172
yodgorliklarni o‘rganish va ularni ilmiy jihatdan tadqiq etishni o‘z
odiga maqsad qilib qo‘ydilar.
Toponimiya ‒ma’lum hududdagi joy nomlari yig‘indisi. Masalan
Toshkent viloyatidagi barcha joy
nomlari Toshkent viloyati
toponimiyasi deyiladi.
Ixshid ‒viloyat hokimi.
Indikator (toponimikada) ‒toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy
geografik terminlar:
qum tepa, qo‘rg‘on, daryo, suv, kent va
boshqalar.
Istehkom ‒ vaqtinchalik yoki doimiy tarzda istiqomat qilinadigan joy
Shahriston ‒ shaharning ichki qismi.
Najjorlik ‒ duradgorlik.
Poykend ‒
qadimgi karvon yoʻli ustida qad koʻtargan shahar harobasi
(miloddan avvalgi IV-III-milodiy XI-asrlar) bo‘lib, Buxorodan 44 km
janubigʻarbda, Jondor va Qorakoʻl tumanlari tutashgan hududda
joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida
shahar Boykand, Xitoy
solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Poykend “Quyi
shahar” maʼnosini anglatadi.
Jome ‒ shahar miqyosidagi masjid
Peshtoq ‒ binoning kirish qismi
Saroy ‒ hashamatli turar uy-joy majmuasi
Do'stlaringiz bilan baham: