular frazeologizmning biz bergan ta’rifiga mos 

tushsa, undagi talablarni bajara olsa, ya’ni tuzilishi jihatidan so’z birikmasiga yoki 

gapga teng bo’lgan, obrazli, umumlashgan ma’no anglatadigan, leksik elementlari 

qisman yoki to’liq ko’chma ma’noga ega bo’lgan, lug’atlarda qayd etilgan har 

qanday turg’un leksik-semantik birliklar frazeologik birliklar doirasiga kiritilishi 

shart”.


27

 

Frazeologik birliklarda ham barcha birliklar singari ifoda va mazmun planiga 



ega. Ifoda planida uning qurilishi tushuniladi. Bu qurilmada kamida ikkita mustaqil 

so’z (leksema) ishtirok etib, o’zaro sintaktik bog’langan bu so’zlar mohiyatiga ko’ra 

birikma yoki gapga teng bo’ladi. Demak, ifoda planida ular so’z birikmasi yoki gap 

shaklida bo’lsa, mazmun planida leksemaga teng bo’ladi  (ma’no hamma vaqt ham 

aniq voqe’lanmasligi mumkin). Tadqiqotchilar leksik so’z birikmalari, deganda 

frazeologik birliklarning ana shu jihatlarini nazarda tutishgan.  “…mazmun planiga 

ko’ra frazeologik birliklar leksik birlik (so’z)larga yaqin tursa, ifoda plani jihatidan 

ular sintaktik birlik (so’z birikmasi,gap)larga yaqindir. Ammo frazeologik birliklar 

so’zga ham, so’z birikmasiga ham, gapga ham to’la ma’noda teng emas”. 

K.M.Gyulumans “Polyak tilidagi ayrim turg’un birikmalar semantikasining 

evolyusiyasi” nomli ma’ruzasida quyidagilarni bayon qilgan edi:  “Erkin 

birikmalarning turg’un birikmalarga o’tish sabablaridan biri leksikalizatsiya jarayoni 

bo’lib hisoblanadi. Frazeologiya sohasidagi leksikalizatsiya deb, biz birikma 

tarkibidagi alohida komponentlar semantik ma’nolarining asta-sekin sezilmaydigan 

darajaga kelishini, frazeologizmlarning birikma qismlari ma’nolari ustida turadigan 

umumiy ma’noga ega bo’lishini ataymiz.”

28

 

 



                                                            

27

 Mamatov A.E. Hozirgi zamon o’zbek adabiy tilida leksik va frazeologik norma muammolari. T:. 2001. – 274 b. 



 

28

  Гюлумянц  К.М.  Эволюция  семантики  некоторых  устойчивых  сочетаний  польского  языка // Материалы 



Всесоюзной  конференции  по  общему  языкознанию  «Основные  проблемы  эволюции  языка»,  часть II. 9-16 

сентября 1966 года. – Самарканд: Фан, 1966, с.239-242. 

 


16 

 

   Frazeologiya  sohasida  akademik V.V.Vinogradovning katta hissasi bor. 



Rus tilshunosligida frazeologiya masalalariga bag’ishlangan eng yirik ish sifatida 

uning asarlarini ko’rsatish mumkin.

29

 Akademik V.V.Vinogradov frazeologiya 



haqida fikr yuritgan olimlarning yutuq va kamchiliklarini hisobga olib, bu sohani 

o’rganishda yangi bir nazariyani olg’a suradi. U o’z tasnifida ibora tarkibidagi 

so’zlar ma’nolarining o’zaro munosabatini hamda ibora komponentlarining 

ma’nolari bilan iboradan kelib chiquvchi ma’no o’rtasidagi munosabatni asos qilib 

oladi. Qisqacha aytadigan bo’lsak, u rus tili frazeologik birligining ma’no jihatdan 

tasnifini ishlab chiqqan. Olim frazeologik birliklarni quyidagi guruhga bo'ladi: 

1)  Turg'un so'z birikmasining bir butun ma'nosi tarkibidagi 

komponentlarning ma'nosidan kelib chiqmaydigan, umuman unga taaluqli 

bo'lmagan so'z birikmlarini frazeologik chatishmalar (frazeologicheskiye 

srasheniya). 

2)  Ma'no jihatdan bir butun birlik bo'lib, ammo shu ma'noga so'z 

birikmasining u yoki bu komponentining ta'siri seziladi (frazeologicheskiye 

yedinstva). 

3) 


 Turg'un so'z birikmasi tarkibidagi komponentlardan birining ma'nosi 

to'g'ri bo'lib boshqa komponentlar esa ko'chma ma'noda bo'ladi (frazeologicheskiye 

sochetaniya).  

  Akademik V.V.Vinogradov tasnifining umumiy printsiplari boshqa tillarga 

ham tatbiq etilishi mumkin. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling