Qorako’l tarix silsilasi zarafshonning quyi oqimidan Аmudaryogacha
Download 21.51 Kb.
|
QORAKO’L TARIX SILSILASI
QORAKO’L TARIX SILSILASI1. Zarafshonning quyi oqimidan Аmudaryogacha.Hozirgi Qorakoʼl va Olot tumanlari oʼrnida ulkan koʼl boʼlib, unga bir tomondan Qashqadaryoning, ikkinchi tomondan Qorakoʼldaryo orqali Zarafshon daryosining suvlari qishin-yozin muttasil quyilib turgan. Oʼrta asr manbalarida bu koʼl «Buhayrayi Somjan» (yaʼni Somjan dengizi), «Borgini Farroh» – «Keng hovuz», «Qorakoʼl»,»Dengiz»,1 «Bahr ul-Buxoro»(yaʼni Buxoro dengizi), «Mavozai Boykand», yaʼni Boykand yaqinidagi koʼl kabi bir necha atamalar bilan tilga olinadi. Turklar uni «Dengiz» va «Qorakoʼl» deb yuritishgan2. Bu koʼlning uzunligi ham, kengligi ham 20 farsang, yaʼni 120-140 km.ga teng boʼlgan3.Buxoro dengizi va Boykandkoʼl nomlari bilan shuhrat topgan bu koʼlning shimoliy qirgʼogʼi Shiburdon ota balandliklariga tutashgan Zamonbobo adirliklariga, janubiy qirgʼogʼi Dengizkoʼlning janubiy sohillariga, sharqiy qirgʼogʼi Boykand-Tayqir qirlari orqali Qarshi dashtiga, gʼarbiy qirgʼogʼi esa Olot tekisliklari orqali Urganjiy dashtiga – Qizilqumga tutashib ketgan. Narshaxiyning yozishicha, bu koʼl suv jonivorlariga nihoyatda boy boʼlib, butun Xuroson muzofotida bu yerdagidek koʼp miqdorda parranda va baliqlar tutilmagan .1896 yilda quyi Zarafshonning topografik rejasini tuzgan N.F.Sitnyakovskiy shunday deb yozgan edi: «Zarafshonning quyi oqimida uchta irmoq mavjud boʼlgan: 1) Moxon; 2) Qorakoʼldaryo; 3) Tayqir».Moxondaryoning Аmudaryoga quyilish joyini aniqlash 1920 yillarda olimlar tomonidan amalga oshirilgan. 1915 yilda botanik M.V.Kultiasov va geolog Vasilevskiylar, 1928 yilda esa botaniklar tuproq sathini oʼrganishgan. 1928 yilning kuzida V.P.Drobov boshliq guruh, nihoyat Moxondaryoning Аmudaryoga quyiladigan ikki irmogʼini aniqlashadi:1) Nargiz qalʼasi xarobalari quyisida; 2) Oqrabot qishlogʼida; har ikkalasi ham Chorjoʼy(Levap) shahridan taxminan 100 km masofada quyida joylashgan.1950,1960 va 1964 yillarda ham Zarafshonning irmogʼi boʼlgan Moxondaryo yoʼnalishi tadqiq etiladi. Chunki, u qadimgi zamonda asosiy irmoq sifatida suv koʼpaygan vaqtda yoʼnalishini oʼzgartirib, choʼlning ichkarisiga kirib borgan. Moxondaryo oʼzani Zarafshondan, toʼgʼrirogʼi Qorakoʼldaryodan Ogʼar qishlogʼida (Jondor tumanida) ajraladi (temiryoʼlning Yakkatut bekatidan bir necha km shimolda). Shu yerda Qorakoʼldaryoning burilish joyida Moxondaryoning oʼzani xuddi Zarafshonning gʼarbiy yoʼnalishidek koʼrinadi.Moxondaryo suvlari oʼzanidan 28-30 km masofada Chuqurkoʼl, Oʼrtakoʼl va Chandirkoʼl deb nomlangan tabiiy koʼllarni tashkil etgan. Bu koʼllar tizimi Moxonkoʼl deb ataladi.Moxonkoʼldan chiqqan Goʼjayli oʼzani janubga qarab yoʼnalgan, XIII-XIV asr yodgorligi hisoblangan Shibirdon (Shoburxon) ota yodgorligi yaqinidan gʼarbga qarab burilgan. Shibirdon ota yodgorligidan 4-5 km lik masofada ikki tarmoqqa ajralib, oʼrtada orolcha hosil qilib, Qorakoʼldan 15 km shimoliy gʼarbda Zamonbobo koʼliga quyilgan. Shundan keyin Goʼjayli oʼzani Zamonbobo koʼlidan chiqib, yagona oʼzanga aylangach, yana ikki qanotga boʼlingan. Birinchi qanoti avvalgicha, 10-15 m balandlikda, qirlarning oʼng tomon qiyaliklarini yuvib, shimoliy gʼarbiy yoʼnalishda davom etgan. Zamonbobo koʼlidan taxminan 3 km quyida bu oʼzan shoʼrxok, tuzli yerni «Kichik tuzkon»ni tashkil etgan. Shundan soʼng mazkur daryo oʼzani shimoliy gʼarbiy yoʼnalishda davom etgan va taxminan 9-10 km lik masofada yana bir shoʼrxok yerni, yaʼni «Katta tuzkon»ni tashkil etgan. «Katta tuzkon»ning uzunligi 8-10 km, eni 4-5 km. Goʼjaylining ushbu oʼzani «Katta tuzkon» bilan tugamagan, yanada shimoliy gʼarbiy yoʼnalishda davom etib Moxondaryoning janubiy-gʼarbiy oʼzani bilan qoʼshilgan deb taxmin qilinadi, chunki hozirgi vaqtda Katta tuzkon bilan Xoʼjaquduq oraligʼidagi qum barxanlari orasidan 15 km lik masofadagi yulgʼunlar bilan qoplangan polosa buni tasdiqlaydi.Goʼjayli oʼzanining ikkinchi qanoti Zamonbobo koʼlining orqasidan oʼtib, janubiy-gʼarbiy yoʼnalishda davom etgan va 12-15 km masofada qum barxanlari orasida Kaptarniqumi degan joyda yoʼq boʼlgan. Ehtimolki, oʼzan shu yerdan boshlab shimoliy-gʼarbiy yoʼnalishda davom etgan. Buni Nurtoyniqumi hududi boʼylab oʼtgan suv yoʼli qoldigʼi, taqirliklar isbotlab beradi.Endi, Zarafshonning chap tomon shoxobchasi boʼlgan Qorakoʼldaryo toʼgʼrisida. Eng qadimgi davrda bu shoxobcha janubiy-gʼarbiy yoʼnalishda oqqan va hozirgi Qorakoʼl vohasida koʼl va koʼlmaklar hosil qilgan hamda Qorakoʼl nomi ham shu koʼl nomidan kelib chiqqan. Qorakoʼldan 4 km lik masofada, sharq yoʼnalishida Qorakoʼldaryoga Qashqadaryoning kuchli delta-shoxobchalaridan biri kelib quyilgan. Ushbu shoxobchaning sersuv oqimi Qorakoʼldan gʼarb tomongaDownload 21.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling