She’riy san’atlar
Download 443.97 Kb. Pdf ko'rish
|
she\'riy san\'at
- Bu sahifa navigatsiya:
- ALLITERATSIYA.
- HARF SAN’ATI (KITOBAT
SHE’RIY SAN’ATLAR ANAFORA. Banddagi misra, gaplarning boshidagi so'z yoki so'z birikmasining boshqa misralar boshida ham aynan takrorlanib kelishi anafora(takror)dir. Misol: Endi odam quldek sotilmas, Endi odam o'tga otilmas. Endi unga qafas bo'lmas jon, Endi dunyo bo'lmaydi zindon. EPIFORA Banddagi misra, gaplarning oxiridagi so'z yoki so'z birikmasining boshqa misralar oxirida ham aynan takrorlanib kelishi epiforadir. Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho Band etgan xayolimni Tengsiz shul chaman tanho, Nokaslar emas, yo‘q, yo‘q, Onajonim, she’riyat, Topgan toj-taxtim mening, Jonajonim she’riyat. (A. Oripov) ALLITERATSIYA. Tovushlar ohangdorligi, asosan, bir xil tovushlarning takrorlanishidan hosil bo'lgan ohangdorlik alliteratsiya (tavze) bo'lib, bunda she'rda, jumlada, bandda va qisman nasriy asarlarda ham bir xil tovushlar takrorlanadi. Misol: Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlimga qasd, qayrab Qilich qotil qaroshing, qiz... HARF SAN’ATI (KITOBAT ) Kitobat badiiy tasvirda arab alifbosidagi harflardan foydalanish san'atidir. Misollar: Nigoro, bori g'am birla faqiri notavon aylab, "Alif"dek qomatimni "lom-alif" yanglig' duto qilding. HUSNI TA'LIL (AR."CHIROYLI DALILLASH") adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko'rsatish, she'rda biror voqeani unga dahli bo'lmagan boshqa hodisa bilan izohlashdir. Uning asosida muayyan bir hodisani real - hayotiy mantiq bilan emas, balki shoirona xayol - badiiy mantiq bilan "isbotlash" yotadi. Misollar: Garchi shuncha mag'rur tursa ham Piyolaga egilar choynak Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? IYHOM (ar."shubhaga solish", "adashtirish") - baytda biri aniq, biri yashirin bo'lgan ikki ma'noli so'zni qo'llash usulidir. Bunda shoir aslida ikkinchi ma'noni ko'zda tutsa ham dastlab yaqin, birinchi ma'no e'tiborni tortadi. Ulus ichinda turur o'z begim qiyo ko'zluk, Xayoli to'qtamish andin ko'ngil saroyinda. Bu baytdagi "o'z begim" so'zi "o'zimning begim" va "o'zbegim" ma'nolarini ifodalaydi. Bunda muallif "xalq" ma'nosini ko'zda tutayotganini payqash qiyin emas. "To'qtamish" va "saroy" so'zlarida ham shu xususiyat bor. Download 443.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling