Qorako’l tarix silsilasi zarafshonning quyi oqimidan Аmudaryogacha


Shunday qilib, 1960-1963 yillar davomida Goʼjayli boʼylab Kichiktuzkon atrofida 3 joyda, Kattatuzkon atrofida 35 joyda, Moxondaryo boʼylab


Download 21.51 Kb.
bet4/4
Sana20.12.2022
Hajmi21.51 Kb.
#1037300
1   2   3   4
Bog'liq
QORAKO’L TARIX SILSILASI

Shunday qilib, 1960-1963 yillar davomida Goʼjayli boʼylab Kichiktuzkon atrofida 3 joyda, Kattatuzkon atrofida 35 joyda, Moxondaryo boʼylab

Loʼxlikoʼl va Echkiqiron atroflarida 2 joyda hamda Boykandning janubida Qashqadaryoning qadimgi quruq oʼzani boʼylab 11 joyda neolit davriga mansub yodgorliklarning qoldiqlari topildi va tekshirildi1.

Hozirgi Qorakoʼl tumanidagi Sayyot qishloq fuqarolar yigʼiniga tegishli hududlar hamda Zamonbobodan shimoliy-gʼarb va gʼarbda Аmudaryogacha tutashib ketgan Goʼjayli va Moxondaryo havzalari eramizdan oldingi V-III ming yilliklarda Zarafshon vodiysi quyi oqimidagi eng xushmanzara va gavjum joylardan boʼlgan. Voha va uning tevarak atrofi qalin butazor, changalzor, jiydazor va toʼqayzorlardan iborat boʼlgan. Poyonsiz dashtlik va qumliklardan iborat yaylovlar ham ular atrofini qamrab olgan. Moxondaryo va Goʼjayli toshqinlaridan hosil boʼlgan koʼl, botqoqliklar va qalin changalzorlar turli xil jonivorlarga serob boʼlgan. Daryo va koʼl yoqalaridagi suvlotlar tevarak- atrofi turli xil yovvoyi hayvon podalari toʼplanib suvlaydigan ovloq yerlardan iborat boʼlgan.

Bugungi kunda ogʼir barxanli qumliklar bilan qoplangan ushbu qadimgi oʼlkaning tabiiy sharoiti qulay boʼlganligi bois bundan 6-7 ming yil muqaddam bu yerlarda Qorakoʼlning eng qadimiy aholisi yashagan. Bu aholi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Qorakoʼlning bu qadimgi ovchi- baliqchilari chakalakzorlardan ustun, sarrov, toʼsin va sinchbop daraxtlar qirqib, toʼqayzorlardan qamishlar oʼrib, daryo boʼylari va koʼl sohillarida ulkan chaylalar bino qilganlar va ularda katta patriarxal oila boʼlib istiqomat qilganlar. Bunday chaylalarning qoldiqlari Oʼ. Islomov tomonidan 1961-1963 yillarda Qorakoʼl tumani markazidan 40 km.shimoliy gʼarbda, Kattatuzkonning shimoliy sohilida Darvozaqir degan joyda topib tekshirildi2.

Darvozqir-1 makoni Kattatuzkonning 25-turar joyidan 600-700 m shimoliy-gʼarbda joylashgan. Darvozaqir-1 makonida qazishmalar olib borilgan vaqtda uning sathidan toʼrtburchak shakldagi chayla oʼrni kavlab ochilib, kattaligi 7 x11,6 m., sahni 81 kv.m.ga teng ekanligi aniqlandi. Chayla sahnining markazida ikkita va toʼrt burchagida toʼrtta ustunlar oʼrnatilgan kattaroq chuqurchalar, girdi boʼylab sinchlar uchun kavlangan kichikroq chuqurchalar taqir ustida juda yaxshi saqlangan. Chaylaning tomi toʼrt nishabli tarzda yopilgan, eshigi sharq tomonda boʼlib, u koʼl tomonga qaragan.

Chayladan topilgan tosh qurollar orasida oʼq-yoy paykonlari, kamon oʼqlari va oʼroq dastalari yasashda ishlatiladigan oʼroqrandalar, pichoqsimon keskichlar, turli xil qirgʼichlar, teshgich va soʼzanlar, parmachalar, nefrit toshidan yasalgan pona va boltachalar, oʼroq tishlari va boshqalar bor.

Topilmalar orasida sopol idish boʼlaklari nihoyatda koʼp boʼlib, aksariyatining sirtiga botirma chiziqli naqshlar tortilgan, ularning tubi tuxumsimon yoki dumaloq shaklda ishlangan. Sopol idishlar 3-4 litr hajmda suyuqlik saqlashga moʼljallangan. Demak, ushbu idishlarda ovlangan baliq, parranda yoki turli xil yovvoyi hayvon goʼshtlaridan shoʼrva qaynatilgan. Darvozaqirda topib oʼrganilgan sopol idishlar Zarafshon vodiysida kasb



Download 21.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling