She’riy san’atlar


ISHTIQOQ (ar. "so'zdan so'zni ajratmoq") she'r baytlarida o'zakdosh  so'zlarni qo'llash san'ati hisoblanadi. Ganj


Download 443.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana07.03.2023
Hajmi443.97 Kb.
#1244393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
she\'riy san\'at

ISHTIQOQ (ar. "so'zdan so'zni ajratmoq") she'r baytlarida o'zakdosh 
so'zlarni qo'llash san'ati hisoblanadi.
Ganja vatan, ko'ngli oning ganjxez, 
Xotiri ganjuru tili ganjrez. 
JONLANTIRISH. Odamlarga xos bo'lgan xususiyatlarni jonsiz 
narsalar, tabiat hodisalari, hayvon, parranda, qush kabilarga ko'chirish 
orqali hosil bo'ladigan tasvir usuli jonlantirishdir. Jonlashtirishning 2 
xil ko'rinishi bor: 
1. TASHXIS - jonsiz narsalarni jonlashtirish. "Tashxis" arabcha, 
"shaxs" o'zagidan hosil bo'lgan bo'lib, "shaxslantirish" ma'nosini 
bildiradi . Narsa va jonli mavjudotlarni insonga xos bo'lgan 
xususiyatlar bilan jonlantirish orqali shoir o'z asarida chiroyli va nafis 
obrazlilikka erishadi. 
Nafis chayqaladi bir tup namatak. 
 2. INTOQ - nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash. 
Bunda qorning taglarida qish, 
Bahor uchun so'zlaydi olqish.
LITOTA (TAFRIT, IFROQ) tasvir ob'yektini ataylab kichraytirib
zaiflashtirib tasvirlash usuli, ya'ni behad kichraytirilgan mubolag'adir.
Bo'yung sarvu sanubardek, beling qil, 
Vafo qilg'on kishilarga vafo qil.
METONIMIYA ikki tushuncha o'rtasidagi yaqinlikka asoslanadigan 
o'xshashsiz ko'chimdir. Bunda biror narsa yoki voqea-hodisaning 
nomi boshqasiga ko'chiriladi, bu nomlash narsalar o'rtasidagi 
yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi.
Fuzuliyni oldim qo'limga, 
 Majnun bo'lib yig'lab qichqirdi...
MUBOLAG'A (ar."lof urish, bo'rttirish") - Badiiy asarlarning ta’sir 
darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki 
hodisaga xos xususiyatni orttirib ko‘rsatilishi mubolag‘a deyiladi. 
Mubolag‘a obrazni bo‘rttirish orqali uning ta’sir kuchini oshirishga 
qaratilgan bo‘ladi. «Ravshan» dostonida Hasanxonning g‘azabi, 
Jaynoqning jismoniy qudrati juda oshirib tasvirlangan o‘rinlar ko‘p 
uchraydi. Mubolag‘a xalq dostonlarida juda ko‘p qo‘llaniladigan 
tasvir vositasidir. 
Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag‘a bulug‘ yoki ifrot 
ham deyiladi. Aqlga sig‘maydigan darajadagi mubolag‘a g‘ulu deb 
ham yuritiladi. 
Janobi shahg'a keldim bu jihatdin,
Ko'zim yoshig'a toya-toya navro'z. 
MUKARRAR.(arabcha – takror-takror; qayta-qayta) san’atida, V. 
Rahmonovning yozishicha, shoir baytda takror-takror bo‘luvchi so‘zni 
ishlatadi. Takrirdan farqli ravishda mukarrar so‘zlar orasiga chiziqcha 
qo‘yiladi va takror so‘zning ikkinchisi nutqdagi „xo’p, juda, rosa" 
kabi kuchaytiruvchi so‘z vazifasini bajaradi. 
O‘tarsen o‘ynay-o‘ynay men gadoyi xasta yo‘l uzra,
Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora. 
MULAMMA'(talme') turli tillarda she'r yozish san'atidir. 


- Saroyeki, o' boshadash, zinhor, 
Daronjo marav memuri, ey tabor.

Download 443.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling