Utayeva feruza xolmamatovna
Xorazm vohasi shaharlari vazifasi
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
7.2.Xorazm vohasi shaharlari vazifasi
VII-XII asrlarda shaharlar yangilarini qurish evaziga emas, balki eskilarini tiklash hisobiga rivojlanadi. XI-XIIasrlarda voha sarhadlarida qal’alar jadal qurilganligi, yangi shaharlar bunyod qilinganligini arxeologik jihatdan qayd qilingan. Biroq yangi shaharlar maydoni katta bo‘lmagan. Oltin O‘rda xonligi davrida yangi qal’alar, karvonsaroylar va shahar atrofidagi turar joylar jadallik bilan qurilgan. Afrig‘iylar davriga oid obidalarni qazib tekshirish Xorazm davlatining VI-VIII asrlar va ilk islom davridagi o‘lkaning iqtisodiy bo‘shlig‘ini aniqlashga imkon bergan. Dastavval yirik shahar-qal’alar atrofida musulmon davrigacha yuzlab qasr-hovlilarning paydo bo‘lishi bu yerda feodal mulkchiligi va davlatchiligi shakllana boshlaganligidan dalolat beradi. Afrig‘iylar hukmronligining so‘nggi yillarida shaharlarning tushkunlikka uchrashi haqidagi arab yozuvchilarning hikoyalari mavjud. Al Tabariy 712-yilda Xorazmda uchta katta shahar Kat, Xazorasp va Urganch borligini xabar qiladi. 114 Buyuk sharqshunos olim V.V.Bartol’d VIII asrdagi Xorazmni nazarda tutib shunday deb yozgan: “Arablar bu yerda atrofdagi viloyat aholisidan kiyim-kechagi bilan ajralib turuvchi hamda boshqalarga tushunarli bo‘lmagan va yozma hujjatlarda ham ishlatiladigan alohida tilda gaplashuvchi o‘ziga xos aholiga duch keldilar” Bunday o‘ziga xoslik Xorazm davlati tizimida ham o‘z ifodasini topgan. Va rasmiy hujjatlar ham badiiy ijod namunalari mahalliy tilda yozilgan. Beruniy ham o‘zining ilmiy faoliyatida ona tilidan foydalana olmaganligidan afsuslanganligini aytgan. Beruniyning yozishicha, Qutaybaning Xorazmga ikki marta yurishi va Xorazm arab xalifaligiga qaram bo‘lib qoldi. Arab lashkarlari kelishidan oldin Burgutqal’a xarobalari atrofida juda ko‘p qal’a va qasrlar huvullab qolgani, shimolda Qirqqizqal’a va janubda Teshikqal’a qasrigacha yuz-ikki yuz mert oralig‘da qurilgan hashamatli shinakli devorlar bilan mudofalashtirilgan qasrlar va mayda dehqonlarning hovlilaridan iborat dehqon oilalai istiqomat qilganlar. Tadqiqotchilarning fikricha, arab-fors mualliflarining IX-XI asrlarda O‘rta Osiyoda shaharlar tevaragida yuzlab qasrlar to‘g‘risida yozishlari, mazkur hududda, balki bu yerda boy feodal zodogonlari bilan birga “savdo kapitali”ga ega yirik savdogarlar ham yuzaga kelganligidan darak beradi. Ammo Xorazmda yirik yer egalari istiqomat qilgan katta qal’achalardan tashqari, hali qaram bo‘lmagan jamoatchilik tuzumida yashab kelayotgan mulkdorlar borligi haqida ma’lumotlar bor. Xorazm vohasida 150-200 metr masofada joylashgan 100 dan ortiq qasr(ko‘shk) borligi aniqlangan. Arab sayyohlaridan bizgacha yetib kelgan yozuvlarida Xorazmda kichkina Mazdahkon shahar atrofida “o‘n ikki ming qasr” mavjudligi aytilgan. Bunday ma’lumotlar, shubhasiz X-XII asrlarda Xorazmda arab istilosidan keyin shahar madaniyati rivojlangan. Savdo-sotiq rivojlangan davlatchilikning rivojlanishiga omillar ko‘p bo‘lgan. Shuni ta’kidlash kerakki, bu davrda xorazmliklar emigratsiyasi ko‘chayib qo‘shni mamlakatlarda Xorazm kolloniyalari paydo bo‘la boshlaydi. Masalan, tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Xurosanda bironta katta shahar yo‘qqki, unda ko‘plab Xorazm aholisi yashamasin. Xorazmda Buyuk ipak yo‘li savdosi rivojlangan. Xususan, ko‘lrang olmaxon, oq sichqon, dasht tulkisi, suvsar, qunduz echki, oq 115 terak pustlog‘i, mis, o‘rmon yong‘og‘i, qo‘y va sigirlar, kunjut, gilamlar, ko‘rpalar bo‘lg‘ordan keladi. XII asrning oxiri XIII asrning boshida Xorazm ko‘chayib eng qudratli davlatga aylandi. Govurqal’a, Devqal’a, Qal’aliqir 2 kabi qadimiy shaharlar qaytadan jonlanidi. Qizqal’a va Yigitqal’ada hayot XIII asr boshigacha rivojlanib, mo‘g‘ullar istilosidan keyin hayot tuxtagan. Temirchilik, kulolchilik, shisha va qurilish kasblari taraqqiy etgan. Qasrlar atrofida son-sanoqsiz mayda yer egalari va dehqonlarning qurg‘onlari joylashgan. Amudaryoning qadimgi o‘zani atrofida gullab yashnayotgan dehqon dalalari ko‘p bo‘lib aholining va shahar qudratining oshishiga sabab bo‘lgan. Xorazmga 1219 -yili kelgan arab sayyohi Yoqut shunday deb yozadi: “Men hech vaqt bunday (Xorazmday) ko‘p aholi yashagan viloyatni ko‘rmaganman. Uzluksiz zich joylashgan, bir-biriga yaqin qishloqlar, dashtlarda juda ko‘p qasrlar va hovlilar, atroflarda o‘zlash- tirilmagan yerlar deyarli ko‘rinmaydi. Bu yerda daraxtlar juda ko‘p, ayniqsa tut daraxtlari va bo‘y teraklar. Ulardan aholi qurilishda va ipak qurti boqishda foydalanadi. Qishloqlarni va shaharni kezganda,bozorlarni ko‘rganda butun viloyatda aholi joylanishi bir xil ko‘rinadi. Xorazmdek farovon aholisi zich viloyat hech qayerda bo‘lmasa kerak. Bozori bo‘lmagan qishloq juda kam. Bunday holat osoyishtalik va xotirjamlik hukm surganidan darak beradi”. Bunday to‘q-farovon turmush, shubhasiz mamlakatda ilm-fanni, madaniyat va san’atni rivojlanishida omil bolib xizmat qiladi. X-XI asrlarda Xorazmning ko‘p shaharlari Urganch, Kat kabi shaharlari O‘rta Osiyodagi tipik shahalar qiyofasiga kirdi. Beruniyning ona shahri Kat mamlakatning eng yirik savdo va iqtisodiy markazi bo‘lib tanildi. Kat shahri Buxorodan katta bo‘lgan o‘sha davrning juda ko‘p olimlar va donishmandlari shu yerda yashagan. Kat hatto Iroqning eng yirik madaniy markazlaridan ham ustun turgan. Amudaryodagi suv toshqinlari shaharning rivojlanishiga, gullab- yashnashi uchun tusqinlik qilib kelgan. Aholining daryo qirg‘oqlaridan nariroqqa chekinishga majbur etgan. X asrning birinchi yarmida Amudaryoning to‘lqinlari qadimgi Kat qal’asini va shaharning unga yondoshgan qismlarini yuvib ketish havfi to‘g‘iladi va shahar darvozasini suv yuvib ketadi. Beruniyning ko‘rsatishicha, 116 Amudaryo shahar qal’asini tagidan suv yuvib, uning bo‘laklarini yil sayin olib ketavergan.Va oqibat 994-yilga kelib qal’adan asar ham qolmagan. Xorazmliklarning Katdagi hayoti uzilmagan ular eski shaharni tashlab, sharqiy tomonda yangi uy - joylar qura boshlagan. Abu Rayhon Beruniy Xorazm Amudaryoning mahsuli degan. Barcha tarixiy davrlarda xorazmliklarning hayoti Amudaryoning yovuz fe’li bilan kurashda o‘tgan. Xorazmliklarning ham yirik bir qismi daryoning “ketidan borib”, yangi o‘zani atrofida o‘rnashganlar. Beruniy aytgan bu so‘zlar XX-asrda S.P.Tolstov va Ya.G‘ulomovlar boshchiligida olib borilgan arxeologik qazishmalar bilan tasdiqlandi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling