Yusupova sh. K
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85
- Bu sahifa navigatsiya:
- YUSUPOVA SH.K
- Takrizchilar
- Kengash kotibasi, dotsent X.A.Xusanova 5 MUNDARIJA
- OSHQOZON OSTI BEZINING OROLCHA APPARATI KASALLIKLARI Oshqozonosti bezining orolcha apparati anatomiyasi va fiziologiyasi
2 3 YUSUPOVA SH.K QANDLI DIABET O’QUV QO’LLANMA Andijon-2020 4 Tuzuvchi: Yusupova SH.K. - gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent Takrizchilar : Z F.A.Xaydarova - Yo.X.To’rakulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor urinbosari: Z.S. Salaxitdinov - ADTI 1-UASH tayyorlash kafedrasi mudiri professor O’quv qo’llanma ADTI Markaziy uslubiy xayhatida muhokama qilindi. ― ‖ 2020 y № bayonnoma O’quv qo’llanma ADTI Oliy tahlim muassasasi kengashida tasdiqlandi. ― ‖ 2020 y № bayonnoma Kengash kotibasi, dotsent X.A.Xusanova 5 MUNDARIJA Oshqozon osti bezi orolcha aparati kasalliklari ............................................. 4 Qandli diabet ................................................................................................ 15 Qandli diabetning o’tkir asoratlari ................................................................ 58 Gipoglikemik koma ....................................................................................... 58 Ketoatsidotik koma… ................................................................................. 63 Qandli diabetning surunkali asoratlari. Diabetik retinopatiya… ................. 72 Diabetik nefropatiya ................................................................................ 74 Testlar… ....................................................................................................... 83 Ziddiyatli masalalar ....................................................................................101 Qisqartmalar ............................................................................................... 104 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ........................................................... 105 6 OSHQOZON OSTI BEZINING OROLCHA APPARATI KASALLIKLARI Oshqozonosti bezining orolcha apparati anatomiyasi va fiziologiyasi Oshqozon osti bezi (lotincha ‘ancreas) –turli gormonlar (endokrin qism) va fermentlar sintezlovchi bez bo’lib, (ekzokrin qism) retroperitoneal joylashgan toq a’zo. Oshqozon osti bezi qorin bo’shlig’ida joylashgan mehda ortida 1–2–bel umurtqa pog’onasi ro’parasida joylashadi. Uning o’rtacha hajmi 80–100g, uzunligi 14–18 sm, kengligi 3–9 sm, qalinligi 2–3 sm ni tashkil qiladi. Bez yupqa biriktiruvchi to’qima kapsulasiga ega bo’lib, tashqi tomondan qorin parda bilan qoplangan. U bosh, tana,dumdan iborat. Oshqozon osti bezining endokrin qismi oshqozon osti bezining ekzokrin parenximasida diffuz tarqalgan Langergans shoxchalaridan iborat. SHoxchalar diametri 50 mkm dan to 400 mkm (shoxchalarning ko’p qismi 200 mkm) gacha boradi. Katta odam oshqozon osti bezida taxminan 1 mln shoxchalar jamlangan. Rivojlanish jarayoni boshida insulyar apparat oshqozon osti bezining katta qismini tashkil qiladi. Embrionda 20 sm uzunlikdagi insulyar apparat va mezenxima vazni bezning 2/3 qisimini tashkil qiladi, yahni bu qism oshqozon osti bezining endokrin qismi xisoblanadi. Tug’ilgandan keyin o’sish jarayonida keksalarda 1-1,5 % kamayib inkretor qism 30% ni tashkil qiladi. Tug’ilgandan keyin bolalarda bez vaznining sezilarli katta foizini tashkil qiluvchi biriktiruvchi to’qimani sekin asta jipslashtirib, ekzokrin apparati rivojlanib. Faqat bola hayotining 2- yilda oshqozon osti bezining gistologik tuzilishi kattalarnikiga o’xshash bo’ladi. 7 Bolalarda oshqozon osti bezi rivojlanish xususiyatlari tug’ilgandan keyin ekzokrin qismning nisbiy yetilmaganligi va faoliyat ko’rsatayotgan endokrin apparatining kuchli erta rivojlanishinidir. Bezning qon ta’minotini old va orqa yuqori pastki hamda pastki pankreat- duodenal arteriyalar, shuningdek, taloq arteriyasining pankreatik tarmoqlari amalga oshiradi. Ularda qon oqimi bezning ekzokrin qismiga nisbatan 5-10 marta yuqori bo’ladi. Qon aylanishi glyukagon sekretsiyalovchi α hujayralari tomonidan glyukagon sekretsiyasini tormozlash uchun insulinni orolcha periferiyasiga tushishiga mo’ljallangan. Vena qon oqimi taloq orqali yuqori va pastki, shuningdek, chap qorincha venasidan o’tadi. Bolalarda oshqozon osti bezining limfatik tizimi hech qanday anatomik xususiyatga ega emas. Bu tugunlardan limfa oshqozon, jigar, o’t pufagi, katta charvi, paraaortal tugun va boshqa organlarning limfa tizimiga tushishi mumkin. Oshqozon osti bezi innervatsiyasini parasimpatik va simpatik tolalar amalga oshiradi. Langergans oroli quyidagi hujayra turlarida ; A(£), B(β), D(δ), P(γ), F yoki RR da berilgan. A(£) hujayralar orolchadagi hujayralarning tarkibidan 20-25 %ni tashkil etgan bo’lib, glyukagon ishlab chiqaradi. Orolning asosiy (75-80 %) tarkibini insulin sintezi va deponirlash vazifasini bajaruvchi V (β)- hujayralar tashkil qiladi. (δ) hujayralar ko’plab bezlar faoliyatini tormozlovchi somatostatin sekretsiyasini amalga oshiradi.Undan tashqari, oshqozon osti bezida o’zlarining sekretsiya granulalari kabi farqli xususiyatlariga ega bo’lgan RR-hujayralar mavjud. Ular pankreatik polipeptid manbai (oshqozon osti bezini funktsiyasini susaytiradi va mehda soki sekretsiyasini stimullaydi) hisoblanadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling