Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Binkat IX – XII asrlarda. Binkat Shoshning poytaxti 
bo‘lganligini 
V.V.Bartold 
aytgan. 
Binkat 
shaharning 
o‘rni 
Toshkentning to‘rt dahasi (nohiya)dan, asosiy uchtasi: Sebzor, 
Ko‘kcha, Beshyog‘och hududida joylashgan. Devorlari to‘rt qism ark, 
shahriston, ichki va tashqi rabod (kichik nohiya)dan iborat bo‘lgan. 


133 
Arkning ikki darvozasi bo‘lgan. Biri shahritonga ikkinchisi 
rabotga chiqqan. Shahristonni Abul Abbos, Qasr, Gunbaz deb 
ataluvchi darvozalari bo‘lgan. Xadra,Xadiroq nomlari ham uchraydi 
bu adirli yer ma’nosini bildiradi. Aholi sharqiy darvozadan chiqqan 
joyi Xadra deb yuritilgan va aholi adirlarga chiqqanlar. 
Ikkinchi darvozasidan shahar aholisi tovoq bozoriga, uchinchi 
darvozasi Chorsudagi qandolat bozoriga chiqishgan. Shahar 
hokimining saroyi, qamoqxona, chaqa va tangalar chiqaradigan 
zarbxona arkning ichida bo‘lgan, jome masjid uning tashqarisida 
joylashgan. 
Hunarmandlarning 
mahalla-ko‘ylari, 
amirlarning 
qarorgohlari, boy yer egalarining ko‘shk va qurg‘onlai va bozorlar 
Binkatning shahriston, ichki va tashqi rabot qismida bo‘lgan. Ayniqsa 
bozorlarning ko‘pi ichki rabodda joylashgan. Masalan, hozirgi 
kunngacha mashhur bo‘lgan Eski Jo‘va aslida “ju’ba”, ya’ni bozor 
so‘zidan olingan. Shu joyda bozor bo‘lib shahar aholisi 
hunarmandchilik va bog‘dorchilik mahsulotlarini sotganlar. Eski 
Jo‘vadan shimoliroqda Sa’von mahallasining asli “Suqbon”, ya’ni 
“bozor qorovuli” ma’nosini bildirgan. Chunki dashtdan haydab 
kelingan otar-otar qo‘ylar, qoramol va -yilqilarni qo‘riqlab, bozorda 
farroshlik hamda jalloblik (olib sotar) qilgan kishilar shu mahallada 
yashagan. 
1966 -yil zilziladan so‘ng Toshkentda boshlangan ulkan 
qurilishlar munosabati bilan Yahyo G‘ulomov boshchiligidagi tashkil 
etilgan Toshkent arxeologik ekspedisiyasi Binkatning shahar 
tashqarisidagi eng sersuv, bog‘-rog‘lari, tokzorlari, ekin maydonlari 
ko‘proq bo‘lgan huddudni tekshirdilar. X-XI asrlarda Binkat va uning 
atrofidagi qishloqlarda kulolchilik va shishasozlik mahsulotlari ancha 
yuqori bo‘lgan. Sopoldan turli buyumlar uyinchoqlar yashashgan. 
Yosh bolalar uchun ot, tuya, xo‘roz, qo‘chqor kabi sopol haykalchalar 
yasab ularga tortiq qilganlar. X-XI asrlarda oid Binkatning 
shishasozlik ustaxona qoldiqlari “Olmazor” massividan topilgan. 
Shishasozlar Samarqand, Buxoro va Axsikat shaharlari ustalaridan 
qolishmaydigan darajada hunar va mahoratga ega edilar. 
Temirdan asbob uskunalar, ip va ipak gazlamalar, joynomoz va 
choyshablar, poyafzallar, chodirlar va boshqa hunarmandchilik 
mahsulotlari, jumladan Qozog‘istonga chiqarilgan. U yerda kamon va 
o‘q-yoy yasaladi, uzoqqa otilishi va nishonga aniq tegishi bilan 
mashhur bo‘lgan. Hatto “Choch - bu katta viloyat, xalqi jangovar va 


134 
sahiydir” deb atashgan. Binkat IX-XI asrlarda arab halifaligi 
hukumronligining inqiozi va o‘lkada somoniylarning markazlashgan 
davlatining tashkil topishi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotda katta 
o‘zgarishlar bo‘lishiga turtki bo‘ldi. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling