Utayeva feruza xolmamatovna
Otaliq- Buxoro suvi Samarqanddan to Qorako‘lgacha va barcha tumanlarning sug‘orilishi va suvining taqsimoti uning ixtiyorida. To‘qsoba-
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miroxo‘ri kalon
- 10.4. XVIII-XIX аsrlarda Тоshkent
Otaliq- Buxoro suvi Samarqanddan to Qorako‘lgacha va barcha
tumanlarning sug‘orilishi va suvining taqsimoti uning ixtiyorida. To‘qsoba- podshoh dasturxonidagi tavoqlar va idishlarni joylashtirish vazifasi va Xarqonrud (G‘ijduvon) tumanini boshqaruvi unga tegishli. Miroxo‘ri kalon- zamonaviy xos soqchi va Komi Abu Muslim (Vag‘onze) tumani mirobligini uning vazifasiga kirgan. XIX asr boshlarida amirlik saroyida xizmatkor amaldorlar tabaqasi 300 ga yaqin, mahalliy boshqaruv tizimida 30 ming amaldor xizmat qilgan. Hokim va amaldorlarga davlat xazinasidan maosh berilmas, ular xalqdan yig‘ib olingan soliq, yig‘im, to‘lovlar hisobidan kun kechirgan. XIX asrda tuman yoki beklik amlokdorliklarga bo‘lingan. Amlokdorlik-arabcha “amlok”- mulk, dor (fors-tojikcha ega ma’nosida). Ma’muriy jihatdan amlokdorliklar tumanlarga tenglashtirilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida amirlikning 2 mln.ga yaqin aholisi bo‘lgan. Buxoro amirligida yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlanmagan, korxonalarda ishchilar soni 50 nafardan ortmagan. Ko‘proq mahalliy hunarmandchilik, temirchilik rivojlangan. 1848 yil 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim va ko‘plab bozorlar bo‘lgan. XVIII-XIX аsrlarda xususan qorako‘l teri etishtirish bilan shug‘ullanish muhim ahamiyat kasb etgan. Buxoro shahrining 51 mahallasida ip yigiruvchilar, 34 mahalladasida gilkorlar 33 mahallasida to‘quvchilar, 32 mahallada 163 etikdo‘zlar, 30 mahallada zargarlar, 21 mahallada holvafurushlar joylashgan.1890 yil ilk bor Kogonda paxta tozalash zavodi qurilgan.1898 yil Qorako‘lda paxta tozalash zavodi qurildi. 10.4. XVIII-XIX аsrlarda Тоshkent XVI-XVII asrlarda dengiz yo‘llarining ochilishi Buyuk ipak yo‘lining inqiroziga olib keldi.Shunga qaramay, Toshkent yana bir necha asrlar davomida karvon savdosining markazi bo‘lib qoldi. Lekin to‘xtovsiz davom etayotgan o‘zaro urushlar, ko‘chmanchi qabilalarning hujumlari, shaharni bosib olinishi va talon-taroj qilinishi iqtisod, madaniyat va shahar hayotining rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, tanazzulga olib keldi. XVIII asr og‘ir va notinch kechdi. Biroq bu yuz -yillikning oxiri shahar hayotining yangi tiklanish davri boshlandi. Bu davrga kelib savdo-sotiq jonlanishi ko‘zatildi, shaharda bir necha o‘nlab karvonsaroylar mavjud edi. Ularning aksariyati shahardagi asosiy bozor (hozirgi Beshyog‘och bozori) yaqinida joylashgan. Eng katta karvonsaroy Jangob arixi bo‘yida bo‘lib, bu yerda hind savdogarlari to‘xtashgan. Rus savdogarlarining ham karvonsaroylari bo‘lib,ulardan biri Salor anhori bo‘yida joylashgan. XVIII asr oxirida Toshkentda Sharqda kamdan kam uchraydigan boshqaruv tizimi qaror topdi. Hokimlarning har biri shahardagi to‘rtta daha - Sebzor, Ko‘kcha, Shayxontohur va Beshyog‘och dahasidan birining vakili hisoblanadi. Hokimlarning hokimiyat uchun kurashida Shayxontohur dahasi hokimi Yunusxo‘ja zafarga erishib, Toshkent davlatini tashkil qilgan.Qo‘qon xoni bilan bo‘lgan to‘qnashuvda mustaqillik boy berildi. Toshkent shahrining 12 ta darvozasi bo‘lgan: Labzak, Qashqar, Qo‘qon, Qaytmas, Beshyog‘och, Kamolon, Samarqand, Ko‘kcha, Chig‘atoy, Sag‘bon, Qorasaroy, Taxtapul. Shahar aholisi Bo‘zsuv arig‘idan suv ichgan, undan 12 ta katta ariq tarmoqlangan. Toshkent aholisi Rossiya tomonidan bosib olinishi arafasida 100 ming kishiga yaqin bo‘lgan. Aholining ijtimoiy tarkibi turlicha bo‘lgan. Hunarmandchilikning turli xillari mashhur bo‘lgan. Jo‘mladan shahar aholisi ko‘plab yigiruv-to‘quv, yog‘och va metal teri ishlsh korxonalari, kulolchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarish ustaxonalari bilan shuhrat qozongan. Shaharni Qo‘qon xoni tomonidan tayinlanadigan bek boshqargan, unga minboshilar bo‘ysingan. 164 XIX asr manbalarida har bir mahallada 50 dan 150 gacha oila yashaganligi ma’lum qilinadi. Mahallalarning nomlari ularning shugullangan kasb-hunariga muvofiq kelgan (masalan, Pichoqchilik, Degriz, Etikdo‘z) yoki etnik tarkibga monand bo‘lgan (O‘zbekmahalla, Tojikko‘cha). Ayrim joylar rel’efi va tabiiy xususiyatlariga qarab (Sassiqhovuz, Chuqurko‘prik, Balandmasjid). Toshkentda bozorlar kop edi. XIX asrda Toshkentni o‘rgangan N.G.Maliskiyning fikriga ko‘ra, shaharning barcha darvozalari va ko‘chalari bozorlar bilan bog‘langan, bunday rejalashtirish ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga muvofik keladi. Markaziy Osiyo bo‘lab sayohat qilgan va 1873 yil Toshkentga kelgan amerikalik Yjin Skayler shunday yozgan: Osiyodagi hech bir shahar Eski Toshkent singari turli-tuman emas. Ko‘chalar goh pastga, goh balandga chiqadi,qo‘qqisdan qandaydir devorga borib taqalasiz. Ko‘kalamzorligi borasida hayratlanib yozadi, uzoqdan shaharga qaraganda bog‘-rog‘larga burkangan. Toshkent zamonaviy transmagistralning muhim markazi bo‘lib kelgan. Hindiston va Xitoy,Old Osiyo,Turkiya va boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari keng bo‘lgan. XIX asrda Rossiya imperiyasining Qoqon xonligini bosib olish rejasi tezlashdi. Rossiya Toshkent orqali Buxoro amirligi va Xiva xonligi, Xitoy, Afg‘oniston, Hindiston bilan savdoni amalga oshirishni rejalashtirdi. 1864 yil 29 avgustda Toshkentning Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shib olinganligi e’lon qilindi. Toshkent Sirdaryo viloyatining markazi bo‘lib qoldi. XIX asrning 70-80 yillarida Toshkent O‘rta Osiyoning yirik savdo, sanoat va madaniyat markazi bo‘lib qoldi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling