She’riy san’atlar


Download 443.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana07.03.2023
Hajmi443.97 Kb.
#1244393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
she\'riy san\'at

"MUSOVIYATTARAFAYN"Bunda she'r misralari odatdagi 
o'qilishidan tashqari yuqoridan pastga qarab o'qilganda ham bir xil 
matn hosil bo'laveradi. "Musoviyattarafayn" arabcha so'z bo'lib, "ikki 
tomonlama teng, bir xil" degan ma'noni bildiradi. 
Ogahiyning quyidagi musoviyattarafayn usulida yozilgan she'ri 
adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan hisoblanadi: 
Ul sho'xki 
ochildi 
xat-u 
ruxsori 
Ochildi 
rayohinda 
yuzi 
gulnori 
Xat-u 
yuzi 
besabr-u 
qarori 
man man 
Ruxsori 
gulnori 
man man 
zori 
QAYTARISH SAN'ATI(takrir) baytdagi mazkur o'rinlardan biridagi 
so'zning yana boshqa bir o'rinda takrorlanishini nazarda tutadi. 
Qaytarish san'atida quyidagilarni bilish
Husnni to huvaydo qildi xoliq 
Husn birla vafo bo'lmas muvofiq. 
RADD UL-MATLA’G'azaldagi matla' birinchi misrasining maqta'dagi 
ikkinchi misrada takrorlanishi, ya'ni g'azalning birinchi misrasini 
uning oxirida takrorlash san'ati radd ul-matla' (ar."matla'ning 
qaytarilishi") hisoblanadi.
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! 
.... 
Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini, ayt,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?! 
RUJU' (AR."QAYTISH") Ruju'ning mohiyati o'z-o'zini inkor etib, 
fikrni kuchaytirishdadir.
O'n sakiz yil dema, yuz sakson yil o'lsa, uldurur 
Husn shohi, ul balolarkim, ko'zu qoshindadur.
SAJ'. Gapdagi ayrim bo'laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi
nasriy asarlardagi qofiya saj' (ar."qofiyali nasr") deyiladi.
Misollar:
"Ravshanxon bu bog' devorlariga qarasa, tik paxsasini ishlagan, 
devorining tagini g'ishtlagan, juda mahkam qilib tashlagan
devorlarni ganjlagan…".("Ravshan"dostonidan) 

Download 443.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling