Utayeva feruza xolmamatovna
Xiva so‘nggi o‘rta asrlarda
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
10.5. Xiva so‘nggi o‘rta asrlarda
XIX asrning o‘rtalariga kelib xonlikda shahar hayotining rivojlanishi natijasida shahar aholisining soni ko‘payib bordi. Xiva, Xazorasp, Xonqa, Urganch, Qo‘ng‘irot, Ko‘hna Urganch kabi shaharlarda rus sayyohlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2 mingdan 5 minggacha xonadon yashagan. Xonlik poytaxti Xiva shahrida 21 mingdan ortiq aholi yashagan. Xiva xonligida suv manbalarining yetarli bo‘lishiga qaramasdan, dehqonchilik taraqqiyoti qo‘shni Buxoro xonligidagidek yuksak darajada rivoj topmagan edi. 165 Suv ko‘p talab qilmaydigan (Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Ilonli, G‘azovat, Mang‘it va Gurlan) kunjut, no‘xat, mosh, arpa va boshqa ekinlar ekilgan. Sabzovot – poliz ekinlari ko‘plab etishtirilgan. Xorazm qovunlari qo‘shni hududlarda ham mashhur bo‘lgan. Bog‘dorchilik ham ancha taraqqiy etgan. Ammo, ipakchilik kam miqdorda rivojlangan. Xorazm hunarmandchiligi ixtisoslashgan bo‘lishiga qaramay, yarim ko‘chmanchi xo‘jaliklarda uy hunarmandchiligi ustunlik qilgan. Matolar asosan qo‘lda tayyorlangan. Undan tashqari xonlikda kulolchilik, misgarlik, degrezlik, temirchilik duradgorlik kabi an’anaviy hunarmandchilik turlari ham rivojlangan. Manbalar shahar va qishloqlarda yer haydaydigan moslama tayyorlovchilar (pazachi), ot abzali tayyorlovchilar (kuchanchi), misgarlar, zargarlar, pichoqchilar, qinchilar, bo‘yoqchilar, telpakdo‘zlar, qulfgarlar, juvozchilar, shamchilar, sovunchilar, novvoylar, oshpazlar kabilar maxsus kasb-hunarga ixtisoslashganliklari haqida ma’lumotlar beradi. Xivada gilam to‘qish o‘zining qadimiy ahamiyatini xonlik davrida ham saqlab qoldi. Ilgarigidek, gilam to‘qish bilan turkmanlar ham shug‘ullanganlar. Xiva gilamlari ichki va tashqi bozorda mashhur bo‘lgan. Umuman olganda, mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari ichki va tashqi bozor uchun ishlab chiqarilgan. XVIII asrning o‘rtalaridan boshlab, Rossiyadan Xivaga oltin va kumush tangalar, mis, cho‘yan, temir va boshqa metallar, paxta, ipak va yung matolar, bo‘yoqlar, shakar, choy, billur idishlar, oshlangan teri kabi mahsulotlar keltirilgan. Xiva xonligi savdogarlari qo‘shni Buxoro va Qo‘qon xonliklari bilan, shuningdek, Xitoy, Eron, Afg‘oniston, Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borganlar. Bu davlatlarga Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar bilan birga mahalliy mahsulotlar (zargarlik buyumlari, gilamlar, otlar) ham olib borilgan. Chet davlatlardan asosan turli matolar, metall, ziravorlar, bo‘yoqlar, fil suyagi, shakar (qand) kabi mahsulotlar keltirilgan. Xiva xonligining Yangi Urganch, Kichik Vazir, Qiyot, Xonqa, Tirsak, Gurlan, Xazorasp, Qo‘ng‘irot, Shohabboz kabi shaharlari hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari edi. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, XIX asrning birinchi yarmida Yangi Urganch himoya devorlari bilan o‘rab olingan savdo markazi bo‘lib, unda bir 166 yarim mingta xonadon bo‘lgan. Urganchilik savdogarlarni nafaqat Buxoro, Qo‘qon va Turkiston bozorlarida, balki Astraxan, Orenburg, Nijniy Novgorod, Moskva, Qashg‘ar, Mashhad, Qobul bozorlarida ham ko‘plab uchratish mumkin bo‘lgan. Urganch bozorlari asosan ichki savdo mahsulotlariga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, tashqi savdo uchun mahsulotlar yirik savdogarlarning uylaridagi ustaxonalarda tayyorlangan. Shaharda 300 ga yaqin savdo do‘konlari bo‘lgan. XVII- XVIII asrlarda Qiyot shahri saroylari, machit va madrasalari bilan shuhrat qozongan bo‘lib, XIX asrning birinchi yarmidan o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi va 50-60 xonadondan iborat qal’aga aylanadi. Bu yerda 30 ga yaqin do‘konlar bo‘lib, seshanba va shanba kunlari bozor bo‘lgan. Juvarxas kanalining Amudaryodan suv oladigan joyida joylashgan Xazorasp shahri barcha qo‘layliklarga ega edi. Shaharda sakkizta machit va shuncha madrasa bo‘lib, 450-500 ta xonadon istiqomat qilgan hamda 400 ga yaqin savdo do‘konlari mavjud bo‘lgan. Hunarmandchilik mahsulotlari asosan do‘konlarda va qisman uylarda tayyorlangan. Hazoraspda katta bozor dushanba va juma kunlari bo‘lgan. Xonlikdagi yirik savdo-hunarmandchilik markazlaridan biri Gurlan edi. Manbalarga ko‘ra, XIX asrning o‘rtalarida shaharda, atrof hududlar bilan qo‘shib hisoblaganda uch mingtagacha xonadon istiqomat qilgan. Shaharda ko‘plab machit va madrasalar, bog‘lar tutzorlar bo‘lib, dalalardagi sholi, paxta va bug‘doydan yaxshi hosil olingan. Manbalarga ko‘ra, Xiva bozorlari haftaning deyarli barcha kunlari ishlab, raislar tomonidan boshqarilgan. Rus sayyohlari Xiva bozorlarini gavjumligi va mahsulotlarga boyligi, ajnabiy savdogarlarning ko‘pligi bilan Buxoro va Qo‘qon bozorlaridan qolishmasligi haqida ma’lumotlar qoldirganlar. Butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o‘chog‘lari boshlang‘ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang‘ich maktab, ya’ni, quyi ta’limda o‘qish-yozishni o‘rganib, xat-savod chiqargan o‘smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o‘qib ta’lim olganlar. Manbalarga ko‘ra, XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa bo‘lgan. Faqat Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, 167 Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi. Xorazm adabiy muhitida ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib etgan shoirlardan biri Nurmuhammad G‘arib Andalib (1710-1770 yy.) ning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir. Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809- 1874 yy.) alohida o‘ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo‘lgan Ogahiyning 1832 -yilda tuzilgan “Ta’vizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g‘azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. Tarixiy asarlar orasida Abulg‘ozining “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) o‘zbek tilida bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an’analarini keyinchalik Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom ettirdilar. XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug‘i bilan Shermuhammad Munis (1778-1829 yy.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu saodat jannati”) asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi bu asarni keyinroq Olloqulixon topshirig‘i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872 -yilgacha bo‘lgan voqealar bilan boyitdi. Shuningdek, Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 yy.) ning “Shajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi. XVIII- XIX asrlarda Xiva xonligida ko‘plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida ko‘plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi me’moriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qal’ada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo‘lgan Dishan (tashqi) qal’a ham nodir me’morchilik namunasi hisoblanadi. Xonlikdagi boshqa shaharlar - Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot kabilar mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, ularda ham ko‘plab me’moriy inshootlar bunyod etilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling