Utayeva feruza xolmamatovna
O‘rta asr shaharlari madaniyatining ravnaqi
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
8.3. O‘rta asr shaharlari madaniyatining ravnaqi
M i n g o ‘ r i k t e p a - qadimgi shahar (I - XII asrlar). Mahalliy aholi o‘rtasida Afrosiyob tepaligi nomi bilan ham mashhur bo‘lgan. Minora-qasr (to‘rtburchak arkka yondoshgan) va shahristonning tepalikka aylangan hududidan iborat. Toshkent temir yo‘l vokzali yaqinida, Salor kanali sohilida joylashgan, shahar xarobasi o‘rnida XIX asrda katta o‘rikzor bo‘lganligi uchun shunday atalgan. Hozirgi shahar qurilishi munosabati bilan yodgorlikning madaniy qatlami buzilib ketishi natijasida Mingo‘rikning bir qismigina saqlangan. 1896 -yilda E.T.Smirnov, N.S.Likoshin tomonidan,1912-yilda A.I.Dobrosmislov, Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zolari tomonidan Mingo‘rik arxeologik tadqiq qilingan. XX asrlar M.E.Masson tomonidan arxeologik ishlar olib borilgan. O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti Yu.F.Buryakov, D.G.Zilper, O.V.Obelchenko tomonidan belgilangan hududlarda qazish ishlari o‘tkazilgan. 1968 -yilda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi arxeologik ishlarni davom ettirgan. Bu arxeologik tekshirishlar natijasida shahriston 15 ga va ark 0,5 ga maydonlari, shahar 132 hayotining 3 asosiy bosqichi aniqlangan. Birinchi - bosqich I-IV asrlarga mansub bo‘lib, ichki turar joy jamlanmasini muhofaza qilgan uzun yo‘lakli, qo‘shqator qal’a devorlari qoldig‘i topilgan. Devor tashqarisida unga yondoshtirilib qurilgan to‘rtburchakli burj va mo‘lalar bo‘lib, ularning orasi 12 m ga teng bo‘lgan. Ikkinchi - bosqichda V-VI asrlar shahar tez sur’atda rivojlanib, aholi soni oshib borishi natijasida mustahkam ark va shahristonga, eng yirik shahar markaziga aylangan. VI asr oxirida shahar Chochning poytaxti bo‘lgan. III-IV asrlarda Mingo‘rik qo‘rg‘oni kengayib tashqi mudofa devoir ta’mirlangan. Arab manbalarida tilga olingan “Madinat ash- Shosh” shu yodgorlikning aynan o‘zi deb hisoblanadi. Uchinchi bosqich VII-VIII asrlar. Arab xalifaligining Chochga yurishi arafasida shaharning eng yuksalgan davri bo‘lgan. Barcha me’moriy qurilish uslublari kompleksi, ichki bezaklarda hashamatli devoriy tasvir va naqshlardan foydalanish, uy-ro‘zg‘or asbob uskunalari, idishlar Mingo‘rikning umumsug‘d madaniyati asosida Sug‘d, Farg‘ona va O‘rta Osiyoning boshqa joylari bilan mustahkam aloqada rivojlanganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga shahar turmush tarzida ko‘chmanchi qabilalarning ta’siri katta bo‘lgan. Shahar qurilishi kengayib borgan sari qal’a devorlari torlik qilib, uning xarobalari ustiga shahriston uylariga nisbatan salobatli saroy-qasr jamlanmasi - Choch hukmdorlarining saroyi qurilgan. Saroyda supa va naqshinkor ustunli hashamatli xonalar va ibodatxonalardan tashqari qo‘shimcha xonalar (xo‘jalik ehtiyojlari uchun) ham bo‘lgan. Bu davrda Choch o‘lkasi Turk xoqonligiga tobe bo‘lgan. Manbalarda qayd qilinishicha, musiqa va raqs san’ati ayniqsa, yuksak pog‘onaga chiqqan.VIII asr boshlarida Choch poytaxti arab xalifaligi istilochilari tomonidan vayron qilinib, xarobaga aylantirilgan. X asrda Mingo‘rikning bir qismidagina hayot tiklangan va XIII asrgacha davom etgan. Markaz yangi shahar - Binkatga ko‘chirilgan. XIX asrning 70-80 -yillarida Toshkentning “Yangi shahr”i qad ko‘tarishda Mingo‘rik tepaligi bo‘zib uning tuprog‘idan xom g‘sht tayyorlanib, “Yangi shahr binolari qad ko‘targan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling