Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Chochtepa. Chochtepa Toshkent shahri hududida qad ko‘targan
eng qadimgi qishloq va ilk qo‘rg‘on. Chochkatning xarobalari miloddan avvalgi VI asr milodiy XVI asrlarlarga tegishli. Yodgorlik Jo‘nariqning chap va o‘ng sohillarida joylashgan biri tik va baland, ikkinchisi yassiroq ulkan tepaliklardan iborat. Umumiy maydoni taxminan 25 ga. dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi 137 a’zosi N.S.Likoshin tomonidan qayd etilgan. 1896-yilda N.P.Ostroumov arxeologik qazishlar o‘tkazgan. 1934-yilda G.V.Grigorev, 1956-yilda N.I.Krasheninnikova, 1970-yilda G‘. Dadaboevlar arxeologik kuzatishlar olib borgan. 1978-yildan Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi V.I.Sprishevskiy, M.I.Filanovich tomonidan muntazam arxeologik qazishlar o‘tkazilgan. Jo‘nariqning so‘l sohilida joylashgan balandligi 18 - 19 m li tik tepa (maydoni 150 - 120 m) istehkomli ilk qishloq xarobasi bo‘lib, uning ostki madaniy qatlamlaridan qadimgi dehqonchilik madaniyatin i n g so‘nggi bosqichi miloddan avvalgi VI-IV asrlarda yashagan o‘troq ziroatkor aholi turar joylarining qoldiqlari qayd etilgan. Arxeologik tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, miloddan avvalgi III asrda Janubiy Ural va Sharqiy Orol oldi mintaqalaridan janubga tomon siljigan ko‘chmanchi chorvador sarmat qabilalari qadimgi Chochkatni vayron etib, qabristonga aylantirganlar. Miloddan avvalgi II - 1 asrlarda Shoshtepada qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan o‘rab olingan doira shaklidagi qal’a-qo‘rg‘on qad ko‘targan. Qalinligi 4 m li qurg‘on devori yirik xom g‘ishtlardan urib chiqilgan. Diametri 60 mli qo‘rg‘on devorining ichki aylanasi bo‘ylab tomi ravoqsimon qilib yopilgan uzun yo‘lak bino qilingan. Yo‘lak qismlarga bo‘lingan va har biridan tashqariga chiqadigan darvozasi bo‘lgan. Qo‘rg‘onning markaziy qismida xoch shaklida monumental bino qad ko‘targan. Uning devorlarining qalinligi 2 m, tomi esa ravoqsimon. Bino qator xonalar va yo‘laklarga ajratilgan. Peshtoqi binoning shimoliy qanotida, u ravoqli darvozaxona va uning 2 biqinida paykonsimon darchalar joylashtirilgan. Qo‘rg‘on binosining umumiy tarhi: yo‘lakli aylanma tashqi devori-yu, xochsimon markaeiy binosi, ravoqli peshtoqi-yu paykonsimon darchalariga qaraganda, u avvaldan anchagina puxta o‘ylangan reja asosida qurilgan zamonasining nodir me’moriy obidalaridan hisoblangan. Shoshtepaning madaniy qatlamlaridan ko‘pdan-ko‘p ashyoviy topilmalar qayd etildi. Ular orasida uy-ro‘zg‘or va xo‘jalik buyumlari: xum, xumcha, ko‘za, bir quloqli va jo‘mrakli bo‘qachalar, 2 quloqli sopol qozonlar, tova, suvdonlar, ho‘kiz boshli kabob ko‘ralar, yoysimon yorg‘uchoqlar, temir pichoq, o‘roq va h.k.dan iborat. Topilmalar orasida 2 ta nodir buyum: fil suyagidan 138 yasalgan qadahning bir bo‘lagi va suyakdan ishlangan qalam, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Hajmi 5 - 3,5 sm.li suyak qadah parchasida boshida ulkan kuloh, keng peshonali, ot yuzli, qirraburun, bodom qovoq, sersoqol va mo‘ylovli o‘rta yoshdagi kishining siymosi qabartma qilib ta’svirlangan. Suyak qalamning uzunligi 15 sm. Bir tomoni yozish uchun uchli qilib, 2-tomoni esa ilonni boshidek romb shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu to- pilmalar milodiy I-II asrlarga mansub bo‘lib, Chochda ham qadimda xat-savod bo‘lgani hamda shoshtepaliklar karvon yo‘li orqali Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari bilan aloqada bo‘lganidan dalolat beradi. Topilmalar ko‘chmanchi dasht bilan o‘troq dehqonchilik vohasi chegarasida uzoq asrlar davomida yonma-yon yashagan hamda bir-biri bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lgan qadimgi qavmlarning yaratgan o‘ziga xos madaniyatining mahsuli edi. Bu madaniyat fanda Qovunchi madaniyati deb ataladi. Istehkomli qishloq sifatida qad ko‘targan Shoshtepa miloddan avvalgi II-I asrlarda ilk shaharcha qiyofasiga kirib, u Sirdaryoning o‘rta oqimida tashkil topgan Qang‘ davlatining dasht bilan Toshkent vohasiga tutashib ketgan chegarasidagi istehkom, hunarmandchilik markazi, ko‘chmanchi chorvador aholi bilan o‘troq dehqonlar o‘rtasida olib boriladigan o‘zaro savdo bozori vazifasini o‘tagan. V asr o‘rtalarida chorvador eftaliylarning janubga tomon siljishi oqibatida Shoshtepada qadimdan o‘tparastlik ibodatxonasi bo‘lgan xoch shaklidagi markaziy bino qabristonga aylantirilgan. VI-VIII asrlar boshlarida Shoshtepada hayot yana ancha yuksalgan. Arab xalifaligi istilosi natijasida Shoshtepa vayron bo‘lgan. XI-XII asrlarda undagi hayot birmuncha jonlansa-da, ammo XVI asrda Shoshtepa deyarli xarobaga aylangan. Garchi Shoshtepada qad ko‘targan qo’rg’on to‘la shahar qiyofasida shakllanmagan bo‘lsa-da, biroq u Toshkent vohasida shaharsozlik madaniyatini shakllanishi va rivoji tarixida muhim ahamiyatga ega yodgorlik hisoblanadi. Qanqa. Qanqa (Xarashkat) miloddan avvalgi III asr milodiy XII asr boshiga oid qadimgi shahar. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Ohangaron daryosining qadimgi o‘zani chap sohilida. Shohruxiya arxeologik yodgorligidan taxminan 139 8 km shimoliy-sharqda qadimgi karvon yo‘li ustida joylashgan. Qadimgi Xitoy yozma manbalarida Bitan (Bityan), o‘rta asrlarda Xarashkat nomlari bilan yuritilgan. Qang‘ davlatining poytaxti bo‘lgan. O‘rta asrlarda IX-XI asrlar Xarashkat shahri Choch viloyatida Binkat Toshkentdan keyin ikkinchi shahar hisoblangan. Dastlab, 1898-yil Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zosi E.T.Smirnov, 1934 -yilda M.E.Masson, 1969-1972-yillarda Moddiy-madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati Q.Abdullaev tomonidan, 1974 -yildan O‘zbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan tekshirish ishlari olib borilgan. Mustaqillik yillarida bir qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda arxeologik tadqiqotlar olib borilmoqda. Qanqa to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, umumiy maydoni 200 ga bo‘lib, bir necha qator mudofaa devori va xandaklar bilan o‘ralgan, ark 3 shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Shahriston I ning maydoni 6,5 ga, shimoliy qismida ark balandligi 40 m. Uning atrofi xandaq bilan o‘ralgan. Ark va Shahriston I ni 3 tomondan maydoni 50 gadan ortiqroq Shahriston II o‘rab olgan. Shahristonlarga tashqaridan rabod maydoni 60 ga yondoshgan. Miloddan avvalgi 1 - milodiy 1 - asrlarda shahar ravnaq topgan. Shahristonlar va rabodda ko‘cha-ko‘ylar, maydonlar, hovuz va oqar suv tarmoqlari hamda paxsa va yirik xom g‘ishtlardan bino qilingan turar joy qoldiqlari saqlanib qolgan. Qanqadan milodiy I-II asrlarda zarb etilgan kumush va mis tangalar jumladan, IV-XI asrlarga oid tangalar xazinasi, oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar, sopol haykalchalar, ostodon (ossuariy), sirlangan va sirsiz sopol idishlar, tosh, suyak va metalldan ishlangan qurol va asboblar hamda devoriy raem qoldiqlari topilgan. Turli xildagi bunday ashyoviy topilmalar shubhasiz, Qanqada ohangarlik, kulolchilik, tikuvchilik, suyak o‘ymakorligi rivoj topganidan dalolat beradi. XII asrda Ohangaron daryosi o‘zanining o‘zgarishi tufayli Qanqa suvsiz qolib, xarobaga aylangan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling