Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Sopollitepa - Surxondaryo hududidagi eramizdan avvalgi 2 ming
- yillikning o‘rtalariga oid qadimiy shahar. Yodgorlik Muzrabot tumanidagi Ulanbuloqsoy etagida joylashgan va yaxlit bir qurilish 13 usulida bunyod etilgan. Yodgorlik kvadrat (82 x 82 m.) shaklida bo‘lib, uch qator mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Mudofaa devorlari “T” shaklida bo‘lib, unda aldamchi darvozalar joylashgan. Qal’aning haqiqiy darvozasi bitta bo‘lib, u aldamchilardan farq qilmagan. Qal’a ichida 8 ta mahalla joylashgan. Ular alohida-alohida qurilgan va yo‘laklar orqali bir-birlari bilan bog‘langan. Sopollitepa aholisi uy poli yoki devor tagiga dafn qilingan. Jarqo‘ton - Surxondaryo viloyatining Sherobod shahri yaqinida bo‘lgan. Maydoni 100 gektar. Eramizdan avvalgi 2 ming -yillik o‘rtalariga oid. Yodgorlik akademik A.Asqarov boshchiligidagi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Yodgorlik uch qismdan iborat: 1. Ark-5gektarni tashkil qilgan. Mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Bu yerda saroy qoldiqlari ochib o‘rganilgan. U kvadrat shaklida(o‘lchami 36x 36 metrga teng) bo‘lib, atrofi qalinligi 4,5 metr bo‘lgan mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Arkka maxsus darvoza orqali kirilgan. 2. Shahriston - 50-75 gektarni tashkil qilgan. Uning eng baland qismida otashparastlik ibodatxonasi joylashgan bo‘lgan. Ibodatxonaning atrofi qalinligi 4,5 metr bo‘lgan devor bilan o‘ralgan bo‘lgan. Ibodatxona ikki qismdan, muqaddas otashkada va ishlab chiqarish - xo‘jalik qismlaridan iborat bo‘lgan. Ibodatxonaning muqaddas qismi kvadrat shaklida (35 x 35 metrga teng) bo‘lib, u yerda muqaddas olov va suvga sig‘inish bilan bog‘liq unsurlar (muqaddas quduqlar, mehroblar, xilxona, xazinaxona va 4 ta bosh mehroblar joylashgan baland maydon) bo‘lgan. Ibodatxonaning ishlab chiqarish - xo‘jalik qismida muqaddas ichimlik-xaoma tayyorlaydigan xona, mozor inventarlari tayyorlaydigan ustaxonalar va ibodatxonaga ajratilgan oziq-ovqat ombori joylashgan bo‘lgan. Bu ibodatxona umumshahar ibodatxonasi hisoblangan. 3. Qabriston - 15-20 gektarni tashkil qilgan Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling