She’riy san’atlar
Download 443.97 Kb. Pdf ko'rish
|
she\'riy san\'at
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor.
- SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN SAN’ATLAR TASDIR
Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa.
Bu o‘rinda Lutfiy savob, olqish, duo so‘zlarini ketma-ket sanash orqali ushbu san’atni hosil qilyapti. Ta’didda, asosan, sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam qo‘llanadi, shuningdek, bu vazifani sanoq va tartibni ko‘rsatuvchi son, olmosh va ravishlar ham bajaradi. Ta’did grammatik o‘zaro bog‘lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin: Ta’lim gulchehra nargis ko‘zlilar bor, Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor. Bugina emas, bir xil grammatik o‘zaro bog‘lanishlar takrori ko‘pincha she’riy musiqani kuchaytirib yuboradi. Hozirgi misolimizda ham bu holat kuzatiladi. Unda to‘ldiruvchilar tilingni, ko‘zingni, bo‘g‘uzni so‘zlari o‘ziga xos ichki qofiyalarga yaqinlashadi, kesimlar esa (ko‘dazgil) radif vazifasini ado etyapti. Bu ichki qofiya va radiflar baytning ritmik ohangdorligini yoki boshqacha qilib aytsak, musiqiy bo‘yog‘ini ta’minlayapti. SO‘ZLAR TAKRORIGA ASOSLANGAN SAN’ATLAR TASDIR Tasdir – badiiy san’atning eng ko‘p tarqalgan, so‘zlar takroriga asoslangan turi. Bu san’atning mohiyati shunday: baytni boshlagan so‘z, uning oxirida ham takrorlanadi. Baytning birinchi misrasidagi birinchi rukn (yoki shu ruknning boshlanishi) sadr, keyingi misraning oxirgi rukni (yoki shu ruknning oxiri) esa ajuz deb yuritiladi. Shunga ko‘ra tasdirni mumtoz badiiylik ilmida r a d d u l - s a d r i i l a l - a j u z (sadrni ajuzda qaytarmoq) deb ham atashadi. Bir qarashda tasdir juda sodda usul sifatida ko‘rinsa-da, shoirlar uni turli maqsadlarda qo‘llar ekan, uning xilma-xil ko‘rinishlarini va hatto aytish mumkinki, ancha murakkab turlarini ham kashf etishgan. Tasdirlar, eng avvalo, tuzilishga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: sodda va murakkab. Sodda tasdirlar birgina so‘zning takrorlanishiga asoslanadi. Sodda tasdirlarning bir necha ko‘rinishlari mavjud: tasdir so‘zlar hech qanday o‘zgarishsiz qo‘llanadi, shakl jihatdan ham, ma’no jihatdan ham ayni so‘zning takroridangina iborat bo‘ladi: Download 443.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling