Utayeva feruza xolmamatovna
-mavzu:O‘rta asrlarda Toshkent vohasi urbanizatsiyasi
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
8-mavzu:O‘rta asrlarda Toshkent vohasi urbanizatsiyasi
Reja: 8.1. Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad ko‘tarishi 8.2. Choch shahri yo‘llarining shakllanishi 8.3. O‘rta asr shaharlari madaniyatining ravnaqi 8.4. Toshkent XIV-XVI asrlarda Tayanch so‘z va iboralar: Choch yoki Shosh, Mingo‘rik, Shoshtepa, Chirchiq, Salor, Qorasuv, Binkat, Sebzor, Ko‘kcha, Beshyog‘och, Binkat, Kaykovus arig‘i, Choch, Banokat, Tunkat 8.1.Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad ko‘tarishi Toshkentning o‘zoq o‘tmishi va qad ko‘targan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqida manbalarda xilma-xil tarzda uchraydi. Xitoy manbalarida “Je-She” va “Shi” toponimi xitoychada “tosh” ma’nosini anglatgan. Toshkentning turkiy nomi “tosh shahar”da ham o‘z aksini topgan. Bu nom sof ma’noda emasligi aniq, chunki shahar hech qachon toshdan barpo etilmaganligi manbalarda uchraydi. Bu ta’rif Choch aholisining dushmanlarga qarshi kurashda mardlik va matonatini aks etganligini ifodalaydi, degan fikrlar ham bor. Shaharning Avestoda himoya qilingan “qudratli turlar” mamlakatida vujudga kelganligi ta’kidlangan. Bu nom o‘zagida Chotqol-Qurama tog‘laridagi boylik-yarim qimmatbaho feruza toshiga ishora beib aytilgan. Xitoy matnlarida “Shi” atamasi “tosh”, “qimmatbaho tosh”ni anglatgan. Toshkentni “asl tosh”, ya’ni “feruza shahar” deb atalgan. 126 Hozirgi Toshkent vohasida qadimgi shahar madaniyatining vujudga kelib, bu o‘kada ilk katta-kichik shaharlarning barpo bo‘lishi tarixi yozma manbalardan ko‘ra, Toshkent teritoriyasida qad ko‘targan qadimgi shaharlarning xarobalari hisoblangan tepaliklar qa’rida to‘laroq va aniqroq saqlangan. Toshkent vohasida shahar madaniyatining shakllanib, shaharning qad ko‘tarishi shu o‘lkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon bo‘lib, bu jarayon shubhasiz o‘lkaning o‘zlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xo‘jaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng bo‘lib, u yozma manbalarga nisbatan ko‘proq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va o‘rta asrlarga oid manbalardagi ma’lumotlarni to‘ldirib, ularga aniqlik kiritmoqda. Geografik jihatdan qulay, iqlimi mo‘tadil bo‘lgan Chirchiq va Ohangaron vodiylarida uzoq o‘tmishdayoq chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan aholi yashagan. Arxeologik yodgorliklarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi II - ming yillikning oxiri va 1 - ming yillikning boshlarida ko‘chmanchi chorvador aholining o‘troqlashuvi kuchayib, dehqonchilik kengaya boshlagan. Hali sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya inshootlari qurish imkoniyati bo‘lmagan Toshkentning dastlabki dehqonlari, garchi daryoning asosiy oqimidan suv bog‘lab olishga qurbilari kelmagan bo‘lsa-da, lekin, daryo toshqinlari va adirlardan kelgan suvlardan hosil bo‘lgan irmoqlar bo‘yida, tabiiy zaxob yerlarda dehqonchilik qilganlar. Hozirgi Toshkentning Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling