Utayeva feruza xolmamatovna
Mizdaxqon, Devkesgan o‘rta asr shahar qal’alari
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devkesgan qal’a - qadimgi shahar
7.3. Mizdaxqon, Devkesgan o‘rta asr shahar qal’alari
Mizdaxqon - Xorazmdagi yirik o‘rta asr shahari. Xo‘jayli shahridan 7 - 8 km g‘arbda joylashgan. Antik davrga oid qishloq xarobasi o‘rnida V-VI asrlarda bunyod etilgan qasr asosida vujudga kelgan va mo‘g‘ullar hukmronligining oxirigacha (XIV asr) mavjud bo‘lgan. Mizdaxqon 2 tepalikdan iborat. Ulardan biri (Gabr qal’a) Mizdaxqonning qadimgi qismi bo‘lib, uning qalin paxsa devori va arkining qoldiqlari saqlangan. Mizdaxqonning 2-tepaligi qabristonga aylangan. Uning maydonining bir qismida Mazlumxon Suluv maqbarasi (XIII asr oxiri - XIV asr boshi) joylashgan. Mizdaxqonni arxeologik jihatdan o‘rganish ishini 1928-yilda A.Yakubovskiy boshlagan. 1962-, 1964-1965-yillarda Mizdaxqonda S.P.Tolstov rahbarligida Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyasi qazishmalar o‘tkazgan. Natijada Mizdaxqonning tarixi va Xorazmning islom dinigacha bo‘lgan qadimgi diniga oid ko‘plab qimmatli ma’lumotlar olindi. X asrda Mizdaxqon obod shahar bo‘lib, atrofida 12000 turar joy qo‘rg‘onlari joylashgan. Mizdaxqondagi qabristonga zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan marhumlar ossuariylarga solib ko‘milgan. Ossuariylarda rang-barang mazmundagi naqshlar va qadimgi xorazmiy tilida yozilgan bitiklar saqlangan. Xorazmni arxeologik va etnografik jihatdan o‘rganish 1928-1929 -yillarda boshlangan. A.Yu.YAkubovskiy boshchiligidagi ekspeditsiya xorazmshohlar poytaxti - Urganch (hozirgi Ko‘hna Urganch) dagi me’moriy yodgorliklarni va ilk o‘rta asr shahri Mizdaxqonda qazishma ishlari olib borgan. Devkesgan qal’a - qadimgi shahar. Ko‘hna Urganchdan 60 km g‘arbda joylashgan. Devkesgan qal’a baland tepalikda ulkan to‘rtburchak shaklida qurilgan bo‘lib, mudofaa devorlari toshdan 117 ishlangan, devor bo‘ylab ko‘plab burjlar qurilgan, asosiy darvoza oldiga murakkab tarhli inshoot bunyod etilgan. Qal’a atrofi chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Qal’a ichida so‘nggi o‘rta asrlarga oid ko‘plab tosh inshootlarning qoldiqlari saqlanib qolgan. Balandlikda joylashgan qal’a etaklarida xom g‘ishtlardan qurilgan mudofaa devori bilan o‘ralgan o‘rta asrlarga oid “pastki shahar” joylashgan, undan ko‘plab sopol buyumlari topilgan. Har ikki shahardan janubiy- g‘arbroqda shu davrga oid tarhi to‘rtburchak chorbog‘ bunyod etilgan. Devkesgan qal’a xarobasi o‘rnida XVI-XVII asrlarda Vazir shahri bo‘lgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling