Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Binkat IX – XII asrlarda. Binkat Shoshning poytaxti
bo‘lganligini V.V.Bartold aytgan. Binkat shaharning o‘rni Toshkentning to‘rt dahasi (nohiya)dan, asosiy uchtasi: Sebzor, Ko‘kcha, Beshyog‘och hududida joylashgan. Devorlari to‘rt qism ark, shahriston, ichki va tashqi rabod (kichik nohiya)dan iborat bo‘lgan. 133 Arkning ikki darvozasi bo‘lgan. Biri shahritonga ikkinchisi rabotga chiqqan. Shahristonni Abul Abbos, Qasr, Gunbaz deb ataluvchi darvozalari bo‘lgan. Xadra,Xadiroq nomlari ham uchraydi bu adirli yer ma’nosini bildiradi. Aholi sharqiy darvozadan chiqqan joyi Xadra deb yuritilgan va aholi adirlarga chiqqanlar. Ikkinchi darvozasidan shahar aholisi tovoq bozoriga, uchinchi darvozasi Chorsudagi qandolat bozoriga chiqishgan. Shahar hokimining saroyi, qamoqxona, chaqa va tangalar chiqaradigan zarbxona arkning ichida bo‘lgan, jome masjid uning tashqarisida joylashgan. Hunarmandlarning mahalla-ko‘ylari, amirlarning qarorgohlari, boy yer egalarining ko‘shk va qurg‘onlai va bozorlar Binkatning shahriston, ichki va tashqi rabot qismida bo‘lgan. Ayniqsa bozorlarning ko‘pi ichki rabodda joylashgan. Masalan, hozirgi kunngacha mashhur bo‘lgan Eski Jo‘va aslida “ju’ba”, ya’ni bozor so‘zidan olingan. Shu joyda bozor bo‘lib shahar aholisi hunarmandchilik va bog‘dorchilik mahsulotlarini sotganlar. Eski Jo‘vadan shimoliroqda Sa’von mahallasining asli “Suqbon”, ya’ni “bozor qorovuli” ma’nosini bildirgan. Chunki dashtdan haydab kelingan otar-otar qo‘ylar, qoramol va -yilqilarni qo‘riqlab, bozorda farroshlik hamda jalloblik (olib sotar) qilgan kishilar shu mahallada yashagan. 1966 -yil zilziladan so‘ng Toshkentda boshlangan ulkan qurilishlar munosabati bilan Yahyo G‘ulomov boshchiligidagi tashkil etilgan Toshkent arxeologik ekspedisiyasi Binkatning shahar tashqarisidagi eng sersuv, bog‘-rog‘lari, tokzorlari, ekin maydonlari ko‘proq bo‘lgan huddudni tekshirdilar. X-XI asrlarda Binkat va uning atrofidagi qishloqlarda kulolchilik va shishasozlik mahsulotlari ancha yuqori bo‘lgan. Sopoldan turli buyumlar uyinchoqlar yashashgan. Yosh bolalar uchun ot, tuya, xo‘roz, qo‘chqor kabi sopol haykalchalar yasab ularga tortiq qilganlar. X-XI asrlarda oid Binkatning shishasozlik ustaxona qoldiqlari “Olmazor” massividan topilgan. Shishasozlar Samarqand, Buxoro va Axsikat shaharlari ustalaridan qolishmaydigan darajada hunar va mahoratga ega edilar. Temirdan asbob uskunalar, ip va ipak gazlamalar, joynomoz va choyshablar, poyafzallar, chodirlar va boshqa hunarmandchilik mahsulotlari, jumladan Qozog‘istonga chiqarilgan. U yerda kamon va o‘q-yoy yasaladi, uzoqqa otilishi va nishonga aniq tegishi bilan mashhur bo‘lgan. Hatto “Choch - bu katta viloyat, xalqi jangovar va 134 sahiydir” deb atashgan. Binkat IX-XI asrlarda arab halifaligi hukumronligining inqiozi va o‘lkada somoniylarning markazlashgan davlatining tashkil topishi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotda katta o‘zgarishlar bo‘lishiga turtki bo‘ldi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling