Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Qorasuv, Salor va Jo‘n arig‘idan sug‘oriladigan janub qismida
shunday ibtidoiy dehqonchilik madaniyati tashkil topgan. Toshkentning bu ibtidoiy dehqonchilik madaniyatining izlari dastavval shahardan 30 km janubda Burganlisoy yoqasida topilib, tadqiq etilgani tufayli tarix fanida u Burganli madaniyati nomi bilan mashhur bo‘lgan. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Qorasuv, Salor va Jo‘n arig‘i yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad ko‘targan. Shulardan biri Jo‘n arig‘i bo‘yidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qal’a 127 xarobasidir. 1980 - 1982 -yillarda olib borilgan qazish ishlari uning miloddan avvalgi VI-IV asrlar va II-I asrlardagi rivojlanish bosqichlarini aniqlashga imkon berdi. Bir tomoni Jo‘n arig‘iga yondoshgan bu qadimgi joy atrofi dastavval tuproq bilan o‘ralib, qal’a, istehkom qiyofasini olgan. Shoshtepaning qadimgi aholisi chorvachilik (qoramolchilik, -yilqichilik, qo‘ychilik hamda tuyachilik) bilan shug‘ullangan. Qadimgi shoshtepaliklar jez va temirdan qurol- yarog‘ va asboblar yasashni, kulolchilik hamda to‘qimachilikni yaxshi bilgan.Toshkent vohasida shahar madaniyati shakllanib, qadimgi Toshkentning asta-sekin qad ko‘tarishiga zamin bo‘ldi. Miloddan avvalgi II - 1 asrlarda Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydo bo‘ldi. Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o‘rab olingan doira shaklidagi qal’a (qo‘rg‘on) qad ko‘tardi. Milodiy I - II asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qadimgi Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 smli bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi o‘chirg‘ich tomoni esa qiyshiq ko‘p burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi. Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli me’moriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xat-savod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod bo‘sag‘asida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib,Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini ko‘rsatadi. Shoshtepani o‘rganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi xuddi shu davrdan boshlangan, ya’ni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb bahslashga imkon berdi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling