Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Afrosiyob - er.avv. VI asrda paydo bo‘lgan. Hozirgi
Samarqandning shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Er.avv. I ming - yillik o‘rtalarida shahar 219 gektarni tashkil etgan. Shahar dastlab tuproq bilan o‘rab olingan bo‘lgan. Keyinchalik, xom g‘ishtdan qurilgan devor bilan o‘rab olingan. Devorning ma’lum joylarida o‘q otish uchun mo‘ljallangan shinaklar bo‘lgan. Shaharning shimoliy qismida ark joylashgan bo‘lib, bu qism qo‘shimcha ravishda mustahkamlangan bo‘lgan. Afrosiyob ilk bor yozma manbalarda 14 Marakanda nomi bilan Aleksandr Makedonskiy bosqini bilan bog‘liq voqealar munosabati bilan tilga olinadi. Yerqo‘rg‘on - er. avv.VI asrda paydo bo‘ladi. Ushbu davrda shahar mudofaa devoriga ega bo‘lgan bo‘lsada, ushbu devor bizgacha saqlanmagan. Er. avv. VI asrda shahar kengayib, yangitdan mudofaa devori bilan o‘rab olinadi. Devor qalinligi 3 metr, balandligi 8 metr bo‘lgan. Devorning har 10-12 metrida minoralar joylashgan. Shaharning shimoliy qismida ark joylashgan. Arkning shimoliy qismida esa saroy joylashgan. Shahar maydoni ushbu davrda 35 gektarni tashkil etadi. Shahar markazida ibodatxona bo‘lgan. Bundan tashqari shaharning sharqiy qismida hunarmandchilik mahallalari joylashgan bo‘lgan. Shahar er. avv. III-II asrlarda 150 gektarni tashkil etib, yangitdan tashqi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Ushbu davrga oid aholi turar joylari, maqbara ochib o‘rganilgan. Shahar atrofida ham aholi manzilgohlari zich joylashgan. Qiziltepa - er. avv. VIII-VII asrlarda aholi manzilgohi sifatida paydo bo‘ladi. Er. avv.VI asrda mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Shahar ushbu davrda to‘rtburchak ko‘rinishga ega bo‘lib, umumiy maydoni 30 gektarni tashkil etgan. Shaharning janubiy-g‘arbiy qismida ark joylashgan. Uning maydoni 2 gektarni tashkil etadi. Uzunqir - Sho‘robsoy bo‘yida joylashgan. Uzunqir er. avv.VII asrda paydo bo‘lgan. Shaharning umumiy maydoni 70 gektarni tashkil etadi. Shahar dastlab mudofaa devori bilan er. avv.VII asrda o‘rab olingan. Devor to‘rtburchakli xom g‘ishtdan qurilib, to‘rtburchakli minoralar bilan mustahkamlangan. Minora ichidagi xonalar va devordagi shinaklar shahar mudofaasini kuchaytirishga xizmat qilgan. Er. avv.VI-V asrlarda ikkinchi devor birinchiga taqab quriladi. Er. avv. VI-IV asrlarda shahar uchinchi marotaba devor bilan o‘rab olinadi va bu devor ham oldingi devorlarga taqab quriladi. Natijada shahar mudofaa devorining qalinligi 6 metrga etadi. Uzunqir Qashqadaryo vohasining sharqiy qismidagi ma’muriy va xo‘jalik markazi vazifasini bajargan. Qarshi shahrining 2700 -yillik yubileyining nishonlanishiga ham Uzunqirdan topilgan arxeologik materiallar asos bo‘lgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling