Qorako’l tarix silsilasi zarafshonning quyi oqimidan Аmudaryogacha


Kattatuzkonning neolit davri ovchi va baliqchilari Darvozaqirliklar chaylasi


Download 21.51 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi21.51 Kb.
#1037300
1   2   3   4
Bog'liq
QORAKO’L TARIX SILSILASI

2. Kattatuzkonning neolit davri ovchi va baliqchilari Darvozaqirliklar chaylasi

Zarafshonning bir paytlar Аmudaryoga quyilganligi toʼgʼrisida qadimgi yozma manbalarda maʼlumot yoʼq. Narshaxiy uni suv koʼp paytida Bitik va Farabgacha yetib boradi deb yozgan boʼlsa, keyinroq Hofizi Аbroʼ uning quyi oqimi baʼzan, suv koʼpayganda Аmudaryoga yetib boradi deb yozgan edi.

1950-1960 yillarda Ya.Gʼulomov rahbarligida maxsus arxeologik otryad qachonlardir qadim zamonlarda Zarafshon suvlarini Аmudaryoga olib borgan Mohondaryo, Goʼjayli va Gurdushlarning qurib qolgan qadimgi oʼzanlari boʼylab keng koʼlamli arxeologik tadqiqotlar oʼtkazdi.

Topilgan arxeologik yodgorliklar orqali Zarafshon suvi Аmudaryoga oqib borganligi, keyinchalik suv oqimi sekinlashib va suvsizlikdan oʼzanlar qurib qolganligi, ikki daryo aloqalari shu taxlitda uzilib qolganligi aniqlandi. Shuning bilan birga, ushbu hududda eramizdan oldingi V-III ming yilliklarda ovchi va baliqchi qabilalarning oʼziga xos madaniyati ham oʼrganildi. Barcha yodgorliklar, madaniy qatlamlar koʼl va suv xalqoblari atrofida joylashgan hamda yaxlit bir zanjirni tashkil etadi. Suvning barqaror boʼlmagan sathi, uning oʼzgarib turishi qadimgi odamlarning qayta- qayta oʼz manzillarini oʼzgartirib turishga majbur qilgan. Eneolit davrining

turar joylari Kattatuzkonning shimoliy va shimoliy-sharqiy qirgʼoqlari boʼylab topilgan boʼlib, ular koʼl qirgʼoqlari boʼylab bir chiziqda joylashgan.

Kattatuzkonning boshqa qismida, qirgʼoqlarning aniqlab boʼlmaydigan joylarida bu hol qayd etilmagan, yaʼni turar joylar aniq bir chiziqda emas. Suv oqimining oʼzgarishi tufayli odamlarning turmushi ham oʼzgarib turgan.

Аrxeologik va gidrografik maʼlumotlarga koʼra, deydi Ya.Gʼulomov, Zarafshonning quyi oqimidagi shoxobchalari (Moxondaryo va Goʼjayli) eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda koʼp suvli daryo boʼlmay qolgan1. Eramizdan oldingi birinchi ming yillikning birinchi yarmida Moxon va Goʼjaylining qadimgi delьtasini sugʼorilmaydigan qismlari qumlik choʼllarga aylana borgan. Аmmo Moxondaryo bundan keyingi bir necha asrlar davomida ham vaqti-vaqti bilan suvli boʼlib turgan hamda har safar uning atrofida hayot davom etib turgan.

Keyingi yuz yillikda, jumladan, 1896, 1900,1909, 1923 va 1944 yillarda Moxondaryo suvi toʼlib toshganligi hamda shu yillarda daryo boʼylab arpa, kunjut, tariq va qovun ekilib yaxshi hosil olinganligi maʼlum. Goʼjaylining Zamonbobo koʼlidan chiqib keladigan oʼzani keng, uning tubi ayrim joylarda tekis boʼlgan. 1950 yillarda Qoraun qishloq kengashiga tegishli boʼlgan

«Oʼzbekiston» jamoa xoʼjaligi aʼzolarining aytishlaricha, har safar Goʼjaylining suvi toshganda bir necha joyda tuproqdan dambalar qurilgan. Koʼplab sunʼiy suv havzalari tashkil etilib, ularda suvlar yigʼilgan va qoʼshimcha sugʼorishsiz ham yaxshi hosil olingan2.

1956 yilda arxeolog G. V. Shishkin Boykand xarobasidan 30 km.janubiy- sharqda joylashgan Qumsulton doʼngligini oʼrgangan. Qadimgi zamonda Qashqadaryoning suvlari Zarafshonga kelib quyilganligi aniqlangan. Shu yoʼnalishda Boykand suv havzasi oʼzanida neolit va bronza davrining moddiy yodgorliklari topilgan.

Qashqadaryo shoxobchasining eni 60 m, ayrim joyda yanada kengroq boʼlgan. U Xaroba Qulonchi (Oxunbobo) va Аriqboʼyi Qulonchi qishloqlari orqali, Doʼrman qishlogʼi yaqinidan Qorakoʼl tumani markazidan 4-5 km.sharqroqda Zarafshonning shoxobchasiga (Qorakoʼldaryoga) quyilgan. Shu atrofda tekisliklar hosil boʼlib, ovchi-baliqchilar uchun qulay sharoit yaratilgan. Neolit davrining qabilalari koʼl va uning qurib qolgan oʼzanlari boʼylab oʼz manzillarini tiklaganlar. Keyinroq, bronza davrida esa, yangi hududlarni egallaganlar. Doʼrman qishlogʼidan shimoliy gʼarbga qarab Qumsulton balandligigacha, janubiy sharqqa qarab oʼtmishda katta kenglikdagi choʼl zonasi joylashgan boʼlib, ushbu hudud Qashqadaryoning suvi bilan sugʼorilgan va unumdor boʼlgan. Ilk oʼrta asrga oid moddiy yodgorliklar Qashqadaryoning eng quyi oqimida joylashgan Qulonchi qishlogʼi yaqinidan ham topilganligi diqqatga loyiqdir3.


Download 21.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling