ҲУҚУҚ принциплари ва функциялари
Download 79.5 Kb.
|
HUQUQ BUZARLIK PRAFILAKTIK PRINSPLARI Xuquq prinsiplari, hech mubolagasiz, uning mohiyatini ifodalovchi asosiy mexanizmlardan birini, tag zamin o`zagi (sinch - umurtqasi)ni tashkil etadi. Ular butun huquqiy materiyani - g`oyalar, normalar va munosabatlarni qamrab olib, jami huquqiy hayotga muayyan mantiq, mazmun - ma`no, sobitqadamlik, ichki mutanosiblik hamda uygunlik baxsh etadi. Yanada teranroq ta`rif qiladigan bo`lsak, huquq prinsiplarida, bamisoli, huquq rivojining butun dunyoviy tajribasi, insoniyat ma`rifiy taraqqiyotining hosilasi o`zining mujassam ifodasini topadi. Prinsiplar huquq shakllanishida yo`nalish beruvchi mo`ljal, mezon vazifasini o`taydi. Huquq prinsiplari huquqning shakllanish jarayoni, rivojlanishi va harakatlanishining rahbariy g`oyasi, ibtido qoidasi, yetakchi mezoni sifatida maydonga chiqadi. Avvalo qonunda, huquqiy normalarda o`z tasdig`ini topadigan huquq prinsiplari jamiyatning butun siyosiy-huquqiy hayotiga, mamlakat ijtimoiy tizimiga to`laligacha singib ketadi. Ular nafaqat huquqning mohiyatini, balki uning mazmunini tavsiflaydi, nafaqat uning ichki tuzilishi, statik holatini, balki huquqni qo`llash jarayonini, huquq faoliyatining dinamikasini aks ettiradi. Huquq prinsiplari iormativ aktlarni tayyorlashning butun jarayoniga, ularni qabul qilish va chiqarishga, huquqiy talablarga rioya etish kafolatlari o`rnatilishiga nihoyatda katta ta`sir ko`rsatadi. Huquq prinsiplari o`ziga xos tayanch tuzilma (konstruksiya) bo`lib, unga nafaqat huquq normalari, institutlari yoki tarmoqlari, balki butun huquq tizimi asoslanadi. Mazkur rahbariy tamoyillar davlat idoralarining butun huquq ijodkorligi, huquqni qo`llash va huquqni muhofaza qilish faoliyati uchun yo`naltiruvchi mash`al bo`lib xizmat qiladi. Ularga rioya etish darajasiga huquqiy tizimning baqamtiligi, barqarorligi va samaraliligi bevosita bog`liq. Huquq prinsiplari umummajburiy tusga ega bo`lganligi sababli ular turli huquq tarmokdari va institutlari, normalari va huquqiy munosabatlar o`rtasidagi, obyektiv hamda subyektiv huquq o`rtasidagi ichki birlikni, uyg`unlikni va o`zaro aloqadorlikni ta`minlashga ko`maklashadi. O`z mohiyati, tabiati jihatidan huquq prinsiplari tasodifiy emas, balki jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimi tomonidan obyektiv tarzda belgilanadi. Bundan tashqari, ular mazmuniga mamlakatda mavjud davlat va huquq, xukmron siyosiy va davlat rejimi, jamiyat siyosiy tizimining qurilish hamda amal qilish tamoyillari o`z ta`sirini o`tkazadi1. Yuqoridagi fikr kundek ravshan, uni isbotlab o`tirishning hojati ham yo`q. Zero, aytaylik, feodal huquqning tuzilish va harakatlanish prinsiplari kuldorchilik huquqi yoki hozirgi zamonaviy huquq prinsiplaridan tubdan farq qiladi. Shuningdek, rim huquqiga asoslangan bugungi kunimizdagi roman - german huquqining prinsiplari islom dini arkonlariga asoslangan musulmon huquqi prinsiplaridan farqlanishi barchaga ayondir. Huquq prinsiplari, odatda, bevosita qonun hujjatlarida (konstitutsiya va joriy qonunlarning muqaddimasida, moddalarida) mustahkamlanadi; ba`zan huquq normalarining mazmunidan kelib chiqadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida inson huquqdari va davlat suvereniteti g`oyalariga sodiklik prinsipi, xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalari ustunligani tan olish prinsipi o`z aksini topgan Shuningdek, Konstitutsiyamizning bir qator moddalarida o`ta muhim boshqa huquqiy prinsiplar mustahkamlangan. Ulardan ba`zilarini eslab o`tamiz: «davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldida mas`ulligi» (2-modda), «xalq hokimiyatchiligi» (7-modda), «davlat hokimiyatining taqsimlanishi» (11-modda), «siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi» (12-modda), «Konstitutsiya va qonun ustuvorliga» (15 va 16-moddalar), «fuqarolarning qonun oldida tengligi» (18-modda) va hokazo. Xorijiy davlatlar tajribasi ham aynan shunday. Misol uchun Shvetsiya Konstitutsiyasining 1-moddasiga muvofiq: «Shvetsiyada butun davlat hokimiyati xalqdan kelib chiqadi. Shved xalqining boshqaruvi fikrlarni erkin shakllantirish hamda umumiy va teng saylov huquqiga asoslanadi. Boshqaruv davlat tuzumi vositasi bilan, vakillik va parlament tizimi, va kommunal o`zini o`zi boshqarish orqali amalga oshiriladi». Adolat va erkinlik huquq binosining tamal toshlaridir. Barcha prinsiplar orasida ular alohida muhim o`rin tutadi. Adolat va erkinlik prinsipi ko`pgina nufuzli xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarda, mamlakat ichki qonunchiligida o`z tasdigini topgan. Fikrimizning dalili sifatida 1948 yilda qabul qilingan «Inson huquqpari umumjahon deklaratsiyasi»ni, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa qonunlarni keltirish mumkin. Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling