She’riy san’atlar


Download 443.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana07.03.2023
Hajmi443.97 Kb.
#1244393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
she\'riy san\'at

SIFATLASH (epitet) narsa, voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning 
belgi-xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi, tavsiflovchi so'zni qo'llashdir.
Sallalari boshlarida oq savat,
Ko'rpacha tagda hamavaqt uch qavat. 
TADRIJ. Voqea, ma'no yoxud vaziyatni asta-sekinlik bilan darajama-
daraja rivojlanish jarayonida ko'rsatish san'ati tadrij (ar."darajama-
daraja yuksalish") sanaladi.
Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,
Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim joni yo‘q. 
Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul
Bir qaro tufrog‘dekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q. 
Bir qaro tufroqkim, yo‘qtur gul-u rayhon anga,
Ul qorong‘u kechadekdurkim, Mahi toboni yo‘q. 
TAJNIS  
Tajnisni «jinos» ham deyishadi. «Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa 
bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir. Jinos esa «hamjins» degan ma’noni 
bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan 
so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi.
Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil.(Xorazmiy)
Xorazmiyning 
«Muhabbatnoma»sidan 
olingan 
ushbu 
bayt 
misralaridagi oxirgi so‘zlar shaklan bir xil. Ammo ular har ikki 
misrada boshqa-boshqa ma’noni anglatmoqda. Dastlabki «qil» – 
«ingichka, nozik» ma’nosini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe’lini 
anglatadi.
Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob,
Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda.
Bu yerda «tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehrsizlikni 
ifodalasa, keyingi holatda u «ichkari» va «tashqari» ma’nosida 
kelmoqda.
Lutfiyning quyidagi baytida ham tajnisdan nihoyatda yuksak mahorat 
bilan foydalanilgan:
Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin,
Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och.
Birinchi misradagi «och» – «ko‘rsatmoq» ma’nosini beradi. 
Keyingisida esa u «tashna» o‘rnida kelyapti. Shakldosh so‘zlardagi 
ma’no tovlanishlari baytga o‘zgacha ruh berib turibdi.
Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham 
shakllangan. U tuyuqdir. Tuyuqning to‘rt misrasidan uchtasida tajnis 
qo‘llanadi:
Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila
Kelmagayman javridin, haqqo, tila.  
G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar,
Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila.
(Lutfiy)Bu tuyuqning birinchi misrasida ko‘z yoshining tuproq bilan 
aralashish (qotilmoq) haqida so‘z bormoqda. Keyingi misrada esa 
javrning ko‘pligidan tilga kelmaslik, ya’ni gapirolmaslik, o‘zini 
yo‘qotish holati qayd etilgan. Bu yerda tajnisni hosil qilish uchun 
ikkita so‘zdan: «haqqo so‘zining «qo» bo‘g‘ini hamda «tila» so‘zining 
yondosh turgan holatidagi shaklidan foydalanilgan. Oxirgi misrada esa 
go‘yo qotil – odamni qatl etgan kishi to‘g‘risidagi fikr bor. Demak, bu 
o‘rinda tajnislar yanada boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. 
Birinchi va oxirgi misralarda «qotila» yozuv shakliga ko‘ra ham bir 
xil. Ammo ikkinchi misrada u «haqqo» so‘zining oxirgi bo‘g‘ini bilan 
«tila» so‘zining qo‘shilishidan so‘ng oldingi shaklga 
uyg‘unlashmoqda. Ko‘rinib turganidek, bunday hollarda so‘zning 
talaffuz xususiyatlari asosiy o‘rin tutadi.

Download 443.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling