7-amaliy mashg‘ulot Mavzu: mezenxima Ishning maqsadi
Download 190.3 Kb.
|
7 Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
7-amaliy mashg‘ulot Mavzu: mezenxima Ishning maqsadi: Mezenxima hujayralari tuzilishi vazifalarini bilish, hujayralararo moddalari va unda joylashuvch har xil hujayra elementlari bilan tanishish. Kerakli jihozlar: Mavzuga doir mikropreparatlar, mikroskop, mavzuga doir tablitsalar, mezenxima preparati, buyum va qoplagich oynalar, albom. Ishning borishi: Mezenxima preparatini dastlab kichik ob’ektivda ko‘rish kerak. Qush embrionining ko‘ndalang kesimi preparat qilib berilgan (14-rasm). 14-rasm.Embrion mezenximasi (bo‘yoq: gematoksilin-eozin). 1 – hujayralar: 1.1 – interfaza davridagi hujayralar, 1.1.1 – hujayra o‘simtalari, 1.2 – mitoz yo‘li bilan bo‘linayotgan hujayralar; 2 – hujayralar oralig‘i. Embrionning ektoderma varag‘i ostida mezenxima hujayralari joylashgan. To‘qima embrionning dastlabki tabaqalanmagan hujayralaridan iborat. Hujayralarda tabaqalanish prostessi muttasil davom etib, dam-badam o‘zgarib turadi. Mezenxima hujayralari asosan embrionning mezoderma varag‘idan ajralib chiqadi va varaqalar oralig‘ini egallaydi. Mezenxima to‘rsimon, ya’ni sinstitiy shakliga o‘xshash tuzilishga ega. Hujayralar o‘zidan bir necha o‘simtalar chiqarib, bu o‘simtalar boshqa hujayralar o‘simtalari bilan tutashib turadi. Elektron mikroskop yordamida aniqlanshicha, o‘simtalar bir-biri bilan birikib ketmasdan, tutashib turgan qism plazmolemma orqali ajralib turadi. O‘simtalarning tutashgan joyidagi bo‘shliqlar hujayralararo modda bilan to‘lgan bo‘ladi. Mezenxima to‘qimasining tuzilishi hujayralarning tabaqalanishi natijasida doimo o‘zgarib turadi. Topshiriq: Qush embrionining ko‘ndalang kesimi preparat orqali mezenximani dastlab kichik ob’ektivda embrionning ektoderma varag‘i ostida mezenxima hujayralari joylashganligiga e’tibor bering. Mezenxima o‘simtalarning tutashgan joyidagi bo‘shliqlar hujayralararo modda bilan to‘lgan bo‘lishiga e’tibor bering. Nazorat uchun savollar: Mezenxima hujayralari asosan embrionning qaysi varog‘idan paydo bo‘ladi. Mezenxima hujayralari asosiy moddasi, tarkibi va funksiyasi. Mezenxima hujayralari tuzilishi va xususiyatlari. Download 190.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling