Utayeva feruza xolmamatovna
Xorazm arxeologiya-kompleks
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Xorazm
arxeologiya-kompleks ekspedistiyasi Shemaxaqal’ada arxeologik tekshirish islari olib borgan. Shemaxaqal’a Xorazmning 13 - 14 - asrlardagi yirik savdo- hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Ko‘hna Urganchdan 50 km g‘arbda joylashgan. Barpo etilgan davri aniq belgilanmagan. S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm arxeologiya-kompleks ekspedistiyasi tomonidan 1946 va 1948 -yillarda tekshirish ishlari olib borilgan. Shemaxaqal’a 2 qismdan iborat. Qadimgi qismida to‘g‘ri burchak hosil qilib kesishgan ko‘chalar bo‘lgan. Paxsadan bunyod etilgan mudofaa devorining janubiy tomonida minoralari va darvozasi bo‘lgan. Shaharning chekka qismidagi mahallalar Oltin O‘rda davrida vujudga kelgan. Shahar markazida tosh 122 bloklardan yasalgan jome masjidi va amaldorlarning uylari joy- lashgan. Shahar atrofida hunarmandlar mahallalari bo‘lgan. Xorazm arxeologiya-kompleks ekspedistiyasi tomonidan ko‘plab shahar madaniyatiga ta’luqli topilmalar topilgan. Shohsanam qadimgi shahar miloddan avvalgi 1 - ming -yillik - milodiy XIII asrlarga ta’luqli. Ko‘hna Urganch shahridan 90 km janubiy - g‘arbda joylashgan. 1939 va 1952 -yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspedistiyasi tomonidan o‘rganilgan. Shohsanam milodiy IV asrda tushkunlikka uchrab, IX asrda qayta tiklangan. Biroq XIII asrda mo‘g‘ullar hujumi natijasida vayron qilingan. Shaharning ichidan va atrofidan shishasozlik, kulolchilik ustaxonalari, hammom va masjid xarobalarining qoldiqlari topilgan. Shohsanamdan qal’a devorlari ochilgan. Shulardan o‘rta asrlarda qurilgan istehkomlar yaxshi saqlangan. Shahar markazida XII asrga oid peshtoqi ganchdan manzarali o‘ymakorlik naqshlar bilan bezatilgan masjid ochilgan. Qazish paytida tangalar, sopol, jez, shisha va toshdan yasalgan idishlar, bezaklar, buyumlar, mato, madaniy o‘simlik va maqbara qoldiqlari topilgan. Savdo munosabatlarining taraqqiyoti Xorazmni Buyuk Ipak yo‘lining Markaziy tarmoqlari kesishgan markazlardan biriga aylanishiga, turli sohalarga ixtisoslashgan ayniqsa, savdo munosabatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan savdo markazlarining vujudga kelishiga olib kelgan. Shaharlarning tutgan o‘rni, ko‘p hollarda, uning ijtimoiy - iqtisodiy imkoniyati va karvon yo‘llari bilan aloqasi, savdo munosabatlariga qanday tortilganligi bilan belgilangan. Istaxriy va Muqaddasiy asarlarida Xorazm savdo markazlarining tavsifi, Xorazm iqtisodiy geografiyasi, shaharlar va qishloqlarning savdo munosabatlari, bozorlari va karvon-saroylariga katta e’tibor berilgan. IX-XIII asrlar manbalarining deyarli barchasida Xorazm nafaqat Movarounnahr balki butun Musulmon Sharqining eng taraqqiy qilgan, shaharlari ko‘p, dehqonchilik chorvachilik, hunarmandchilik gullab- yashnagan, va savdo munosabatlari juda rivojlangan hududlardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Iqtisodiy va madaniy yuksalish mo‘g‘ul boqini munosabati bilan biroz to‘xtab qolgan. Bir oz vaqtgacha Xorazm shaharlari vayrona ichida qoldi. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, mo‘g‘ul bosqini ham juda qadimdan shakllanib, rivojlanib 123 kelayotgan Xorazm shahar madaniyati tarqqiyotini butunlay to‘xtatib qo‘ya olmadi. Xorazm vohasi mehnatkashlarining yaratuvchanlik mehnati tez orada, iqtisod va madaniyat bilan bir qatorda, Xorazm savdo markazlarining, ayniqsa uning Oltin O‘rda davlati tarkibiga kirgan qismi (mo‘g‘ul bosqinidan so‘ng Xorzm Oltin O‘rdaga kiruvchi Shimoliy Xorazm va Chig‘atoy ulusiga kiruvchi Janubiy Xorazmga bo‘lingan edi) shaharlarning o‘z qaddini tiklab olishga olib keldi. Keyingi o‘rta asrlar mualliflarining asarlarida Xorazm savdo shaharlari, ayniqsa, Urganch yana o‘z davrining eng yirik savdo markazlari sifatida, Xorazm (ko‘proq Shimoliy Xorazm) shu davrning eng boy va iqtisodiy mavqei baland hududlardan biri sifatida tilga olinadi. Jumladan, Xorazmni Eron bilan bog‘lovchi karvon yo‘llari mavjudligi qayd etilgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling