Qorako’l tarix silsilasi zarafshonning quyi oqimidan Аmudaryogacha


«Uygʼur» oʼzani boʼylab oqqan hamda hozirgi Qizilqumning ostida qolgan yerlarni sugʼorgan


Download 21.51 Kb.
bet2/4
Sana20.12.2022
Hajmi21.51 Kb.
#1037300
1   2   3   4
Bog'liq
QORAKO’L TARIX SILSILASI

«Uygʼur» oʼzani boʼylab oqqan hamda hozirgi Qizilqumning ostida qolgan yerlarni sugʼorgan.

Zarafshonning asosiy shoxobchasi boʼlgan «Tayqir» (tagi – yer, yaʼni doʼnglik osti) Eshakchi qishlogʼi orqasidagi katta kengliklarni suv bilan taʼminlagan va koʼllar zanjirini tashkil etib (Karlishon, Soʼngʼur, Shoʼr, Qorongʼikoʼl) u yerdan Аmudaryo qirgʼoqlariga qarab ketgan. Tayqirning chap irmogʼi Dengizkoʼl, Somonkoʼl chuqurliklarini suv bilan toʼldirib, keyin Аmuga yoʼnalgan. Saqlanib qolgan Somontepa qoldiqlaridan shu narsa maʼlum boʼladiki, qadimda Dengizkoʼl suvi sathi baland boʼlgan.

Tarixiy-arxeologik maʼlumotlarga koʼra, eramizdan oldingi XII-X ming yillikda (yaʼni golotsen davrida) tektonik harakatlar natijasida Boykand – Qorakoʼl vohasi bir muncha koʼtariladi. Zarafshonning hayqirib oqqan qadimiy oqimi Buxoro vohasida damlanib, hozirgi Jondor tumanidagi Yakkatut qishlogʼi yaqinida Mohondaryo va Gujayli oʼzanlari boʼylab Qizilqumning ichkarisiga tomon urib ketadi. Bu ikki qadimiy oʼzan boʼylab u Chuqurkoʼl, Mohonkoʼl, Oʼrtakoʼl, Chandirkoʼl, Zamonbobo, Kichiktuzkon, Kattatuzkon, Luxli, Ogʼachuyuq,Qandirli, Qayiqli, Qurbonboy, Rahmatbobo, Kichikporson, Kattaporson va Echkiqiron kabi bir qancha koʼllar zanjirini hosil qiladi.

Keyin 150 km.masofada butun Urganjiy dashtini kesib oʼtib, Oqrabod va Nargizqalʼa degan joylarda Аmudaryoga quyiladi. Mohondaryoning oʼzanlaridan biri Аmudaryoning oʼng qirgʼogʼiga joylashgan XI-XII asr yodgorligi Nargizqalʼa yaqinida toʼrtta arnaga ajralib, delьta hosil qiladi va chuqur hamda keng jarliklar orqali Аmudaryoga borib tutashadi. Mahalliy aholi tilida jarliklar «Suvlot» deb ataladi. Birinchisi – Oxursuvlot, ikkinchisi

– Jilgʼindisuvlot yoki Yulgʼinlisuvlot, uchinchisi – Shoʼrsuvlot yoki Oyxonsuvlot, toʼrtinchisi – Suvlisuvlot yoki Digisuvlot nomlari bilan mashhurdir, ularning eni 75-125, chuqurligi esa 15-20 metrga tengdir. Mohondaryoning yana bir oʼzani Nargizqalʼadan 18 km.janubiy-sharqda joylashgan Oqrabod mavzesi yaqinida Shoʼryotoq, Sariboy, Poyanda,Qumsuvlot va Jarsuvlot kabi beshta tarmoqqa boʼlinib, u ham Аmudaryoga birlashadi1. Аrxeologik tadqiqotlarga koʼra, Qizilqum boʼylab yogʼin-sochinlardan hosil boʼlgan son-sanoqsiz sayoz koʼllar (xalqob) atrofida, shuningdek Vobkentdaryo, Mohondaryo, Goʼjayli va Gurdush oʼzanlarining qadimgi delьtalaridagi yoyilmalarning taqirlari ustida har tomonga sochilib yotgan mezolit (eramizdan avvalgi XII-VII ming yillik) va neolit( eramizdan avvalgi V-III ming yillik) davrlarining mikrolit (mayda tosh ) qurollariga qarab fikr qilinsa, Buxoro vohasida mezolit hamda neolit davrlaridan boshlab hayot ancha gavjumlashgan. Shubhasiz, mikrolit qurollar behad sochilib yotgan yerlar ibtidoiy ovchi va baliqchi qabilalar yashagan makon va manzilgohlarning oʼrni boʼlib, afsuski bu uzoq oʼtmish yodgorliklarining madaniy qatlamlari asrlar oʼtishi bilan shamol eroziyasi natijasida yemirilib, koʼhna turar joylarning koʼpchiligidan nomu nishon qolmagan.


Download 21.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling