- Paskal tilida takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash uchun maxsus sikl operatorlari mavjud: for, while, repeat. Takrorlanuvchi algoritmlarni dasturlash uchun, shuningdek, shartli operatordan ham foydalanish mumkin.
- for operatori.
- Bu operator siklda takrorlanishlar soni ma'lum bo'lganda qo'llaniladi. Operatorning umumiy ko'rinishi:
- for i.—ml to m2 do s;
- yoki
- for i:=ml downto m2 do s;
- bunda
- -/ - sikl parametri (butun qiymatli o'zgaruvchi);
- -ml va m2 - sikl parametrining boshlang'ich va oxirgi qiymatlari;
- -s - siklning tanasi (oddiy operator yoki operatorlar ketma-ketligi).
- for operatorining birinchi ko'rinishida i ning o'zgarish qadami 1 ga teng, ikkinchi ko'rinishda esa i ning qadami —1 ga teng.
- while operatori.
Sikldagi takrorlanishlar soni ma'lum shartga bog'liq bo'lsa, siklni tashkil qilishda while operatoridan foydalanish mumkin. Operatorning yozilishi - Sikldagi takrorlanishlar soni ma'lum shartga bog'liq bo'lsa, siklni tashkil qilishda while operatoridan foydalanish mumkin. Operatorning yozilishi
- while b do s ;
- bunda
- -b — mantiqiy ifoda;
- -s — siklning tanasi (operator yoki operatorlar ketma-ketligi bo'lishi mumkin ).
- Agar b mantiqiy ifodaning qiymati True (Rost) bo'lsa, s operator bajariladi, aks holda keyingi operator bajariladi.
- repeat operatori
- Bu operator takrorlanishlar soni ma'lurn bo'lmagan sikllarni tashkil etishda ishlatiladi. Bu operatorning ishlash jarayonida har bir qadamdan keyin shart tekshiriladi. Operatorning yozilishi:
- repeat s until b;
- bunda
- -s — operator yoki operatorlar ketma-ketligi, b — mantiqiy ifoda.
- repeat operatori ishlash jarayonida dastlab s o'rnidagi operatorlar ishlaydi va b mantiqiy ifoda qiymati yolg'on bo'lsa s qayta bajariladi, aks holda hisoblashiar keyingi operatorga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |