Utayeva feruza xolmamatovna


 Mizdaxqon, Devkesgan o‘rta asr shahar qal’alari


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

7.3. Mizdaxqon, Devkesgan o‘rta asr shahar qal’alari 
Mizdaxqon - Xorazmdagi yirik o‘rta asr shahari. Xo‘jayli 
shahridan 7 - 8 km g‘arbda joylashgan. Antik davrga oid qishloq 
xarobasi o‘rnida V-VI asrlarda bunyod etilgan qasr asosida vujudga 
kelgan va mo‘g‘ullar hukmronligining oxirigacha (XIV asr) mavjud 
bo‘lgan. Mizdaxqon 2 tepalikdan iborat. Ulardan biri (Gabr qal’a) 
Mizdaxqonning qadimgi qismi bo‘lib, uning qalin paxsa devori va 
arkining 
qoldiqlari 
saqlangan. 
Mizdaxqonning 
2-tepaligi 
qabristonga aylangan. Uning maydonining bir qismida Mazlumxon 
Suluv maqbarasi (XIII asr oxiri - XIV asr boshi) joylashgan. 
Mizdaxqonni arxeologik jihatdan o‘rganish ishini 1928-yilda 
A.Yakubovskiy boshlagan. 1962-, 1964-1965-yillarda Mizdaxqonda 
S.P.Tolstov 
rahbarligida 
Xorazm 
arxeologiya 
etnografiya 
ekspeditsiyasi qazishmalar o‘tkazgan. Natijada Mizdaxqonning 
tarixi va Xorazmning islom dinigacha bo‘lgan qadimgi diniga oid 
ko‘plab qimmatli ma’lumotlar olindi. X asrda Mizdaxqon obod 
shahar bo‘lib, atrofida 12000 turar joy qo‘rg‘onlari joylashgan. 
Mizdaxqondagi qabristonga zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan 
marhumlar ossuariylarga solib ko‘milgan. Ossuariylarda rang-barang 
mazmundagi naqshlar va qadimgi xorazmiy tilida yozilgan bitiklar 
saqlangan. Xorazmni arxeologik va etnografik jihatdan o‘rganish 
1928-1929 -yillarda boshlangan. A.Yu.YAkubovskiy boshchiligidagi 
ekspeditsiya xorazmshohlar poytaxti - Urganch (hozirgi Ko‘hna 
Urganch) dagi me’moriy yodgorliklarni va ilk o‘rta asr shahri 
Mizdaxqonda qazishma ishlari olib borgan.
Devkesgan qal’a - qadimgi shahar. Ko‘hna Urganchdan 60 km 
g‘arbda joylashgan. Devkesgan qal’a baland tepalikda ulkan 
to‘rtburchak shaklida qurilgan bo‘lib, mudofaa devorlari toshdan 


117 
ishlangan, devor bo‘ylab ko‘plab burjlar qurilgan, asosiy darvoza 
oldiga murakkab tarhli inshoot bunyod etilgan. Qal’a atrofi chuqur 
xandaq bilan o‘rab olingan. Qal’a ichida so‘nggi o‘rta asrlarga oid 
ko‘plab tosh inshootlarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Balandlikda 
joylashgan qal’a etaklarida xom g‘ishtlardan qurilgan mudofaa devori 
bilan o‘ralgan o‘rta asrlarga oid “pastki shahar” joylashgan, undan 
ko‘plab sopol buyumlari topilgan. Har ikki shahardan janubiy-
g‘arbroqda shu davrga oid tarhi to‘rtburchak chorbog‘ bunyod 
etilgan. Devkesgan qal’a xarobasi o‘rnida XVI-XVII asrlarda Vazir 
shahri bo‘lgan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling